|
Amaliy dasturlar bilan bog‘lanish
|
bet | 3/4 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #118250 |
Bog'liq 5 ESPLAN ekspertli tizimiAmaliy dasturlar bilan bog‘lanish. ESPLAN umumiy tizimning qismi hisoblanib, boshqa osttizimlar va markaziy ma’lumotlar bankining axborot va dasturiy o‘zaro ta’sirlashuvini ta’minlashi kerak. Shuni tashkillashtirish yuzasidan ESPLAN BIT da ketma-ket keluvchi fayllar bilan ishlash (OCHISH, YOPISH, O‘QISH, YOZISH) (3.1.1-jadval) va foydalanuvchi dasturlarini ishga tushirish (BAJARISH) funksiyalari kiritilgan. ESPLAN BIT da bunday funksiyalarning ishlatilishi tizim administratori yoki kuzatish muhandisi (muhandis-interpretator) ga yuklatiladi.
Tavsiyalarni tushuntirish. ESPLAN da tavsiyalarni tushuntirish, o‘zida quyidagi axborotlarni jamlovchi MX ning kengaytirilgan trassalash ko‘rinishida amalga oshirilgan: foydalanuvchi tomonidan obyektning qanday qiymatlari kiritilgan; qanday mahsulotlar (ESPLAN BIT da tashqi ifodalash ko‘rinishida) va qanday haqiqiylik darajasida berilganlik hamda (3.1.5) dan shakllantirilgan qo‘shimcha axborotlar; har bir -qoida-mahsulotning da qanday qiymatlar va obyektlar berilgan. Tushuntirish matnining vazni mos slotlar bilan to‘ldirilgan bir nechta turdagi klishlardan shakllantiriladi.
Natijalarni uzatish. MX ishi tugagach IS holati ko‘rinishida qabul qilish uchun qulay bo‘lgan natijalarni tizimli uzatish ajralib turadi va tavsiya etilayotgan ishlab chiqarilgan rejalar jadval-grammalar shaklida uzatiladi. Tizimli natijalar barcha qiymat berilgan obyektlar uchun ro‘yxat (3.1.6) shaklida beriladi va u BB ni sozlovchi va to‘g‘rilovchi muhandis-interpretatorlar uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi natijalari displey ekrani yoki chop etish qurilmasiga ishlab chiqarish rejalari shaklida (tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar bo‘yicha, texnologik qurilmalar bo‘yicha, korxonaning tayyor mahsulotlari bo‘yicha) berilishi mumkin.
Bunday hujjatlarni uzatishni amalga oshirish uchun tizim ishlab chiqaruvchisi yoki kuzatish muhandisi:
Dasturlash tillaridan birida dastur ishlab chiqaradi va u fayllardan ma’lumotlarni o‘qiydi, ma’lumotlar banki bilan ishlaydi va ko‘rsatilgan hujjatlarni ishlab chiqadi;
ESPLAN BB ga ESPLAN BITini yuqoridagi funksiyalari bilan ishlab chiqilgan dasturiy vosita yordamida aloqani tashkil etuvchi qoidalarni kiritadi.
|
| |