-§. Kreativ fikrlashni rivojlantirishga oid izlanishlar




Download 33.77 Kb.
bet3/3
Sana30.10.2023
Hajmi33.77 Kb.
#91094
1   2   3
Bog'liq
Ҳозирги кунда дунyo педагогик таълим соҳасини такомиллаштиришга доир устувор йўналишлар белгилаб берган бўлиб
«Истеҳком » драмаси (1977) Иззат Султон, Social-Media-Marketing-Course-eMarketing-Institute-Ebook-2018-Edition (1), 1-Amaliy ish amaliy matematika, Mexanik o`lchash asboblari. Hajmni o’lchash, хисобот, transport, феруза НАМДУ, 9-M, 2-мавзу, Переведенная копия документа MU LB5 Sozdanie tablic bazy dannyx MIKROSOFT ACCESS , b85f31a7390aa1572dcd1bdbf39d6e5d, maqola (2), Ingliz tili 2 daftar, import math, 12-mavzu
16.3-§. Kreativ fikrlashni rivojlantirishga oid izlanishlar
O'tmishda kitoblar kam uchraydigan va noyob bo'lganligi sababli, ulardan faqatgina kishilarning tor doirasi foydalangan. Ushbu insonlar ziyoli bo'lib, o'qishni bilganlar, kitoblardan o'qiganlarini esa boshqalarga aytib berganlar. Avvalgi davrdagi ularning tinglovchilari uchun mavzuni tanlash imkoniyati bo'lmagan, so'zamollar aytgan “Haqiqat”ni eshitaverganlar, shu sababli ushbu ziyoli insonlarni barcha bilimlarning “Egasi” va “Bilag'oni” deb qabul qilganlar.
Ko'pgina pedagoglar va olimlarning insonning qanday qilib ilm o'rganishi haqida ko'pgina turli xil nazariyalar, qarashlari mavjud. Ammo tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ta'lim olish jarayoniga muvofiqlashtirilgan holda bir xil yondashib bo'lmaydi, chunki o'rganish jarayoni har bir inson uchun individualdir.
Shuningdek, ta'lim jarayoni ko'p omillarga, ya'ni ob-havo sharoiti, o'qituvchiga bo'lgan shaxsiy munosabat, o'qishdan tashqari ishlar bilan bandligi, oilaviy sharoit, jismoniy holatlarga bog'liq bo'lib bularning barchasi intellektual bilimlar o'quvchining darslarda va darsdan tashqarida faolligi, o'qishga bo'lgan ishtiyoqi, o'zlashtirish darajasiga ta'sir qilishi mumkin.
N.Muslimov va Sh.Sharipovlar fikricha o'quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun ularning har biriga alohida individual yondashish lozim. Kreativ fikrlashni rivojlantirishning eng muhim usullaridan biri o'quvchilarni turli darajadagi muammoli savollarni yoki topshiriqlarni yechishga jalb etish, ularning yechimlarini mustaqil izlab topishga o'rgatishdan iboratdir.
Amaliyotda kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayonida muammoli savollar yoki topshiriqlardan foydalanish mumkin. Kreativ fikrlash insonning tevarak-atrofda bo'layotgan jarayonlar, voqea va hodisalarga bo'lgan munosabatida turli muammolarni har xil usullar yordamida hal eta olishda namoyon bo'ladi. Faqat fanga oid formula, teorema, hamda ta'riflarni eslab qolish bilan kreativ qobiliyatini shakllantirib bo'lmaydi. Kreativ fikrlashni rivojlantirish har bir o'quvchiga alohida yondashish orqali amalga oshiriluvchi jarayondir.
U.Sodiqov fikriga ko'ra kreativ fikrlashni rivojlantirishning eng muhim usullaridan biri o'quvchilarni turli darajadagi quyidagi noan'anaviy masalalarni yechishga jalb etish, betakror va o'ziga xos yechimlarni izlab topishga o'rgatishdan iboratdir:
- dastlabki ma'lumotlar yetarli bo'lmagan masalalar;
- ortiqcha ma'lumot bilan berilgan masalalar;
- qarama-qarshi yoki xato ma'lumotlar bilan berilgan masalalar;
- savollari noaniq qo'yilgan masalalar;
- yechim vaqti cheklangan masalalar.
