• 1.3.2. Ko ‘rsatkichli toifa
  • Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” 1-tajriba ishi. Dasturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari




    Download 106.21 Kb.
    bet5/11
    Sana02.11.2023
    Hajmi106.21 Kb.
    #93267
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-амалий иш
    3-mavzu. Xatoliklar nazariyasi reja-fayllar.org, Navigatsiya - Vikipediya, I-II-III darajali sertifikat
    Keltirilgan toifalar

    1.3.1. Sanaladigan toifa

    Bir qancha qiymatlardan birini qabul qila oladigan o‘zgaruvchiga sanaladigan toifadagi o‘zgaruvchilar deyiladi va bunday o‘zgaruvchilarni e’lon qilishda enum kalit so‘zi va undan keyin toifa nomi hamda figurali qavs ichida vergullar bilan ajratilgan o‘zgarmas qiymatlar ro‘yhati ishlatiladi.


    Masalan:
    enum Ranglar{oq, qora, qizil, yashil};
    Bu yerda Ranglar nomli sanoqli toifa yaratildi. Ushbu toifaning 4 ta o‘zgarmas elementlari mavjud va ular dastlab 0 dan boshlab sanaladigan butun sonli qiymatga ega bo‘ladilar. Ayrim hollarda foydalanuvchi tomonidan o‘zgarmaslarga ixtiyoriy sonli qiymat ham o‘zlashtirilishi mumkin. O‘zgarmaslarga qiymatlar o‘sish tartibida berilishi kerak. Masalan,
    enum Ranglar{oq=100,qora=200,qizil,yashil=400};
    Bu yerda qizil o‘zgarmasning qiymati 201 ga teng bo‘ladi. Endi shu toifadagi birorta o‘zgaruvchini e’lon qilish mumkin.
    Ranglar r=qizil;
    Endi r o‘zgaruvchi ranglar toifasida aniqlangan o‘zgarmaslardan ixtiyoriy birini qiymat sifatida qabul qila oladi. Masalan:
    #include
    using namespace std;
    int main()
    { enum kunlar{du=1,se,chor};
    kunlar hafta;
    hafta=chor;
    cout<
    int kun;
    cout<<"\nbugun qaysi kun=";
    cin>>kun;
    if(kun==chor) cout<<"\ntalabalar bilan uchrashuvingiz bor";
    system("pause");
    }
    Natija: 3
    bugun qaysi kun=3
    talabalar bilan uchrashuvingiz bor


    1.3.2. Korsatkichli toifa

    Ko‘rsatkichlar ma’lumotlarni emas, balki bu ma’lumotlar joylashgan xotiradagi manzilni o‘zida saqlaydi. Ko‘rsatkichlar xotirada bor yo‘g‘i 4 bayt joyni egallab, u ko‘rsatayotgan ma’lumotlar ancha katta joyni egallagan bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatkichlar qanday ishlashini bilish uchun mashina xotirasi tashkil etilishining tayanch prinsiplarini bilish lozim. Mashina xotirasi 16 lik sanoq sistemasida raqamlangan yacheykalar ketma-ketligidan iboratdir. Har bir o‘zgaruvchining qiymati uning adresi deb ataluvchi alohida xotira yacheykasida saqlanadi. Ko‘rsatkichli toifadagi o‘zgaruvchilar o‘zida ana shu kabi o‘zgaruvchilar yoki boshqa ma’lumotlarning xotiradagi adresini saqlaydilar. C++ da o‘zgaruvchini ko‘rsatkichli toifada e’lon qilish uchun o‘zgaruvchi nomidan oldin * belgisi qo‘yiladi. Har bir o‘zgaruvchining toifasi bilan e’lon qilingani kabi ko‘rsatkichli o‘zgaruvchilar ham ma’lum bir toifa bilan e’lon qilinadi. Bunda ko‘rsatkichli o‘zgaruvchining toifasi – shu ko‘rsatkich ko‘rsatayotgan xotira yacheykasidagi ma’lumotning toifasi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Masalan, int a=1 bo‘lsin. Ushbu o‘zgaruvchining adresini o‘zida saqlovchi b ko‘rsatkichli o‘zgaruvchini e’lon qilishda ham int toifasi ishlatiladi, ya’ni int *b. Endi bunday toifadagi o‘zgaruvchiga a o‘zgaruvchining adresini o‘zlashtirish uchun a ning oldiga & - adres operatorini qo‘yish zarur, ya’ni b=&a.


    Misol.
    #include
    using namespace std;
    int main()
    { short int a=1234567;
    short int *b;
    b=&a;
    cout<
    system("pause");
    }
    Ko‘rsatkichli toifalar yordamida fayllarga ham murojaat qilsa bo‘ladi, masalan quyida f.txt faylidagi ma’lumotlarni ekranga chiqarish dasturi keltirilgan:
    #include
    #include
    using namespace std;
    int main()
    {
    FILE *p;
    char s;int i=0;
    if((p=fopen("f.txt","r"))==NULL)
    i cout<<"o'xshamadi";
    else cout<<"ulandi\n";
    while(s!=EOF){
    s=fgetc(p);
    if(s=='s')i++;
    cout<
    }
    fclose(p); cout<<"s harfi "<
    system("pause");
    }
    f.txt fayli tarkibi:
    c++ tilida fayllar
    bilan
    ishlash dasturi
    Dastur natijasi:
    ulandi
    c++ tilida fayllar
    bilan
    ishlash dasturi
    s harfi 3 marta qatnashgan



    Download 106.21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 106.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” 1-tajriba ishi. Dasturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari

    Download 106.21 Kb.