|
Maǵlıwmatlar bazasınıń maqseti, wazıypası hám onıń úsh basqıshlı arxitekturası
|
bet | 3/6 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #153200 |
Bog'liq 1-maruza Fizik yozuv – komyuter tashqi xotirasining bir adresi bo`yicha yoziladigan va o`qib olinadigan ma`lumotlardan iborat. Ko`pincha, bir fizik yozuv tarkibida bir necha mantiqiy yozuvlar yoki sigmentlar bo`ladi.
Saqlanuvchi yozuvlar bloki – bu fizik yozuvni tashkil etuvchi ma`lumotlar guruhidan iborat.
Ekstent – tashqi xotira qurilmasida ketma-ket joylashgan fizik yozuvlar jamlanmasidan iborat bo`ladi. Ekstentdagi yozuvlar soni xotira qurilmasining hajmi va foydalanuvchini xotiraning taqsimlanishiga doir so`roviga bog`liq bo`ladi.
1.7-rasm. Ma`lumotlarni fizik saqlanish namunasi
Ma`lumotlar majmuasi – fizik yozuvlarning nomlangan jamlanmasidan tashkil topadi. Unga yozuvlarning joylashuv o`rnini aniqlash uchun qo`llaniladigan ma`lumotlar (masalan, indekslar) ham kiradi. Ma`lumotlar majmuasi bir yoki bir necha ekstentni band qiladi. U bir necha xotira qurilmalariga taqsimlangan bo`lishi ham mumkin.
Yozuvlar uchastkasi – tashqi xotirada saqlanuvchi yozuvlarning guruhi uchun yagona adres qo`llanilganida ushbu yozuvlar sohasiga yozuvlar uchastkasi deyiladi. Fizik yozuv, yozuv yo`lagi, sektsiyasi, yozuvlar guruhi yoki yozuvlar uchastkasi sifatida kelishi mumkin.
«Mijoz-server» arxitekturasida MBBT tarmoqdan mijozlarning so`rovlarini qabul qilib oladi va ularga javoblar qaytaradi. Bu xil MBBT MB serveri deyiladi. MB serveridagi asosiy amallardan biri tranzaksiya hisoblanadi, yoxud serverdagi ma`lumotlarning o`zgartirilishi tranzaksiyalar ko`rinishida ro`y beradi.
Tranzaksiya so`zi inglizcha ikki so`zning qo`shilishi oqibatida yuzaga kelgan (transformation action – o`zgartirish amali (harakati)). Ya`ni tranzaksiya – bu MBni bir to`laqonli holatdan ikkinchi to`laqonli holatga o`zgartiruvchi operatsiya yoki operatsiyalar guruhidan iborat. Tranzaksiya 4 asosiy xususiyat bilan tavsiflanadi:
Bo`linmaslik (atomarlilik xususiyatiga ega bo`lish, Atomicity) – «hammasi yoki hech qaysisi» xususiyati, ya`ni tranzaksiyaning ma`lum bir qismini bajarish mumkin emas, uni to`laligicha bajarish yoki umuman bajarmaslik zarur bo`ladi. Ushbu xususiyatga quyidagicha aniqlik kiritish mumkin. Masalan, MBda bir hisob raqamidan ikkinchisiga ma`lum miqdordagi pul o`tkazilishi zarur. Mazkur amal ikki operatsiyadan iborat:
birinchi hisob raqamidan ko`rsatilgan miqdordagi pulni olish;
ikkinchi hisob raqamiga ko`rsatilgan miqdordagi pulni qo`shib qo`yish.
Agarda faqat birinchi operatsiya bajariladigan bo`lsa, ko`rsatilgan miqdordagi pul butunlay yo`qolib qoladi, ya`ni barcha hisob raqamlaridagi pullar miqdori kamayadi va balans o`zgaradi. Shuning uchun, birinchi operatsiya bajarilgandan so`ng ikkinchi operatsiyani bajarish mumkin emasligi ma`lum bo`lib qolsa, birinchi operatsiya ham inkor qilinadi va MB o`zining dastlabki holatiga qaytariladi.
To`laqonlilik (Consistency) – tranzaksiya MBni bir to`laqonli holatdan boshqasiga o`tkazishi zarur. To`laqonlilik MB rioya etishi zarur bo`lgan mantiq bilan belgilanadi va uni axborot tizimi ta`minlab beradi.
Ihotalanganlik (Isolation) – tranzaksiya serverda o`zi bilan birgalikda bajarilayotgan boshqa tranzaksiyalardan bexabar bo`lishi (ularni bilmasligi, ko`rmasligi) kerak.
Kuchga kiruvchanlik (Durability) – tranzaksiya tomonidan bajarilgan o`zgartirishlar albatta kuchga kirishi zarur.
Adabiyotlarda bu xususiyatlar jamlanmasi ACID-xususiyatlar deb nomlanadi. Umuman olganda, har bir so`rov alohida bir tranzaksiya hisoblanadi.
Tranzaksiya faqat maxsus tasdiqlash amali (commit) bajarilgandan so`ngra amalga oshirilgan hisoblanadi. Bu paytgacha boshqa foydalanuvchilar tranzaksiya natijalaridan bexabar bo`lishadi. Tasdiqlanmagan tranzaksiya faol tranzaksiya deb nomlanadi.
Axborot komponentlari. MBn yadrosini MB tashkil etadi. MBn loyihalaganda barcha foydalanuvchilar uchun axborot massivlari birligi, axborotni bir karra kiritish va undan ko`p maqsadlarda foydalanish tamoyiliga asoslanish zarur.
1.8-rasm. Ma`lumotlar banki komponentalari
Zamonaviy MBBTlar quyidagi talablarni ta`minlashi lozim:
ma`lumotlarning mustaqilligi;
talablarning kuchli tili;
javobning qisqa vaqti;
ma`lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqatirish yoki ulardan voz kechish.
|
| |