Noan'anaviy masalalarning bunday turli darajalar bo'yicha guruhlanishida o'quvchilarning psixologik va kreativ ishlari qobiliyatlarining inobatga olishni nazarda tutadi. Psixolog olimlar fikriga ko'ra o'quvchi u yoki bu muammoni nazariy va amaliy bilimlariga asoslanib o'rgansa, o'rganilayotgan muammoning 70-80 foizi uzoq vaqt uning xotirasida saqlanib qoladi.
O.Qo'ysinov tadqiqot ishlarida o'quvchilarning mustaqil va kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlash uchun umumiy o'quv materialidan muhimlarini ajratib olish mahoratini yuqori, o'rta hamda quyi darajalarga ajratiladi va ularga quyidagicha tavsiflab beriladi:
Yuqori daraja - o'rganilayotgan materialning muhim xususiyatini oson va tez ajratib oladi.
O'rta daraja - o'qigan materialdagi muhim xususiyatlarini ajratishni asosan bajara oladi, shu bilan birga bir qancha xatolarga yo'l qo'yadi.
Quyi daraja - materialning muhim xususiyatlarini odatda gapira olmaydi. Uning fikricha, ushbu darajalar orqali o'quvchilarning mustaqil va kreativ ishlash faoliyatini rivojlantirish uchun ularning har biriga individual yondashuvni talab etadi.
Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishning yetakchi omillaridan biri, o'quvchilarning umumkasbiy va maxsus fanlaridagi biror mahsulotni tayyorlashdagi texnologik faoliyatidir. Bunda texnik fanlar bo'yicha olingan nazariy bilimlarni mustaqil ravishda amalda ongli qo'llaniladi va mahsulotlarni tayyorlashda amaliy ifodasini topadi. Shu tariqa, o'quvchilar faoliyatida jismoniy hamda aqliy mehnatni birlashtirish orqali ularda kreativ qobiliyat rivojlantirib boriladi. Pedagogik adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlarda “O'quv topshirig'i”, “Kreativ topshiriq” yoki “Masala” tushunchasi keng berilgan.
P.I.Pidkasistiyning ta'kidlashicha, o'quvchilarda bilimlarni o'zlashtirish qobiliyati muammoli topshiriqlar yechimini mustaqil izlashda, ularni mustaqil bajarishda shakllanadi.
S.L.Rubinshteyn topshiriq tushunchasini tahlil qilar ekan, motiv, munosabat, maqsad, sharoit kategoriyalarini tahlil qiladi: motiv - o'quvchi bilan o'quv topshirig'i o'rtasidagi munosabatni yuzaga chiqarib, o'quvchilarni maqsadga yetaklaydi, hatti-harakatlarni ishga tushiradi.
O'quv topshiriqlarni bajara olish malakasi shaxsning ongi va fikrlash qobiliyatini ko'rsatuvchi malakasidir. O'quv topshiriqlarni hal etish natijasida o'quvchi bo'lajak kasbiy faoliyat muammolarini yechish usullarini egallaydi. “Insonning ongli faoliyati topshiriqlarni bajarishdir.Topshiriqda berilgan munosabat, maqsad, shart-sharoitga ko'ra topshiriq qabul qilinadi, yechiladi”.
A.N.Leont`ev topshiriq tushunchasiga quyidagicha ta'rif bergan: “Topshiriq - bu ma'lum shart asosida berilgan maqsaddir”.
