Ma’lumki har qanday tilni o’rganish nutqiy faoliyatning 4 ta asosiy amali




Download 30,18 Kb.
bet3/4
Sana15.05.2024
Hajmi30,18 Kb.
#235399
1   2   3   4
Bog'liq
Tinglab tushunish

Mavjud holat

Takomillashtirish bo‘yicha taklif

1.

Ilmiy matnlar ko‘proq tanlangan

Badiiy, publitsistik matnlar ulushini oshirish

2.

Savollarning ayrimlari murakkab

yondashuvga to‘la

3.

Topshiriqlar o‘quvchi yoshiga munosib
bo‘lmagan o‘rinlar uchraydi

Katta yoshdagilar uchun mo‘ljallangan
topshiriqlar bilan 2-sinf o‘quvchilar saviyasi
o‘rtasidagi tafovutni muntazam unutmaslik

4.

Talaffuz mashqlari bo‘yicha tinglab tushunish
namunalari berilmagan.

Darslik matnida talaffuz mashqlari bo‘lishi
lozim.

qilish), ularning o‘zaro aloqasini aniqlash va ularning mazmuni haqidagi tasavvurlarning shakllanishini o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, nutqni idrok qilish ikki bosqichda – nutqiy ifodani idrok qilish va tushunish orqali amalga oshadi. Psixologiyada tushunish bevosita idrok qilinadigan nutq (tovushlar) oqimi ortida turgan umumiy mazmunni ochish sifatida talqin qilinadi. Bu idrok qilinadigan nutq orqasida turgan ma’noning haqiqiy mazmunga aylanish jaryonidir. Masalan, “Sovuq!” ifodasining ma’nosi qanday “nutqsiz kontekstda” va kim tomonidan aytilganiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Agar bu onaning o‘z bolasiga murojaati bo‘lsa, u holda, bola uni issiqroq kiyinish haqidagi maslahat sifatida qabul qilishi mumkin. Agar mazkur ifoda biron
kishi tomonidan ochiq turgan darchaga qo‘l bilan ishora qilib aytilgan bo‘lsa, u holda, uni oynani yopish haqidagi iltimos sifatida qabul qilish mumkin. Yoki ayni ifoda biron kishiga subyektiv (salbiy) munosabat bildirish maqsadida ham aytilgan bo‘lishi mumkin. Tushunish jarayonida retsipiyent mazkur ifodaning ma’noviy mazmun majmuyini tashkil etuvchi so‘zlar o‘rtasidagi ma’noviy bog‘lanishlarni aniqlaydi.
Anglash natijasi o‘laroq retsipiyent ifodaning ma’noviy mazmunini tushunishi yoki tushunmasligi mumkin. Shuni qayd qilish joizki, tushunish jarayoning o‘zi psixologik nuqtayi nazardan teranlik va aniqlikning turlichaligi bilan tavsiflanadi. Nutqni tushunish jarayoni axborotlar oqimidan muhim jihatni, muhim mazmunni ajratib olishdir. Nutqning ma’noviy mazmuniga bunday yondashish tinglovchining so‘zlovchi nutqi motivlarini, ifodaning ichki mantig‘ini to‘liq tushunishiga imkon beradi. Tushunishning ushbu darajasi so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan fikr ifodalashda foydalanilgan lisoniy vositalarni
baholashni ham o‘z ichiga oladi.
Bu borada G‘.Hamroyev: “Agar darsni tashkil etish, xususan, ona tili darslarida fonetika, orfoepiya, orfografiya mavzularini o‘qitish o‘qituvchining ixtiyoriga to‘liq topshirib qo‘yilsa, o‘quvchilarning adabiy talaffuz hamda imloga oid ko‘nikmasi bir xil bo‘lmasligi muqarrar. Talaffuz va imlo qoidalari esa bir xillikni taqozo etadi. Shu ma'noda o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishni avtomatlashtirish masalasi juda dolzarb bo‘lib qoladi"[3] deydi. O. Qurbonova [4] ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni
