• Shartsiz o’tish opеratori
  • Nukus innovatsion instituti




    Download 77,6 Kb.
    bet1/4
    Sana14.05.2024
    Hajmi77,6 Kb.
    #231878
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Ko\'p tarmoqlanishlar Saburov D




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
    VAZIRLIGI


    NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

    IT DASTURIY INJINERING fakulteti sirtqi bo’limi
    ___________________________________________fanidan

    MUSTAQIL ISH


    MAVZU: _______________________________________
    _______________________________________
    Bajargan:_____________________________________________
    Qabul qilgan:__________________________________________
    Gurux raqami «___»


    Reja:


    1. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash.
    2. Shartsiz o’tish opеratori

    3. Shartli o’tish opеratori


    4. Tanlash opеratori

    Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash.



    Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Ko‘pgina masalalarni yechishda ba’zi bir jarayonlar ma’lum shart yoki shartlarning qo‘yilishiga nisbatan bajariladi. Bunday jarayonlar tarmoqlanuvchi jarayonlar deb yuritiladi va bu jarayonlarning algoritmik tavsiflari bilan avvalgi boblarda tanishgan edik.
    Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Bu esa jarayondagi tarmoqlar soniga bog‘liq. Ma’lum bir tarmoqlanuvchi jarayon tarkibida yana tarmoqlanishlar bo‘lishi mumkin. Bunday tarmoqlanishlari bor bo‘lgan hisoblash jarayonlari murakkab tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari deb ataladi.
    C++ tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun shartsiz, shartli o‘tish va tanlash operatorlaridan foydalaniladi: IF, CASE.
    Programmalash tili operatorlari yechilayotgan masala algoritmini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv operatorlariga bo’linadi . Aksariyat holatlarda operatorlar « nuqta - vergul » (‘;’) belgisi bilan tugallanadi va u kompilyator tomonidan alohida operator deb qabul qilinadi (for operatorining qavs ichida turgan ifodalari bundan mustasno ). Bunday operator ifoda operatori deyiladi.
    Qiymat berish amallari guruhi , xususan , qiymat berish operatorlari ifoda operatorlari hisoblanadi : I++; --j; k+= I ; Programma tuzish amaliyotida bo’sh operator - ‘;’ ishlatiladi . Garchi bu operator hech nima bajarmasa ham , hisoblash ifodalarini til qurilmalariga mos kelishini ta’minlaydi. Ayrim hollarda yuza g a ke lgan « bo sh i berk » h o latlar d an chiqib ketish imkonini beradi . O’zgaruvchilarni e’lon qilish ham operator hisoblanadi va ularga e’lon operatori deyiladi. Shart operatori. Oldingi mavzularda misol tariqasida kel t irilgan programmalarda amallar yozilish tartibida ketma - ket va faqat bir marta bajariladigan holatlar, ya’ni chiziqli algoritmlar keltirilgan. Amalda esa kamdan - kam masalalar shu tariqa yechilishi mumkin. Aksariyat masalalar yuzaga keladigan turli holatlarga bog’liq ravishda mos qaror qabul qilishni ( yechimni ) talab etadi . C++ tili programmaning alohida bo’laklarining bajarilish tartibini boshqarishga imkon beruvchi qurilmalarning yetarlicha katta majmuasiga ega . Masalan , programma bajarilishining birorta qadamda qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko’ra boshqaruvni programmaning u yoki bu bo’lagiga uzatish mumkin.
    Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun shartli operatordan foydalaniladi. if operatori, if operatori qandaydir shartni rostlikka tekshirish natijasiga ko’ra programmada tarmoqlanishni amalga oshiradi : if (< shar t > )< oper a t o r >;
    Bu yerda < shart > har qanday ifoda bo’lishi mumkin , odatda u taqqoslash amali bo’ladi . Agar shart 0 qiymatdan farqli yoki rost (true) bo’lsa , < operator > bajariladi , aks holda , ya’ni shart 0 yoki yolg’on (false) bo’lsa , hech qanday amal bajarilmaydi va boshqaruv if operatoridan keyingi operatorga o’tadi ( agar u mavjud bo’lsa). if() shart operatorining blok sxemasi C++ tilining qurilmalari operatorlarni blok ko’rinishida tashkil qilishga imkon beradi . Blok - ‘{‘ va ‘ } ’ belgi oralig’iga olingan operatorlar ketma - ketligi bo’lib , u kompilyator tomonidan yaxlit bir operator ha (true) shart-ifoda Yo’q (false) operator deb qabul qilinadi . Blok ichida e’lon operatorlari ham bo’lishi mumkin va ularda e’lon qilingan o’zgaruvchilar faqat shu blok ichida ko’rinadi (amal qiladi), blokdan tashqarida ko’rinmaydi . Blokdan keyin ‘;’ belgisi qo’yilmasligi mumkin , lekin blok ichidagi har bir ifoda ‘;’ belgisi bilan yakunlanishi shart . Quyida keltirilgan programmada if operatoridan foydalanish ko’rsatilgan . #include int main ( ) { int b ; cin > >b; if ( b >0) { // b > 0 shart bajarilgan holat ... cout <<“b - musbat son ” ; ... } if ( b <0) cout <<“b - manfiy son ” ; // b <0 shart bajarilgan holat return 0; } Programma bajarilishi jarayonida butun turdagib o’zgaruvchi e’lon qilinadi va uning qiymati klaviaturadan o’qiladi . Keyin b qiymatini 0 sonidan kattaligi tekshiriladi , agar shart bajarilsa (true) , u holda ‘{‘ va ‘ } ’ belgilar ichidagi operatorlar bajariladi va ekranga “b - musbat son ” xabari chiqadi . Agar shart bajarilmasa , bu operatorlar cheklab o’tiladi . Navbatdagi shart operatorib o’zgaruvchi qiymati manfiylikka tekshiradi , agar shart bajarilsa , yagona cout ko’rsatmasi bajariladi va ekranga “b - manfiy son ” xabari chiqadi .

    Download 77,6 Kb.
      1   2   3   4




    Download 77,6 Kb.