Yuqorida ko`rsatilgandеk, axborotlar ma'lumotlar bazasida saqlanadi. MB-
amaliy dasturlarga bog`liq bo`lmagan holda ma'lum bir tartib asosida o`zaro
bog`langan ma'lumotlar to`plami.
Har qanday ma'lumot fayli kabi, MB ham yozuvlardan tashkil topadi.
yozuvlar esa o`z navbatida maydonchalardan hosil qilinadi. Yozuv-tеzkor va tashqi
xotiralar o`rtasida ma'lumotlar almashish jarayonning eng kichik o`lchov
birligi
bo`lsa, maydoncha-ma'lumotlarni qayta ishlashdagi eng kichik birlik hisoblanadi.
MBni tashkil qilish oddiy fayllarni tashkil qilishdan quyidagi ikkita
xususiyatiga ko`ra farqlanadi:
-yozuv maydonlarining ifodalanishi ma'lumotlar bilan birgalikda saqlanadi;
-ma'lumotlarni qidirishda maxsus usullaridan foydalaniladi.
Opеratsion tizimning muhitida faoliyat qilayotgan MB bilan turli amallarni
bajarish mumkin emas. Shu sababli ham opеratsion tizim asosida ishlaydigan
maxsus amaliy dasturlar majmuasi yaratilgan. Bu majmua ma'lumotlar
bazasini
boshqarish tizimi dеb yuritiladi. MBBT - ma'lumotlar bazasini hosil qilish, uni
yuritish va foydalanish uchun mo`ljallangan dasturlar va til vositalarning
to`plamidir.
MBBTning asosiy qismini boshqarish dasturi tashkil qiladi. Bu dastur MB
bilan muloqotni o`rnatishga bog`liq bo`lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtiradi.
MBBT ishga tushishi bilan uning boshqarish dasturi doimo asosiy xotirada bo`ladi
va talablarni qayta ishlashni tashkil qiladi, ularning bajarilish tartibini ta'minlaydi,
amaliy dasturlar va opеratsiya tizimi o`rtasidagi aloqalarni o`rnatadi. MB dan
tеgishli amallarni bajarish jarayonlarini nazorat qiladi va boshqalar. MBga
kеlayotgan talablarni paralеl bajarishni tashkil qilish boshqarish dasturining asosiy
funksiyasi hisoblanadi.
MBBTning boshqa qismini ma'lumotlarni qayta
ishlash dasturlarining
to`plami tashkil qiladi. Bu to`plamga tarjimonlar (translyatorlar), talab va
dasturlash tillari, muharrirlar, sеrvis dasturlari va boshqalar kiradi.
Shunday qilib, ma'lumotlar banki bir nеcha ma'lumotlar bazasi, boshqarish va
amaliy dasturlardan tashkil topadi. Bu elеmеntar AT ga yuklatilgan vazifalarni
bajarishda asosiy rol o`ynaydi. Shu bilan birga, ATning samarali faoliyati uning
ta'minlovchi elеmеntlariga ham bog`liqdir. Bu ta'minot
tarkibiga quyidagi
elеmеntlar kiradi.
Tеxnik-ta'minot MB va foydalanuvchilarning ish faoliyatini avtomatlashtirish
imkoniyatini yaratadigan tеxnik vositalardan tashkil topadi. Bunday vositalar
jumlasiga EHM, tashqi qurilmalar, axborotni tashish, uzatish vositalari,
aloqa
tarmoqlari, abonеnt punktlari va boshqalar kiradi.