Ya.A.Ponomaryov “Topshiriq” tushunchasini sharhlashda “Topshiriqli holat” kategoriyasini asoslangan. U sub'ektni-topshiriqni bajaruvchi, intellektni “Topshiriqli holat” kontekstida tahlil qilgan. “Sub'ekt va ob'ektning mavjudligidan topshiriqli holat paydo bo'ladi. Shu bilan birga shu holatning murakkabligidan sub'ekt o'z bilimlarini to'ldiradi, takomillashtiradi, rivojlantiradi”.
L.M.Fridman topshiriqqa quyidagicha ta'rif beradi: “Muammoli holatning yozuv shaklidagi modelini topshiriq deb tushunadi”. “Ta'limga tadbiq qilinadigan topshiriqlarni 2 guruhga ajratib o'rganamiz. Bajarish usuli o'quvchilarga ma'lum bo'lgan topshiriqlar. Bunday topshiriqlarni mashqdeb qaraymiz. Bajarish usuli o'quvchilarga noma'lum bo'lgan topshiriqlar. Bunday topshiriqlarni muammoli topshiriqlar deb tushunamiz”. O'quv topshiriqlar to'plami - bu o'qituvchi yordamida o'quvchi tomonidan mustaqil hal etiluvchi asosiy vazifalarni aks ettiradi.
O.Roziqov o'quv topshirig'iga quyidagicha ta'rif bergan. “ ...o'quv topshirig'i – bu o'qitish va o'qish ehtiyojiga ko'ra o'quv materialining o'zgartirilgan shakli”.
N.Muslimovning fikricha, mustaqil bilim olishni ta'minlashga imkon beradigan topshiriqlar tushuncha, sabab va qadriyatli yo'nalishlarni o'zlashtirishi past darajali hamda qoniqarsiz bo'lgan talabalar uchun qulay sharoitni yaratishni ko'zda tutadi. Birgina muvaffaqiyatni his etish ham o'quvchini mustaqil bilim olishga undovchi psixologik holatni yuzaga keltiradi. Bizning fikrimizcha, o'quv topshiriqlarni bajarish orqali mustaqil bilim olishga o'tish uchun katta imkoniyatlar yaratiladi. Savol va topshiriqlar ustida ishlash o'quvchilardan kreativ faoliyatni, badiiy estetik tafakkur hamda tashabbuskorlikni talab qiladi. O'quvchi darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlaganda ozmi-ko'pmi mehnat qiladi, izlanadi, o'z ehtiyojiga javob topadi. Demak, mehnat bilan topilgan bilim, o'zlashtirilgan malaka va ko'nikmalar asta-sekin o'z-o'zidan insonning qalbiga, ongiga abadiy muhrlanib qoladigan ilmiy, hayotiy dunyoqarash va yuksak ahloqiy fazilatlarni tarkib toptiradi.
O'quvchilarning u yoki bu amaliy topshiriqni tez va yuqori sifatda bajarishga qiziqish bilan intilishi uchun ularning ratsionalizatorlik faoliyatini sermehnat jarayonlarni qisqartiruvchi hamda mehnat samaradorligini oshiruvchi turli xil moslamalarni yaratishga yo'naltirish muhimdir. O'quvchining mustaqil o'quv faoliyatiga nisbatan o'qituvchi tomonidan muayyan talablarning qo'yilishi ularning mazmunini boyitadi.
O'quv topshiriqlar oldin o'zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda berilishi kerak. Kreativ topshiriqlar tarkibiga kreativ mashq, kreativ mustaqil ish, turli didaktik o'yinlar kiradi. Agar kreativ mashq vositasida o'rganilgan bilimlar yangi o'quv holatlariga tatbiq qilinsa, kreativ mustaqil ish dalillardan yangi xulosalar chiqarish hamda yangicha faoliyat usullarini faoliyatda qo'llash bilan ajralib turadi.
