|
Xesh funksiyalar turlari Xesh funksiyalar turlari
|
bet | 3/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 14,44 Kb. | | #233771 |
Bog'liq Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar 7-ma’ruza Qidiruv va heshl-kompy.infoXesh funksiyalar turlari Xesh funksiyalar turlari
Kalitsiz xesh funksiyalar xatolarni topish kodi (modification detection code (MDC) yoki manipulation detection code, massage integrrity code (MIC) deb ataladi. Ushbu kod qo‘shimcha vositalar (masalan: himoyalangan aloqa tarmog‘i, shifrlash yoki ERI algoritmlari) yordamida berilgan ma’lumot to‘laligini kafolatlaydi. Bu turdagi xesh funksiyalardan bir-biriga ishonch bildiruvchi va ishonchi bo‘lmagan tomonlar foydalanishlari mumkin.
Xesh funksiyalar turlari
Odatda kalitsiz xesh funksiyalardan quyidagi xossalarni qanoatlantirishi talab qilinadi:
1) bir tomonlilik; 2) kolliziyaga bardoshlilik; 3) xesh qiymatlari teng bo‘lgan ikkita ma’lumotni topishga bardoshlilik.
Birinchi shart bajarilganda, berilgan xesh qiymatga ega bo‘lgan ma’lumotni topishning murakkab ekanligini, ikkinchi shart bajarilganda bir xil xesh qiymatga ega bo‘lgan ma’lumotlar juftini topishning murakkab ekanligini, uchinchi shart xesh qiymati ma’lum bo‘lgan berilgan ma’lumot uchun xesh qiymati shunga teng bo‘lgan ikkinchi ma’lumotni topishning murakkab ekanligini bildiradi.
Xesh funksiyalar turlari
Agar bir xil xesh qiymatga ega bo‘lgan ikkita har xil ma’lumot mavjud bo‘lsa, bu ma’lumotlar jufti kolliziya hosil qiladi deyiladi.
Xesh funksiyalarda kolliziya – ikkita har xil ma’lumotdan bir xil xesh qiymat hosil bo’lib qolishi. Kolliziyaning oldini olish yo’llaridan biri bu xesh jadval hisoblanadi. Xeshlash algoritmlarining bardoshliligi xa xavfsizliligi kolliziyaga chidamliligi bilan aniqlanadi.
Xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o’rni
Xeshlash algoritmlarining zamonaviy kriptografiyadagi tutgan o’rni juda muhimdir va undan hozirda keng ko’lamda foydalaniladi. Yangi xesh algoritmlar xam yaratilmoqda. Yangi xesh algoritmlar kolliziyaga bardoshli, xesh qiymatning tez hisob-kitob qila olishi va.h.k xususiyatlarga ega bo’ladi.
|
| |