-§.Kreativ faoliyat, ijodkorlik sifatlari va shaxs xislatlarini shakllantirishga oid izlanishlar




Download 33.77 Kb.
bet2/3
Sana30.10.2023
Hajmi33.77 Kb.
#91094
1   2   3
Bog'liq
Ҳозирги кунда дунyo педагогик таълим соҳасини такомиллаштиришга доир устувор йўналишлар белгилаб берган бўлиб
«Истеҳком » драмаси (1977) Иззат Султон, Social-Media-Marketing-Course-eMarketing-Institute-Ebook-2018-Edition (1), 1-Amaliy ish amaliy matematika, Mexanik o`lchash asboblari. Hajmni o’lchash, хисобот, transport, феруза НАМДУ, 9-M, 2-мавзу, Переведенная копия документа MU LB5 Sozdanie tablic bazy dannyx MIKROSOFT ACCESS , b85f31a7390aa1572dcd1bdbf39d6e5d, maqola (2), Ingliz tili 2 daftar, import math, 12-mavzu
16.2-§.Kreativ faoliyat, ijodkorlik sifatlari va shaxs xislatlarini shakllantirishga oid izlanishlar
Xorijiy pedagoglar va psixologlar: D.Gilrord, YE.Torrans, L.Termen, R.Sternberg, M.Vollax, Rossiyalik olimlar V.Dashlova, P.Gal`perin, V.Kalnikova, D.Bogoyavlenskiy, T.Kulikova va boshqalar tomonidan kreativ fikrlash nazariy jihatdan asoslangan bo'lsada, bugungi kunda kreativ faoliyatni rivojlantirish metodikalarini ishlab chiqishda yo'naltirilgan tadqiqotlar davom etmoqda.
D.B.Bogoyavlenskaya fikricha kreativ ish - muammoli vaziyatni hal qilishga qaratilgan faoliyatdir.
Kreativ faollik deganda hodisalar, jarayonlar, ob'ektlar ahamiyatini tushungan holda, qiyinchiliklarni yoki muammoni yengishga intilish tushuniladi. Ya'ni shaxsning kasbiy faoliyati bo'yicha yangi yechimlarni izlash va topish hamda natijalaridan qoniqish tushuniladi. Kreativ faollikni shakllantirish va rivojlantirish - bosqichmabosqich hal qilinadigan muammodir. Shaxs faolligi turli, ya'ni o'quv ilmiy ishlab chiqarish, kreativ faoliyatlar ta'sirida shakllanadi va rivojlantiriladi.
Psixolog olim S.L.Rubinshteynning fikricha, kreativ faoliyat jarayonida kishida asta-sekin ishning qaysi joyini, nimani o'zgartirish, yaxshilash, takomillashtirish masalasini o'ylash tamoyili vujudga keladi. Natijada mavjud bilimlarni taqqoslash, kuzatish va ijod jarayonida kelib chiqadigan vazifalarga muvofiqlashtirish, mo'ljallangan yechim umumiy tuzilishini fikran tasavvur etish zarurati tug'iladi.
Bu esa, o'z navbatida, xayolning inson miyasining faol ishlashi bilan topilgan yechimlarni hisoblashlarda, chizmalarda, eskizlarni yaratishda, buyumlarni bezash va hokazolarda aniq ifodalashni talab qiladigan o'ziga xos aqliy ish bilan bog'liqdir. Kreativ mehnat jarayonida faqat qandaydir buyum yoki yangi narsa yaratilib qolinmay, balki shaxsning o'zi kiritgan original xususiyatlari ham yaqqol namoyon bo'ladi.
Shunga ko'ra, kreativ faoliyat, ijodkorlik sifatlari va shaxs xislatlarini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. Barcha sohada ijod ish natijasining farqli belgilari, uning yangiligi va ijtimoiy ahamiyatga molikligidir. Pedagogik entsiklopediyada o'quvchilarning texnik ijodkorligi foydali va muhim yangilik belgilariga ega bo'lgan texnik ob'ektlar yaratiladigan faoliyat turidir», deb ta'riflanadi.
Q.Abdullaevaning fikricha texnik ijodkorlikka individual yondashish ta'limning eng muhim printsiplaridan birini amalga oshirish, yuqori darajadagi qiyin kreativ faoliyatga doir qobiliyatni rivojlantirish imkonini beradi. Binobarin, ana shunday yondashishda o'quvchining ma'naviy kuchi namoyon bo'ladi, mustaqil kreativ ishda qatnashadigan barcha o'quvchilarning, shu jumladan, eng bo'sh o'quvchilarning ham bilim ham hunarni puxta egallashi uchun haqiqiy sharoit vujudga keladi.
P.I.Pidkasistiy o'quvchining kelajakda butun mehnat faoliyati davomida kasbiy mahoratini o'zi oshirib borishga, mustaqil va kreativ yondashgan holda muammolarni yechishga o'rgatishdan iborat bo'lishi kerak. Agar hozirgi ta'limni tahlil qiladigan bo'lsak bugungi kunda o'qituvchining vazifasida an'anaviy qarash hali ham mavjud.
Odatda o'qituvchining vazifasi o'quvchilarga muayyan fan bo'yicha bilim va ko'nikmalarini berish deb tushuniladi. Bunday qarashga asosan o'quvchiga bilimni “qachon” va “qanday” qilib berish bo'yicha o'qituvchi qaror qabul qiladi va auditoriyada kechadigan barcha jarayonlarning yagona diktatori hisoblanadi. O'qituvchi ta'lim jarayonini tasdiqlangan o'quv rejasiga muvofiqligini ta'minlash maqsadidagi auditoriyada kechadigan jarayonlarni nazorat qila olishi mumkin va lozim. Ammo o'qituvchi o'quvchilarning xayollari va qalblarida kechadigan jarayonlarni nazorat qila olmaydi.
Shunday qilib, o'qituvchi azaldan bilimlar “Egasi” hisoblangan. Agar o'qituvchilikning kelib chiqish tarixiga nazar solsak, bunda biz ushbu kasbni, aniqrog'i o'qituvchi rolining ildizi hisoblangan kitoblarning yozilishi va ko'paytirishi endigina rivojlangan davrlarga taqalishini ko'ramiz.

Download 33.77 Kb.
1   2   3




Download 33.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§.Kreativ faoliyat, ijodkorlik sifatlari va shaxs xislatlarini shakllantirishga oid izlanishlar

Download 33.77 Kb.