|
Ma’lumotlar tuzilmalari. Algoritmlarga kirish
|
bet | 3/4 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 6,32 Mb. | | #99540 |
Bog'liq 1-maruza Algoritm– maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. Oʻrta asrlarda oʻnli sanoq tizimi boʻyicha toʻrt arifmetik amal bajariladigan qoidani Algoritm deb atashgan.
Algoritm ijrochisi — algoritmda ko'rsatilgan buyruq yoki ko‘rsatmalarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik) sistema.
Algoritm ijrochisi faqat insonmi ?
Yaxshi algoritm qanday tuziladi, Algoritmni 2 ta muhim mezoni mavjud:
- Mummaoni hal qilishi (Muammoni aniq hal qilishi)
- Mummaoni hal qilish jarayonini samarali bajarish kerak.
Algoritmni samarodorligini qanday baholaymiz ?
Buning uchun kodni ishga tushirib uni qancha vaqt sarflashini kuzatishimiz mumkin. Lekin bu dasturlash tili, komputer va unga kiruvchi malumotlarga bog`liq bo`lib qoladi.
Asimptotik tahlil
Algoritmni asimptotik tahlil qilish uning ishlash vaqtining matematik chegarasini belgilashni anglatadi. Asimptotik tahlil yordamida biz algoritmning eng yaxshi holati, oʻrtacha holati va eng yomon holati toʻgʻrisida yetarli xulosa chiqarishimiz mumkin hisoblanadi.
Algoritmni tasvirlash usullari
1. Algoritmning so‘zlar yordamida ifodalanishi
2. Algoritmning formulalar yordamida ifodalanishi
3. Algoritmning jadval yordamida ifodalanishi
4. Algoritmning grafik shaklda ifodalanishi
5. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi
Algoritmning turlari ?
Algoritmning asosiy xossalari.
Diskretlilik (Cheklilik)
Tushunarlilik.
Aniqlik.
Ommaviylik.
Natijaviylik.
Diskretlilik (Cheklilik).
Diskretlilik (Cheklilik). Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo‘llay olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi.
|
| |