• Elektron ossillografi to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
  • Elektron nurli trubka.
  • – rasm.
  • – mа’ruzа: Elektron ossillograflari




    Download 442,03 Kb.
    bet58/62
    Sana14.06.2024
    Hajmi442,03 Kb.
    #263676
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
    Bog'liq
    Ma’lumotlar. Rеjа (1)

    – mа’ruzа: Elektron ossillograflari




    Rеjа: 1. Elektron ossillografi to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Elektron nurli trubka (tuzilishi ishlashi).

    1. Elektron ossillografining blok sxemasini ishlashi.

    2. Elektron ossillografi ekranida har xil yoymalar hosil qilish usullari va ular yordamida vaqtli parametrlarni, kuchlanish va h.k. larni o‘lchash.



    Tаyanch so‘zlаr: elеktrоn to‘pi, оg‘diruvchi sistеmа, elеktrоn nuri, yoymа gеnеrаtоri, elеktrоstаtik fоkuslаsh, bоshqаruvchi elеktrоd, sinxrоnlаsh blоki, chiziqli o‘zgаruvchаn kuchlаnish, zаryad kuchlаnishi, zаryadlаnish vаqti, elеktrоn nurining to‘g‘ri yo‘li.


      1. Elektron ossillografi to’g’risida umumiy ma’lumotlar.


    Elektron ossillograflari elektr signallarining (kuchlanish, tok) amplituda va oniy qiymatlarini o’lchashda, vaqtli parametrlarini, garmonik signallarni chastotasini (aylanma yoyma, chiziqli yoyma usuli, Lissaju figurali usuli yordamida); to’la qarshilikni va uning tashkil etuvchilarini o’lchashda; to’rt qutbliliklarni amplituda – chastotali, fazo – chastotali xarakteriskalarini; tranzistorlarni, diodlarning integral mikrosxemalarni, magniy materiallarning xarakteristikalarini o’rganish, kuzatish uchun qo’llaniladi.


    Elektron ossillografni universal, stroboskop, maxsus va h.k. turlari mavjud. Universal ossillograflar asosan garmonik va impulsli signallarni kuzatish, qayd qilish uchun xizmat qiladi. Ular yordamida xattoki chastotasi 103 MHz gacha bo’lgan jarayonlarni tekshirish, kuzatishi mumkin.
    Elektron ossillograflar bir – qancha qismalardan iborat: elektron – nurli trubka, vertikal va gorizontal og’ish kuchaytirgichlari, arrasimon kuchlanish generatori va manba bloki.


    Elektron nurli trubka.


    Elektron nurli trubka ossillografning asosiy o’lchash mexanizmi bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda asosan, qizdirilgan katodli va elektrostatik fokuslash va boshqariladigan elektron nur trubka qo’llaniladi.





      1. – rasm.

    Elektron nur trubkaning tor uchiga elektron to’pi va og’diruvchi sistema o’rnatiladi.
    Elektron to’pi tez uchuvchi elektronlar oqimi hosil qiluvchi va uni ingichka nurga aylantiruvchi qurilmadir, u elektron chiqaruvchi katod (3) dan, boshqaruvchi elektrod (4) dan, va elektronlar nurini ekranga fokuslovchi ikkita A1 hamda A2 anoddan iborat.
    Og’diruvchi sistema ikki juft: vertikal og’diruvchi (5) va gorizontal og’diruvchi (6) plastinkalardan iborat. Agar qizdirgich tolasi (1) dan elektr toki o’tkazilsa, u cho’g’lanadi va katodni qizdiradi. Termoelektron emissiya hodisasi natijasida katod elektronlar chiqaradi. Agar boshqaruvchi elektrod (4) ga anod potensialiga nisbatan manfiy potensial berilsa, A1 va A2 anodlarning potensialini esa unga nisbatan musbat qilinsa, u holda elektronlar boshqaruvchi elektrodning sirtidan uning o’qiga tomon itariladi va teshik orqali musbat potensialli anodga intiladi. Birinchi anodning potensialini rostlab nur dastani fokuslash, ekranda kichik (diametri 0,2 ? 0,5 mm li) nurlanuvchi nuqtaning paydo bo’lishiga erishish mumkin. Agar vertikal og’diruvchi plastinkalarga kuchlanish berilgan bo’lsa, ular orasida elektr maydoni hosil bo’lib, o’zi orqali o’tayotgan elektronlarga ta’sir qiladi. Bu kuchlar ta’siri ostida elektronlar dastlabki yo’nalishlarini o’zgartiradi va ekranning markaziga tushmaydi. (18.2 - rasm). Natijada, yarqiroq (yorqin dog’) plastinkalarga berilgan kuchlanishning yo’nalishiga qarab, yo pastga yo yuqoriga ko’chadi.
    Gorizontal og’diruvchi plastinkalarga ta’siri ham huddi shunday, faqat ularni nurni gorizontal bo’ylab og’diradi.

      1. – rasm.

    Elektron - nur trubkaning kuchlanishga nisbatan sezgirligi quyidagicha ifodalanadi:


    h
    SU U
    1 2U a
    l L, a

    bu yerda Ua – anodga qo’yilgan kuchlanish.
    Elektron – nur trubkaning sezgirligi 0,1 ? 1 mm/V ni tashkil etadi.



    Download 442,03 Kb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




    Download 442,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – mа’ruzа: Elektron ossillograflari

    Download 442,03 Kb.