O'quv topshiriqlarini bajarish jarayonida o'quvchilarda tashkiliy (o'quv faoliyatini mustaqil tashkil etish mazmunli-jarayonli (o'quv faoliyatining mazmuni va mohiyatini bilish hamda bu faoliyatni samarali amalga oshirishni belgilovchi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish), o'zo'zini baholash kabi ko'nikmalarning shakllanishi mustaqil bilim olishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
O'quv topshirig'i mustaqil bilim olishning tashkiliy shakli sifatida belgilanadi va unga asoslanib, o'quv topshiriqlar tizimiga qo'yiluvchi talablar ishlab chiqiladi. O'qituvchi o'rganilayotgan hodisa yoki jarayonlarning o'zaro zid xususiyatlarini aks ettirish uchun muammoli vaziyatdan foydalanilsa, u holda ob'ektiv muammo o'quv muammosiga aylanadi. O'quvchilar uchun tushunarli bo'lgan muammo o'quv topshirig'i sifatida berilishi lozim.
Mustaqil va kreativ ishlash uchun o'quv topshiriqlarini ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi tavsiya etiladi:
- topshiriqlar haqiqiy vaziyatlar bilan bog'liq muammolarga qaratilishi kerak;
- o'quv topshirig'idagi muammoni hal etishda o'quvchilar aqliy faoliyatini turli usullar yordamida rivojlantirishni ko'zda tutadi;
- topshiriqlar mazmunida aks ettirilgan hodisalar va jarayonlar o'rtasidagi muhim bog'liqlik ko'rsatilishi kerak;
-topshiriqlar yechimini aniqlash va o'quvchilar ongida hodisalar yoki jarayonlar o'rtasida bog'liqlikni mustahkamlash imkoniyatlarini nazarda tu-tilishi lozim;
- topshiriqlarni bajarish jarayonida o'quvchi oddiy tushunchalardan, u hali o'zlashtirilmagan yanada murakkabroq tushunchani keltirib chiqarish imkonini berishi lozim;
- topshiriqni bajarish jarayonida oddiy tushunchalar o'quvchiga ma'lum bo'l-magan tushunchalar bilan o'zaro tahlil qilinadi;
- topshiriqni bajarishda o'quvchi tushunchalarning shakli va mazmunini o'zgartirmasdan hamda o'zgartirib, ularni qayta ishlab chiqadi;
- kreativ fikrlash asosida yangi bilimlar shakllanadi.
O'quvchilarning o'quv-topshiriqlarini bajarish jarayonida dastlabki amallarni bajarish o'qituvchi tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. Topshiriq yechimlarini tahlil qilish natijasida o'quvchi o'quv topshiriqlarini bajarishning umumiy usullarini o'zlashtiradi. O'quv topshiriqlari murakkablashtirib borilishi kerak. Kreativ va izlanish xususiyatiga ega bo'lgan iqtidorli o'quvchilar murakkab topshi riqlarni bajarishlari, kamroq tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilar topshiriqlarni bajarishlariga qaramasdan, ularga topshiriq yechimini topishi guruh bilan birga ishlashga imkon beradi. O'quvchilarning mustaqil va kreativ fikrlash mahoratlarini quyidagi 3 ta darajaga ajratish mumkin:
1.O'quvchi muammoni yechish, topshiriqlarni bajarish yo'llarini o'zi izlaydi, mustaqil fikrlab, mulohaza yuritadi.
2.O'quvchi berilgan topshiriq yoki vazifani mustaqil bajaradi, ammo kreativ yondosholmaydi. Mustaqil holda topshiriqni bajarishda muammolarni hal etadi, ammo natija qanchalik darajada to'g'riligini kuzatmaydi. Berilgan topshiriq yoki muammoli masalaga o'xshashlarini tuza oladi.
3.Muammoning tayyor yechimlaridan foydalanishga intiladi. Muammoni yechishda qiyinchilikka duch kelishi bilan yordam so'raydi. Muammoli masalani yoki topshiriqni mustaqil yechishda qobiliyati yetmaydi. Uzluksiz ta'lim tizimida axborot texnologiyalari bilan zamonaviy pedagogik texnologiyani birgalikda ta'lim jarayoniga tatbiq etish o'qitish jarayonida juda yaxshi samara beradi.
