• Ma’lumotlar tuzilmasi
  • Asosiy ma’lumotlar tuzilmalari
  • Ma’lumotlar tuzilmalari. Algoritmlarga kirish




    Download 6,32 Mb.
    bet1/4
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,32 Mb.
    #99540
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-maruza

    Ma’lumotlar tuzilmalari. Algoritmlarga kirish.


    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
    D.Tuxtanazarov
    @Dilmurod_PhD

    Ma’lumotlar tuzilmasi ?


    Ma’lumotlar tuzilmasi — bu ma’lumotlarni samarali o’qish va o’zgartirish imkonini beruvchi, ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning bir formatga solingan shaklidir. 

    Ma’lumotlar tuzilmasi ?


    Barcha dastur yoki dasturiy mahsulotning asosida ikkita birlik yotadi: ma’lumotlar va ular ustida qandaydir amallar bajaradigan algoritmlar.
    Algoritmlar ma’lumotlarni biz yoki dastur uchun foydali bo’lgan axborot ko’rinishiga keltirib beradi.
    Algoritmlar shu ma’lumotlar ustida amallarni (o’qish, yozish, yangilash, o’chirish) samarali va tez bajara olishi uchun biz shu ma’lumotlarni ma’lum bir strukturaga solgan holda saqlashimiz kerak bo’ladi.

    Ma’lumotlar tuzilmasi ?


    Soddaroq qilib aytganda, ma’lumotlar tuzilmasi — bu ma’lumotlarning ma’lum bir strukturaga solingan, ular o’rtasida ma’lum bir bog’lanishlar yaratilgan va ular ustida ma’lum amallar bajaruvchi funksiyalardan tashkil topgan guruh. Eng sodda ma’lumotlar tuzilmasiga misol qilib massiv (array)ni ko’rsatishimiz mumkin.

    Asosiy ma’lumotlar tuzilmalari

    Ma’lumotlar tuzilmalari


    Quyida keltirilgan ma’lumotlar tuzilmalari dasturlashda eng ko’p qo’llaniladigan tuzilmalardir:
    - Massiv (Array)
    - Bog’langan ro’yhat (Linked List)
    - Navbat (Queue)
    - Stek (Stack)
    - Hash jadvallar (Hash tables)
    - Daraxtlar (Trees)
    - Graflar (Graph)
    Ma’lumotlar tuzilmalari ustida asosiy bajarilishi mumkin bo’lgan amallar:
    • Ko’rib chiqish (Traversing)
    • O’qib olish (Retrieving)
    • Kiritish (Insertion)
    • O’chirish (Deletion)
    • Qidirish (Search)
    • Saralash (Sorting)
    • Birlashtirish (Merging)

    Nima uchun ma’lumotlarning turli xil tuzilmalari kerak?
    Yuqorida keltirilgan amallar turli xildagi ma’lumotlar tuzilmalarida turlicha tezlikda amalga oshadi.
    Array uchun ma’lumotni o’qib olish uchun O(1) vaqt sarflansa, uni kiritish yoki o’chirish uchun O(n) vaqt sarflanadi. Linked listda esa bular aksincha. Shuning uchun, masalan, sizning dasturingizda ma’lumotlar ko’p kiritilib, o’chirilsayu lekin kam o’qilsa, bunda ma’lumotlarni saqlashda arraydan foydalangandan ko’ra linked list qulayroq hisoblanadi.

    Download 6,32 Mb.
      1   2   3   4




    Download 6,32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar tuzilmalari. Algoritmlarga kirish

    Download 6,32 Mb.