|
Foydalanuvchi bilan muloqot
|
bet | 4/4 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #118250 |
Bog'liq 5 ESPLAN ekspertli tizimiFoydalanuvchi bilan muloqot. MX vaqtida foydalanuvchi bilan muloqot xuddi savol-javob kabi tashkil etiladi va SO‘ROV, SARALASH, MA’LUMOTLAR kabi qurilgan funksiyalar yordamida amalga oshiriladi (3.1.1-jadval). Shunday qilib, ekran oldida o‘tirgan foydalanuvchi zaruriy axborot (SARALASH funksiya ishi natijalari) ni oladi va u yoki bu obyektlarning qiymatlarini lingvistik shaklda (SO‘ROV va MA’LUMOTLAR funksiyalarini) kiritadi. Demak, muloqotning to‘la Ssenariysi tizim BB da ko‘rsatilgan funksiyalardan tashkil topgan qoida-mahsulotlar to‘plami bilan oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Bu funksiyalarni bajarilishi muhandis kuzatuvchi zimmasidadir.
ESPLANni amalga oshirish. ESPLAN qobig‘i Turbo Prolog tilida amalga oshirilgan va 3.1.7-rasmdagi bilan bir xil arxitekturaga ega. Tizimda monitor sifatida Prolog tilining interpretatori (Turbo Prolog da – translyator) xizmat qiladi.
Tizimda xuddi Prolog konstruksiyasidagi kabi funksional bloklar – predikatlar mavjud. Tizimning bunday tuzilishi tizim komponentlarini modulli sozlash imkonini beradi va uni yangi funksiyalar bilan oson to‘ldiradi.
Xulosada, ET larni qurishga taklif etilayotgan yondashuvning, bizning nazarimizda eng muhim bo‘lgan, afzalliklarini keltiramiz:
MX amalida mahsulotlarni to‘la qayta tanlashning yo‘qligi;
Lingvistik qiymatlar bilan ishlash imkoniyati, qator MX lar uchun TF ning avtomatik qurilishi, O‘RQIY funksiyasidan foydalanish hisobiga imkon doirasida qiymatlarning kompozitsion chiqishini amalga oshirish;
amaliy dasturlar bilan bog‘lovchi funksiyalar yordamida amal sifatida amaliy dasturlar paketi (DP) dan foydalanish imkoniyati;
BB ni dekompozitsiyalash va BB funksiyalaridan foydalanganda taqsimlanuvchi mahsulotlar tizimini qurish imkoniyati (3.1.1-jadval);
IS dan birining masalalarini yechishda MX vaqtiga ta’sir etmaydigan turli IS dagi bilimlarni bitta BB da saqlash imkoniyati;
MX ning taklif etilgan algoritmi o‘z yo‘liga ko‘ra parallel bo‘lib, parallel arxitekturali hisoblash mashinalarida taklif etilgan uslubiyatni samarali amalga oshishini ta’minlaydi.
|
| |