Ma’lumotlar formatlari standartlari, tashqi qurilmalar dilan ma’lumot
almashish, interfeyslarni tashkil etilishi
Reja:
1.
Ma’lumotlar formatlari standartlari
2.
Tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashish
3.
Interfeyslarni tashkil etilishi
Kalit so’zlar:
Ma’lumotlar formatlari, tashqi qurilmalar, interfeyslar,
kompyuterning asosiy tehnik hususiyatlari.
1.
Ma’lumotlar formatlari standartlari
Kompyuterlarda ifodalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning xillarini
ikkita
turkumga
ajratish mumkin:
1.
Raqamli ma’lumotlar, ya’ni sonlar bilan ifodalanuvchi ma’lumotlar.
2.
Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlar.
Raqamli ma’lumotlar
:
•
Butun sonlar
. Raqamli ma’lumotlarning asosiysi – bu
butun
sonlardir
.
Butun sonlar kompyuterda ikkilik sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Ular
odatda 8, 16, 32 va 64 bitli uzunliklardan biriga ega bo‘lishlari mumkin.
Kompyuterda
butun sonlar
ishorali
va
ishorasiz
ko‘rinishlarda ifodalanishi
mumkin. 32-razryadli
so‘z
yordamida 0 dan 2
32
-1 gacha bo‘lgan ishorasiz, hamda -
2
31
-1 dan +2
31
-1 gacha bo‘lgan ishorali butun sonlarni ifodalash mumkin.
•
Butun bo‘lmagan sonlar.
Butun bo‘lmagan sonlarni (3,14; 0,495;
0,0056; …) ifodalash uchun suriluvchi nuqtali sonlar ishlatiladi.
Ularning
uzunliklari 32, 64 yoki 128 bitgacha bo‘lishi mumkin.
•
O‘nlik sonlar
. Bunda o‘nlik sistemasida yozilgan har bir raqam,
ikkilik
sistemasidagi
to‘rtta raqam
bilan almashtiriladi. Ikkita o‘nlik raqam, bitta
baytga joylashtiriladi. Bu ikkilik-o‘nlik formati deb ataladi.