|
Struktura o‘rtasiga element qo‘shishda Array va Linked List farqi
|
bet | 2/4 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 6,32 Mb. | | #99540 |
Bog'liq 1-maruzaStruktura o‘rtasiga element qo‘shishda Array va Linked List farqi:
https://walker.uz/2020/06/26/malumot-tuzilmalari-data-structures-chiziqli-linear-malumot-tuzilmalari/
ALGORITHM ?
Algoritm so’zi qaysi o’zbek mutafakkiri ismidan kelib chiqqan?
Buyuk o’zbek mutafakkiri Al-Xorazmiyning (783-855) ishlari bilan yevropaliklarning birinchi bor tanishishi bilan bogliqdir. Bu ilmiy ishlar ularda juda chuqur taasurot qoldirib, algoritm (algoritm) so’zining kelib chiqishiga sabab bo’ldi va u Al-Xorazmiy ismining lotincha aytilishidir. al-Xorazmiy
"Bu qoidalarni matematikaga 9-asrda al-Xorazmiy tomonidan kiritilgan. Yevropada bunday qoidalar uning tug'ilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida "algorizm" deyilgan), keyinchalik "algoritm"ga aylangan (akademik A. N. Kolmogorov).
Hozirgi kunda "Yevklid algoritmi", "Gʻiyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" va boshqa turli hil algoritmlar maʼlum.
Dixit Algorazmiy ?
Taxminan 825-yilda al-Xorazmiy hind-arab sanoq tizimi haqida arab tilida risola yozgan va 12-asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Qo‘lyozma Dixit Algorazmiy (“Al-Xorazmiy shunday gapirdi”) iborasi bilan boshlanadi, bu yerda “Algorazmiy” tarjimon tomonidan Al-Xorazmiy nomini lotinchalashtirgan. Al-Xorazmiy oxirgi oʻrta asrlarda Yevropada eng koʻp oʻqilgan matematik boʻlgan, birinchi navbatda oʻzining yana bir kitobi — “Algebra” orqali. Oxirgi oʻrta asr lotin tilida algorismus, inglizcha “algorism”, uning ismining buzilishi oddiygina “oʻnlik sanoq sistemasini” anglatgan.
Algoritm ?
Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.
|
| |