|
Raqamli o’lchash vositalari bo’yicha umumiy ma’lumotlar
|
bet | 53/62 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 442,03 Kb. | | #263676 |
Bog'liq Ma’lumotlar. Rеjа (1)Raqamli o’lchash vositalari bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Raqamli o’lchash asbobi deb, o’lchash borasida uzluksiz o’lchanayotgan kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi qurilmada diskret tarzda o’zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi.
Raqamli o’lchash asboblarida tavsiya etiladigan ma’lumotni qulayligi va aniqligi sababli raqamli o’lchash asboblari ilmiy – tekshirish laboratoriyalaridan keng o’rin olgan.
Raqamli o’lchash asboblari analog o’lchash asboblariga nisbatan qator afzalliklarga ega:
yuqori aniqlik;
keng ish diapazoni;
tezkorlik;
o’lchash natijasining qulay tarzda tavsiya etilishi;
o’lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlari mavjudligi va hokazolar.
Albatta, boshqa asboblarda bo’lganidek, raqamli asboblari ham kamchiliklardan holi emas, bunga ularning murakkabligi, tan narxini balandligi va nisbatan ishonchliligini pastligi kiradi.
Raqamli o’lchash asboblarida vaqt bo’yicha uzluksiz o’zgaradigan kattalikni uzuq qiymatlariga o’zgartirish, yoki kodlash ma’lum qoida bo’yicha, masalan, sanoq tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.
Raqamli o’lchash asboblarida o’nlik, ikkilik va birlik sanoq tizimlari ishlatiladi va qaysi sanoq tizimini (kodlash) ishlatilishi ularni aynan qaysi hisoblash, boshqarish yoki boshqa qurilmalarda ishlatilishiga bog’liqdir.
Raqamli o’lchash asboblarining funksional sxemasi, turlari.
17.1 – rasmda raqamli o’lchash asbobining funksional chizmasi ko’rsatilgan bo’lib, u yerda
– rasm.
AO’ – analog o’zgartgich; ARO’ – analog – raqamli o’zgartgich; RKQ – raqamli kuzatish qurilmasi va BB – boshqarish bloki.
Vaqt bo’yicha uzluksiz o’zgaradigan “X(t)” analog signali kirishidagi analog o’zgartkich AO’ da keyingi o’zgartirish uchun qulay formaga o’zgartiriladi, so’ngra analog – raqamli o’zgartkich (ARO’) yordamida diskretlashtiriladi va kodlanadi va nihoyat, raqamli qayd etish qurilmasi RKQ o’lchanayotgan kattalik bo’yicha kodlangan ma’lumotni raqamli qaydnoma tarzida, operatorga qulay formada ko’rsatadi.
Raqamli o’lchash asbobining asosiy qismi ARO’ hisoblanadi. Unda ma’lumot diskretlashtiriladi, so’ngra kvantlanib kodlanadi. Diskretlashtirish bu muayyan diskret (juda qisqa) vaqt oralig’ida qaydnomalarni olishdir. Odatda diskretlash qadamini (t1-t2) doimiy qilishga harakat qilinadi.
Kvantlash esa, x(t) kattaligining uzluksiz qiymatlarini Xk diskret qiymatlarning to’plami (nabori) bilan almashtirishdir. O’lchanadigan kattalikning uzluksiz qiymatlari muayyan tartiblar asosida kvantlash darajalarining qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa, muayyan ketma- ketlikda ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat.
Raqamli o’lchash asboblari ularning eng muhim xarakteristikalaridan biri aniqligi va tezkorligini belgilovchi o’lchanadigan kattalikning turi va o’zgarishi usuli bo’yicha klassifikatsiyalanadi. Raqamli o’lchash asboblari o’lchanadigan kattalikning turi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:
vaqtli parametrlarni o’lchovchi (chastota, davr, vaqt intervali, faza siljish burchagi) asboblar;
o’zgarmas tok, kuchlanishlarni;
o’zgaruvchan kuchlanishni;
elektr zanjir parametrlari (R, L, C) ni;
siljish, burilish burchagini o’lchovchi asboblar.
O’zgarish usuli bo’yicha: to’g’gridan to’g’ri o’zgartirish va muvozanatlashtirish usuliga asoslangan raqamli asboblar.
Raqamli o’lchash asboblari kompensiatsiyalovchi kattalikni vaqt bo’yicha o’zgarishi xarakteriga qarab turlanadi.
Uzluksiz o’zgaruvchan kattalikni uzuq, ya’ni diskret signaliga o’zgartirish usuliga qarab; ketma – ket hisoblovchi, taqqoslovchi (solishtirish) va sanoq raqamli asboblarga bo’linadi.
|
| |