Esplan ekspertli tizimi




Download 0,97 Mb.
bet1/4
Sana14.12.2023
Hajmi0,97 Mb.
#118250
  1   2   3   4
Bog'liq
5 ESPLAN ekspertli tizimi


ESPLAN ekspertli tizimi

Rejalashtirish va boshqarish tizimlarining keyingi takomillashuvi, ularning samaradorligi va ishonchliligini oshirish yangi axborot texnologiyalariga o‘tish hamda shu asosida bilimlarga tayanuvchi sifatli yangi tizimlarni yaratish bilan bog‘liq. Mualliflar tomonidan yaratilgan ESPLAN ekspertli tizimi [4,5,6] noaniq lingvistik qiymatlarni boshqaradi, bilimlarning mahsuliy shakllanishini ta’minlaydi. ESPLAN bilimlarni kiritish uchun xuddi “bo‘sh” ochiq tizim kabi yaratilgan. U mahsuliy turdagi bilimlarni aks ettirish uchun yetarli darajada taraqqiy etgan tildan foydalanadi. Mantiqiy xulosani tashkil etish uchn mualliflar tomonidan “mahsuliy tarmoqni faollashtirish” konsepsiyasi taklif etilgan. Lingvistik o‘zgaruvchilarni aks ettirish va ularga ishlov berish usullari ishlab chiqilgan.


Tizimning arxitekturasi. 3.1.7-rasmda ESPLAN tizimining arxitekturasi keltirilgan bo‘lib, u ham barcha ekspert tizimlaridagi kabi bilimlarni kiritish va aks ettirish, mantiqiy xulosa, tushuntirishlar, foydalanuvchi bilan o‘zaro ta’sir, bilimlar bazasi (BB) va ishchi soha (IS) ga xizmat ko‘rsatish bloklaridan tashkil topgan. Natijalarni uzatish, lingvistik qiymatlarga ishlov berish va noaniq arifmetika, amaliy dasturlar bilan aloqa bloklarining mavjudligi ESPLAN ning o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi:

  • Tizim ishlab chiqarishga oid hisoblanadi va u so‘nggi natijani tipik jadval-grammalar ko‘rinishida berishi shart;

  • masalalarni yechishda ko‘pgina ko‘rsatkichlar lingvistik qiymatlar ko‘rinishida beriladi;

  • tizim integrallashgan boshqarish tizimining bir qismi hisoblanadi va u dasturiy va axborot kabi boshqa osttizimlar bilan bog‘langan bo‘lishi shart.

Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, bu yerda BB va IS shunchaki bloklar hisoblanmaydi, balki ular mos axborotlarni saqlaydigan xotiraning sohasi xolos.
Tizimning alohida bloklari va ularning bajaradigan funksiyalariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Bilimlarni kiritish va aks ettirish. ET bilimlar bazasiga bilimlarni kiritish uchun bilimlarni ifodalash tili (BIT) ishlatiladi. U yoki bu turdagi BITni tanlash predmet sohasi (PS) xususiyatlariga bog‘liq. PS ning tanlangan tildagi tavsifi universal dasturlash tilidagiga qaraganda sodda va samarali bo‘lishi lozim.
ESPLAN ning BIT ini ishlab chiqishda quyidagilar e’tiborga olingan:
- predmet sohasi (PS) obyektlar to‘plami va ulardagi munosabatlar bilan tavsiflanadi;

  • PS ning obyektlari – ushbu PS uchun mavjud bo‘lgan nomdagi elementlar (xom ashyo mahsulotlari miqdori; tayyor mahsulot, saralash koeffitsiyentlari va neft mahsulotlarini ishlatishga bo‘lgan rejalar va shu kabilar);

  • Obyektlar PS ning qayd etilgan holatlarini aks ettiruvchi qiymatlarni qabul qilishi mumkin (masalan, NEFT-MIQDORI obyekti 15 MING TONNA qiymatga, NEFT-TURI obyekti esa TARKIBIDA OLTINGUGURT BO‘LGAN qiymatga ega bo‘lishi mumkin). Qiymatlar, shuningdek, KAM, KO‘P, O‘RTACHA va shu kabi lingvistik termlar ko‘rinishida ham berilishi mumkin.