Ta'lim sifatini boshqarish asosan informatsion texnologiyalar asosida o'qitish jarayonini tashkil etish va samarali pedagogik faoliyat uchun sharoitlar yaratishga yo'naltirish kerak. Informatsion texnologiyalarni qo'llash sharoitida o'qituvchi faoliyati o'zgaradi. Bu esa o'qituvchining yangi pedagogik muhitda yangi o'qitish vositalarini qo'llab, o'quvchilarga tayyor bilimlarni berish emas, balki ularga yangi bilimlarni mustaqil izlash va topish ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Komp`yuter texnikasining qo'llanilishi an'anaviy o'qitish falsafasini o'zgartiradi, ya'ni o'quv jarayonida 3 chi ishtirokchi, komp`yuter ishtirok etadi.
An'anaviy o'qitish texnologiyasiga o'rgangan pedagoglar komp`yuterli o'qitishning ahamiyati va afzalliklarini ham sezmayaptilar. Ular uchun ta'lim jarayonida komp`yuterlar paydo bo'lishi qiyinchilik tug'dirayapti. Shuning uchun ham komp`yuterli o'qitish texnologiyalarini qo'llash uchun birinchi navbatda pedagog o'qituvchilarning komp`yuter bilan ishlash malakalarini oshirish, ularda informatsion madaniyatni shakllantirishni talab etadi.
Ta'limda mul`timediadan foydalanish - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika hamda animatsiya (ob'ektlarning fazodagi harakati) effektlari asosida o'quv materiallarini o'quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko'rinishidir. Mul`timedia - tasvir va matnni o'ziga olish, saqlash hamda namoyish etish vazifasini bajaradi. Fanlarni elektron darslik vositasida o'qitishda “Ish o'yinlari” texnologik jarayonning yoki alohida faoliyat usuli modeli sifatida namoyon bo'ladi.
O'quvchiga bir texnologik jarayonning parametri beriladi, u yuqoridagi parametrlarda texnologik jarayon bajarish uchun ekranda tasvirlangan bir nechta mashina yoki apparatlardan birini tanlashi kerak. Dastur hisoblashda hisoblashlarni grafik ko'rinishni, parametrlarini kiritishni bajarishni ta'minlashi kerak. Dastur o'quvchining noto'g'ri javobida boshqa parametrlarni kiritishni topshirish paytidan bajarishni ta'minlash kerak.
Demak, zamonaviy informatsion va o'qitish texnologiyalari birgalikda qo'llanilganda ta'lim samaradorligini oshirishga maksimal erishish mumkin. Shu o'rinda shuni ta'kidlash joizki zamonaviy ta'lim sharoitida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Elektron ta'lim resurslari (elektron darslik, elektron o'quv qo'llanma, mul`timedialar, vositalar, elektron ma'lumotnomalar va hokazo) bilan ta'lim jarayonini ta'minlash orqali komp`yuterli o'qitish texnologiyalari hamda mustaqil ta'limni to'la amalga oshirish mumkin. Elektron o'quv adabiyoti - mul`timedia texnologiyalariga asoslangan matn, audio, video ma'lumotlari bilan boyitilgan ma'lumotlarni tanlash, tasvirlash, saqlash, ma'lum bir sohani yoritishda bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo'lgan manbadir.
Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko'zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida kreativ yutuqlarni qo'lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu kreativ ko'nikma, malakalarni o'zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi.
Tadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega bo'lish uchun talabalar pedagogika oid bilimlarni puxta o'rganish asosida quyidagi ko'nikma, malakalarni o'zlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi:

  • pedagogikaning asosiy g'oyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini va pedagogik hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish;

  • pedagogikaning eng muhim nazariy g'oyalari, asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish;

  • asosiy pedagogik faktlarni bilish;

  • ta'lim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash.

Download 33.77 Kb.
1   2   3




Download 33.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Kreativ fikrlashni rivojlantirishga oid izlanishlar

Download 33.77 Kb.