rivojlantirish asosan ona tili o‘qituvchisining darsni yuqori saviyada tashkil etishi bilan bog‘liq. Nutqiy kompetensiyalar: tinglab tushunish, eshitish, o‘qish, yozish deyarli har bir ona tili darsida rivojlantirilib boriladi. Ona tili o‘qitishda o‘qituvchining eng asosiy vazifalaridan biri, o‘quvchilardagi hosil bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarlarning rivojlanish, bunda boshlang‘ich sinfdan boshlab, tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga e’tibor berish lozimligini ta’kidlaydi.
Ikki shaxs orasida bo‘layotgan suhbat insoniy odatga koʻra navbati bilan gapiradi va bir-birini tinglab tushunishga harakat qiladi. Hayotiy tajribadan ma’lumki, oʻz fikrini ogʻzaki bayon etish (gapirish) koʻpchilik yoqtiradigan nutq faoliyatining turidir. Oʻzga shaxsni tinglab tushunish orqali turli axborot olinadi. Nutqiy muloqotda boʻlish odam uchun zaruriy ehtiyoj sanaladi. Tinglash jarayonida soʻzlovchining ifoda etmish mulohazalarini qisman yoki toʻla-toʻkis tushunib yetmaslik hollari boʻlib turadi. Buning asosiy sababi tinglab tushunishni oʻrgatishga yetarli e’tibor berilmasligidadir.
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslik, qo‘llanmalarida tinglab tushunish nutqiy ko‘nikmasini rivojlantirishdagi o‘rni fikrlashning bu turi o‘quvchini tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Odatda taqdim etilayotgan audiomatnni tinglab, bir vaqtning o‘zida diqqatni jamlab qiyosiy topshiriqlarni bajaradi. Masalan, matn mazmuniga mos kelmaydigan g‘oya yoki xulosani aniqlash; berilgan munosabat bilan hamohang bo‘la oladigan fikrni ilgari surish, chalg‘ituvchi fikrlarni anglash, ishonchli
axborotlarni to‘plash kabi nutqiy kompetentlikni namoyish etadi. Shuning bilan birga audiovisual materiallar orqali talaffuz, adabiy talaffuz me’yorlari masalasini ham nazarda tutish foydali bo‘ladi.
Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi so‘nggi yillarda “mexanizm” so‘zi falsafa, psixologiya, psixolingvistika va lingvistika sohalarida keng qo‘llanib kelinmoqda. Biroq tadqiqotchilarning hech biri mazkur so‘zga aniq ta’rif bermagan. Uning ma’nosini faqat kontekstga qarab chiqarib olish mumkin. Ayrim tadqiqotchilar mexanizm ostida biron narsaning tuzilishini, uning struktura xususiyatlarini tushunishsa, boshqalari ayrim harakat va amallar yoki jarayonlar majmuyini, yana bir guruh mualliflar esa struktura va jarayonlarning o‘zaro munosabatini, struktura, jarayon va uning natijalari, funksiyalari va ijtimoiy sharoitlarni tushunishadi [1; 2].
Nutqni xotirada tutish, shuningdek, nutqiy xotira mexanizmining ahamiyati ham nutqni anglash mexanizmidan qolishmaydi. U nutq jarayonining barcha tomonlarini, xususan, nutqning “mazmun jihati” va uning lisoniy ifodasini ta’minlaydi. Nutqda uning predmetining aks etishi, ya’ni borliqdagi u yoki bu hodisani – inson xotirasidagi bilimlari va atrofni o‘rab olgan dunyo haqidagi tasavvurlarining faollashuvisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, uning ongda mavjud bo‘lgan til belgilari haqidagi obrazlar tasavvuri va ularni nutqiy muloqot jarayonida qo‘llash qoidalarining faollashuvisiz ham bo‘lishi mumkin emas. Nutqni oldindan aytish mexanizmi psixolingvistikada hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu o‘rinda nutqiy faoliyat so‘zlash, eshitish, yozish va o‘qish vositasida amalga oshiriladi. Mazkur vositalar kishilarning o‘zaro munosabat turlari sifatida verbal muloqot jarayonida yuzaga chiqadi. Nutqiy faoliyatning barcha turlari umumiy jihatlarga ega bo‘lish bilan birga, bir qator mezonlarga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Nutqiy faoliyat turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini qayd qilingan mezonlardan kelib chiqqan holda quyidagicha tahlil qilish mumkin:
