|
Vaqt intervalini o’lchovchi raqamli asbob
|
bet | 56/62 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 442,03 Kb. | | #263676 |
Bog'liq Ma’lumotlar. Rеjа (1)Vaqt intervalini o’lchovchi raqamli asbob.
17.7-rasm.
SCHIG - stabil chastotali impulslar generatori,
EK - elektron kalit
TG - trigger
H - hisoblagich.
17.7-rasmda ko’rsatilgan asbob ketma-ket hisob metodiga asoslangan siklik rejimda ishlaydigan vaqt intervalini o’lchovchi asbobdir.
Sxemani ishga tushirish triggerni, hisoblagichni “0” xolatga qo’yishdan boshlanadi.Trigger “start” impulsi berilganda kalit (EK) ochiladi, shu momentdan stabil chastotali impulslar generatoridan f0 - chastotali impulslar hisoblagich (IH) ga o’ta boshlaydi. “Stop” impulsi berilishi bilan trigger boshlang’ich holatiga qaytadi va kalit uziladi,ya’ni yoniq xolatiga keladi va hisoblagichga impulslar o’tishi to’xtaydi.
Kalit ochiq bo’lgan holatida undan o’tgan impulslar soni N=tx/T0 (T0=1/f0), yoki tx=N/f0 ga teng.
Albatta, bu asbobning o’ziga xos afzallik tomonlari ham bor va kamchiliklardan ham xoli emas.Kamchiligi shundan iboratki, kvantlash xatoligi T0 va tx larga bo’lib, T0 /tx qanchalik kichik bo’lsa, xatolik ham shunchalik kam bo’ladi. Bundan xatolik f0 ga bog’liq: “start”, “stop” impulslarini aniq berilmasligidan kelib chiqadigan xatolikdir.
Raqamli vaqt-impulsli vol’tmetrlar.
a)
b)
17.8-rasm.
O’lchanadigan kuchlanish solishtiruvchi qurilmaning bir uchiga beriladi (17.8-rasm). Sxemaning ishlashi boshqaruvchi blok (BB) orqali boshqariladi, ya’ni o’lchash siklining boshlang’ich t0 momentida u kompensatsion kuchlanish generatorini ishga tushiradi, xuddi shu momentda elektron kalit (EK) ochiladi. Kompensatsiyalovchi kuchlanish generatori (KKG)dan chiziqli o’zgaruvchan kuchlanish solishtiruvchi qurilmaning ikkinchi uchiga beriladi. Qachonki, chiziqli o’zgaruvchan kuchlanish UK o’lchanadigan kuchlanish UX ga tenglashsa kalit uziladi va hisoblagichga impulslar generatori orqali (aniq T0 chastotali) impulslar o’tishi to’xtaydi. Kalit ochiq vaqt mobaynida, ya’ni tx vaqt ichida (17.8.b-rasm) hisoblagichdan olingan impulslar soni bo’yicha noma’lum (o’lchanadigan) kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
UX = ktx= kNT0 ,
bu yerda K-chiziqli o’zgaruvchan kuchlanishning o’zgarishini xarakterlovchi koeffitsient; T0 – impulslar generatori (IG) ishlab beruvchi impulslar.
|
| |