ESPLANning bilimlarni ifodalash tili mahsuliy tillar oilasiga mansub [7-8]. ESPLAN BIT mahsuloti sintaksisi 3.1.8-rasmda keltirilgan sintaksik diagramma orqali belgilanadi. “AGAR” va “UNDA” so‘zlari o‘rtasidagi mahsulot qismi qoidalar qo‘yimi, “UNDA” so‘zidan keyin joylashgan qismi esa qoidalar natijasi deb ataladi.


3.1.7-rasm. ESPLAN tizimining arxitekturasi.


Qoidalarning qo‘yimi “VA” bog‘lovchi bilan ajratilgan elementar qo‘yimlardan tashkil topadi va elementar qo‘yimlar kon’uksiyasini aks ettiradi. Qoidalarning natijasi “VA” bog‘lovchisi bilan ajratilgan harakatlar (elementar natijalar) ro‘yxatidir. Mahsulotlar semantikasi quyidagicha: agar qo‘yim haqiqiy bo‘lsa, unda natijani bajarish kerak bo‘ladi. Qo‘yimlarning haqiqiyligi, obyektlarning elementar qo‘yimlarga kiruvchi berilgan joriy qiymatlari mahsulotda yozilganlari bilan bir xilligidan kelib chiqadi. Haqiqiylikni baholash masalalari quyida ko‘rib chiqiladi.


ESPLAN BIT da bilimlarni ifodalashga misol keltiramiz. Neftni birlamchi ishlov berish qurilmasida turlari bo‘yicha taqsimlashning quyidagi evristik qoidasi berilgan bo‘lsin: “agar 1 tur neftlari kam, 2 turi esa o‘rtacha va qurilma 3 yo ikkinchi yo uchinchi rejimda ishlayotgan bo‘lsa, unda qurilma 3 ning yuklamasini (mazut rejasi)/0,675 formulasi bo‘yicha, qurilma 4 ga kam miqdorli neftni yuklash amalga oshirilsin”. ESPLANning BIT da bu qoida quyidagicha yoziladi: AGAR NEFT_1=KAM VA NEFT_2 = O‘RTACHA VA REJIM_QURIL_3=2 YOKI 3 UNDA YUKLAMA_QURIL_3=REJA_MAZUT/0,675 ga VA YUKLAMA_QURIL_4 =KAM.

3.1.8-rasm. ESPLAN ning BIT da mahsullashtirishning sintaksik diagrammasi.

Ushbu ekspertli tizimda bilimlarni ifodalashning rasmiy modelini keltiramiz. – IS obyektlarining nomlari to‘plami bo‘lsin. Obyektlarning har biri quyidagi tizimda tavsiflanadi:


, (3.1.1)
bu yerda – obyekt indeks; – obyekt nomi; – obyektning to‘liq nomi; – obyekt qiymati o‘zgarishining me’yoriy diapazoni (me’yoriy deganda reglamentli, nominal tushuniladi); – o‘lchov birligi.
Oxirgi ikkita parametr ( va ) faqatgina sonli aks ettirishga ega obyektlar uchungina (masalan, MIQDOR-NEFT obyekti uchun) mavjud, sonli aks ettirilmaydigan obyektlar uchun esa (masalan, TUR-NEFT) mavjud emas. Xususan, tizimning BB kortejli obyekt bilan mavjud bo‘lishi mumkin (2, MN, MIQDOR-NEFT, MING TONNA). Mahsulotdagi obyektlarga murojaat MN bo‘yicha amalga oshadi, lekin tizimning chiqish hisobotlarida MIQDOR-NEFT nomi shakllantiriladi.
Endi – mahsulot-qoida indekslari to‘plami; card – BB dagi mahsulotlar soni. Umumiy holda har bir indeksli mahsulot-qoidasi – bu to‘plamning ostto‘plamlaridagi mahsuliy-hisoblash munosabati. Mahsulot quyidagi ko‘rinishga ega:
AGAR antecj UNDA , (3.1.2)
bu yerda – mahsulot indeksi; – -mahsulot qo‘yimi; – natija.
Har bir mahsulot (3.1.2) quyidagi kortej bilan tavsiflanadi:
, (3.1.3)
bu yerda – qoidaning haqiqiylik darajasi bo‘lib, ekspert-muallif qoidasi rangiga bog‘liq, : - ekspert-muallif qoidasi identifikatori; – qoidani BB ga kiritish sanasi; – qoidaning mualliflik tushuntirish matni.
(3.1.2) qoidaning qo‘yim va natijasi quyidagi ko‘rinishga ega:


bu yerda , – - mahsulotning -elementar qo‘yimi; –t-elementar natija.
Natijada:

bu yerda: - - mahsulotning -elementar qo‘yimiga kiruvchi IS obyekti indeksi; – lingvistik qiymat.
Elementar qo‘yim IS ning u yoki bu obyekti ni shu qoida uchun mavjud bo‘lgan biror-bir lingvistik qiymat bilan bog‘laydi. Qiymat quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: YOKI YOKI....
Agar qoida uchun u yoki bu obyekt qiymatlarining mavjudligi (ya’ni «  o‘rinli» elementar qo‘yimi mohiyati) dalil bo‘lsa, unda bu hol uchun qiymat ko‘rsatilmaydi va “ixtiyoriy” deb qaraladi. ijq, indekslar mahsulot kirish obyektlari indekslari to‘plami bo‘lgan to‘plamni hosil qiladi.
Elementar natija harakat bo‘lib, u haqiqiylik holida qabul qilinadi. ESPLAN BIT da bunday harakatlarning to‘rtta turi nazarda tutilgan:
1) bir obyektning qiymatini boshqasiga yozish;
2) berilgan lingvistik qiymatni obyektga yozish (jumladan “ixtiyoriy” qiymatlar ham);
3) arifmetik ifoda qiymatlarini obyektga yozish;

4) ba’zi maxsus funksiyalarni bajarish:



Bu yerda: – -mahsulotning - elementar natijasiga kiruvchi obyektning indeksi; ; – lingvistik qiymat; – obyektlarning ishoralar bilan bo‘lingan nomlari va lingvistik qiymatlari ketma-ketligidan tuziladi; – qator yordamchi amallarni bajaruvchi qurilgan funksiyalardan biri.
ESPLAN BIT ning maxsus funksiyalari 3.1.1-jadvalda keltirilgan. indekslar to‘plamni hosil qiladi.
3.1.1-jadval.
Maxsus funksiyalar ish-harakatlari tavsifi

Maxsus funksiya

Ish-harakatning qisqacha tavsifi

AKS ETTIRISH (matn)

Foydalanuvchi terminalida ko‘rsatilgan matnni aks ettirish

AKS ETTIRISH (obyekt nomi)

Foydalanuvchi terminalida obyektning joriy qiymatini aks ettirish

SO‘ROV (obyekt nomi)

Ko‘rsatilgan obyekt qiymatini terminaldan kiritishni foydalanuvchidan so‘rash

MA’LUMOTLAR

Ixtiyoriy obyekt qiymatini kiritishni foydalanuvchidan so‘rash

TO‘XTA

LH ishini to‘xtatish

BB (BB nomi) obyekt nomi
1-O‘RQIY (obyekt nomi 2)

Ko‘rsatilgan nomli BB ni Yuklash! LH momentida obyekt 2 dan olingan barcha qiymatlardan o‘rtacha qiymatlilarini Qidir va bu qiymat bilan obyekt 1 ni belgila