- nutqiy faoliyat nutqiy muloqotning o‘ziga xosligiga ko‘ra og‘zaki muloqot va yozma muloqot vositasida amalga oshiriladi.
- nutqiy faoliyatning birlamchi turlariga so‘zlash va eshitish kiradi. O‘ylashni fikrning ichki nutq vositasida shakllanish jarayoni sifatida, so‘zlash va yozuvni esa muloqotning og‘zaki va yozma shakllarida fikr yuzaga kelishining tashqi usullari sifatida talqin qilish mumkin. Og‘zaki ekspressiv nutqning monologik, dialogik va guruhiy shakllari mavjud. Nutqiy faoliyatning turlari mazkur jarayonlarni boshqaruvchi qarama-qarshi aloqa xususiyatiga
ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, nutqiy faoliyatning so‘zlash va yozuv turlarida ijrochi organ (artikulyasion organ, yozadigan qo‘llar)dan bu faoliyatni “tashkil qiluvchi” dasturga, bosh miya qismiga qaratilgan asab-mushakli qarama-qarshi aloqa amalga oshiriladi. Ushbu qarama-qarshi aloqa ichki nazorat va tahrir vazifasini bajaradi [1; 2].
So‘zlovchi tomonidan yaratilgan matn talaffuz qilingach, havo to‘lqinlari orqali tinglovchining qulog‘iga yetib keladi. Ana shu ondan boshlab nutq tovushlari birikmasidan tashkil topgan matn so‘zlovchining jamiyatdoshi tomonidan idrok qilina boshlaydi. Idrok qilish ham uzundan-uzoq bir murakkab jarayonni tashkil qiladi.
Tinglovchining oldida turgan vazifa bir to‘da tovushlar birikmasidan uning asosida yotgan mazmunni chiqarib olib, unga yo nutqiy, yo jismoniy javob qaytarish, yoxud murojaatni e’tiborga olib qo‘yishdir [3].
Inson nutqni idrok qilishida eshitib tushunish, o‘qib tushunish, nutqni yozma va og‘zaki bayon qilish kabi lisoniy malakalar muhim o‘rin tutadi. Nutqni idrok qilish murakkab va ko‘p qamrovli psixik jarayon bo‘lib, u ham boshqa idrok turlari kabi umumobyektiv qonuniyatlar asosida yuz beradi. Nutqni idrok qilish faoliyatini: idrok obrazining birlamchi shakllanishi va shakllangan obrazni tanish kabi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Nutqni
idrok qilish til elementlarini eshitish yoki ko‘rish resepsiyasi (qabul qilish), ularning o‘zaro aloqasini aniqlash va ularning mazmuni haqidagi tasavvurlarning shakllanishini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, nutqni idrok qilish ikki bosqichda – nutqiy ifodani idrok qilish va tushunish orqali amalga oshadi. Psixologiyada tushunish bevosita idrok qilinadigan nutq (tovushlar) oqimi ortida turgan umumiy mazmunni ochish sifatida talqin qilinadi. Bu idrok
qilinadigan nutq orqasida turgan ma’noning haqiqiy mazmunga aylanish jaryonidir. Masalan, “Sovuq!” ifodasining ma’nosi qanday “nutqsiz kontekstda” va kim tomonidan aytilganiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Agar bu onaning o‘z bolasiga murojaati bo‘lsa, u holda, bola uni issiqroq kiyinish haqidagi maslahat sifatida qabul qilishi mumkin.
Agar mazkur ifoda biron kishi tomonidan ochiq turgan darchaga qo‘l bilan ishora qilib aytilgan bo‘lsa, u holda, uni oynani yopish haqidagi iltimos sifatida qabul qilish mumkin. Yoki ayni ifoda biron kishiga subyektiv (salbiy) munosabat bildirish maqsadida ham aytilgan bo‘lishi mumkin. Tushunish jarayonida retsipiyent mazkur ifodaning ma’noviy mazmun majmuyini tashkil etuvchi so‘zlar o‘rtasidagi ma’noviy bog‘lanishlarni aniqlaydi.
Anglash natijasi o‘laroq retsipiyent ifodaning ma’noviy mazmunini tushunishi yoki tushunmasligi mumkin.
Shuni qayd qilish joizki, tushunish jarayoning o‘zi psixologik nuqtayi nazardan teranlik va aniqlikning turlichaligi bilan tavsiflanadi. Nutqni tushunish jarayoni axborotlar oqimidan muhim jihatni, muhim mazmunni ajratib olishdir.
Nutqning ma’noviy mazmuniga bunday yondashish tinglovchining so‘zlovchi nutqi motivlarini, ifodaning ichki mantig‘ini to‘liq tushunishiga imkon beradi. Tushunishning ushbu darajasi so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan fikr ifodalashda foydalanilgan lisoniy vositalarni baholashni ham o‘z ichiga oladi.
Bu borada G‘.Hamroyev: “Agar darsni tashkil etish, xususan, ona tili darslarida fonetika, orfoepiya, orfografiya mavzularini o‘qitish o‘qituvchining ixtiyoriga to‘liq topshirib qo‘yilsa, o‘quvchilarning adabiy talaffuz hamda imloga oid ko‘nikmasi bir xil bo‘lmasligi muqarrar. Talaffuz va imlo qoidalari esa bir xillikni taqozo etadi.
Shu ma'noda o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishni avtomatlashtirish masalasi juda dolzarb bo‘lib qoladi", - deydi [4].
O.Qurbonova ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish asosan ona tili o‘qituvchisining darsni yuqori saviyada tashkil etishi bilan bog‘liq. Nutqiy kompetensiyalar: tinglab tushunish, eshitish, o‘qish, yozish deyarli har bir ona tili darsida rivojlantirilib boriladi. Ona tili o‘qitishda o‘qituvchining eng asosiy vazifalaridan biri,
o‘quvchilardagi hosil bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarlarning rivojlanish, bunda boshlang‘ich sinfdan boshlab, tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga e’tibor berish lozimligini ta’kidlaydi [5].
Ikki shaxs orasida bo‘layotgan suhbat insoniy odatga koʻra navbati bilan gapiradi va bir-birini tinglab tushunishga harakat qiladi. Hayotiy tajribadan ma’lumki, oʻz fikrini ogʻzaki bayon etish (gapirish) koʻpchilik yoqtiradigan nutq faoliyatining turidir. Oʻzga shaxsni tinglab tushunish orqali turli axborot olinadi. Nutqiy muloqotda boʻlish odam uchun zaruriy ehtiyoj sanaladi. Tinglash jarayonida soʻzlovchining ifoda etmish mulohazalarini qisman
yoki toʻla-toʻkis tushunib yetmaslik hollari boʻlib turadi. Buning asosiy sababi tinglab tushunishni oʻrgatishga yetarli e’tibor berilmasligidadir. Tinglab tushunish nutqiy ko‘nikmasini rivojlantirishdagi o‘rni fikrlashning bu turi o‘quvchini tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Taqdim etilayotgan audiomatnni tinglab, bir vaqtning o‘zida diqqatni jamlab qiyosiy topshiriqlarni bajaradi. Masalan, matn mazmuniga mos kelmaydigan g‘oya yoki xulosani aniqlash; berilgan munosabat bilan hamohang bo‘la oladigan fikrni ilgari surish, chalg‘ituvchi fikrlarni anglash, ishonchli axborotlarni to‘plash kabi nutqiy kompetentlikni namoyish etadi.

Download 30,18 Kb.
1   2   3   4




Download 30,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumki har qanday tilni o’rganish nutqiy faoliyatning 4 ta asosiy amali

Download 30,18 Kb.