OCHISH (fayl nomi)

Kiritish-chiqarish uchun ko‘rsatilgan nomli faylni ochish

YOPISH (fayl nomi)

Ko‘rsatilgan nomli faylni yopish

O‘QISH
(obyekt nomi fayl nomi)

Fayldan qiymatlarni o‘qish va ko‘rsatilgan obyektni belgilash

YOZISH (obyekt nomi)

Obyektning joriy qiymatini faylga yozish

BAJARISH
(dastur nomi)

Ko‘rsatilgan nomli dasturni bajarish

ESPLAN da qiymatlarni kiritish muloqot rejimida amalga oshiriladi. Ekspert qoida-mahsulot, elementlar qiymatlari va ni kiritadi. va elementlari tizim tomonidan ular bilan ish boshlanish vaqtida qayd etiladi. Qoidalarni raqamlash ularni BB ga kiritishda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Obyektlarning barcha nomlari ixtiyoriy bo‘lib, bilimlarni kiritish bosqichida ekspert tomonidan kiritiladi.


Agar navbatdagi qoidani kiritishda bo‘ladigan obyekt uchrab qolsa, tizim (3.1) dagi , , elementlarni kiritishga so‘rov jo‘natadi va obyektni ga qo‘shib qo‘yadi.
ESPLAN tizimida ikkita zahiralangan obyekt: BOSHLANISHI va TAMOM mavjud. BOSHLANISHI obyekti biror harakatlarni (boshlang‘ich qiymat berish, so‘rov va foydalanuvchiga axborot berish kabi) tavsiflovchi qoida-mahsulotlarni tuzish uchun, TAMOM obyekti esa harakatlarni (xulosalar ishlab chiqish, foydalanuvchi terminaliga tavsiyalar berish va shu kabilarni) bajarish uchun ishlatiladi.
Kiritish va aks ettirish amallari natijasida tizimning BB shakllanadi va u (3.1.2), (3.1.3) qoidalar va (3.1.1) obyektdan tashkil topadi.
BB ning ichki ifodalanishini mahsulotlar tarmog‘i paradigmalari bilan ko‘rsatamiz. Bunday tarmoqlar ikki turdagi uchlarga ega: obyekt-aylanalari va mahsulot-to‘g‘ri to‘rtburchaklari (3.1.9-rasm). Belgilash kiritamiz: kiradigan dagi mahsulotlar indekslari to‘plami.



3.1.9-rasm. Mahsulotlar tarmohining fragmenti.

bu yerda – kiradigan dagi mahsulotlar soni.
Mahsulotlarni aks ettirishda har bir uchun mantiqiy xulosa bosqichida zarur bo‘ladigan to‘plam quriladi. BB ni bunday aks ettirishning samarali usuli mahsuliy tarmoqni faollashtirish deb nomlanadi.
ESPLANda mantiqiy xulosani ko‘rib chiqishdan oldin, lingvistik qiymatlar (LQ) ni aks ettirish masalasiga to‘xtalib o‘tamiz. LQ larni aks ettirish va ularga ishlov berish uchun tizimda noaniq to‘plamlar nazariyasi apparati ishlatiladi [9-12]. Bunda har bir obyekt , nomi , universumi bo‘lgan lingvistik o‘zgaruvchi kabi qaraladi va o‘zgaruvchining term to‘plami qayd etilmaydi va quyidagi to‘plam bilan aniqlanadi:

Term-to‘plam elementlarini aks ettirishning semantik qoidasi : kabi aks ettirilib, tizimga LQ va universumga bog‘liq bo‘lgan intensional kabi qo‘yilgan, ya’ni  , bu yerda tegishlilik funksiyasi (TF), LQ o‘zgaruvchili ; – asosiy o‘zgaruvchi.




Download 0,97 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,97 Mb.