|
Ma’mun-universiteti” ntm iqtisodiyot fanidan mustaqil ish 22 – 52 guruh talabasi allaberganov g`ayrat jumanazarovich
|
bet | 7/11 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 255 Kb. | | #250848 |
Bog'liq 02.O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiningDavlatimiz rahbari viloyat, tuman, shahar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari mutlaqo yangicha ishlab, 70 foiz vaqtini hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflashi kerakligini ta’kidladi. Har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish vazifasi qo‘yildi. Baho berishda korxonalarning yashovchanlik ko‘rsatkichi asosiy mezonlardan biri bo‘lishi kerakligi belgilandi. YA’ni, tashkil etilayotgan korxonalarning kamida 50 foizi keyingi 3 yil davomida ishlasa, hokim va uning tadbirkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘limlari rahbarlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilmoqda. Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu yangi tizimni joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilishda Prezident SHavkat Mirziyoevning Sirdaryo viloyatiga o‘tgan haftadagi tashrifi doirasida Xovos tumanini “Tadbirkorlik hududi”ga aylantirish bo‘yicha taklif etilgan tashabbusni amalga oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Iqtisodiyot va sanoat vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi har bir tumanning salohiyatidan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishi zarurligi qayd etildi. Ushbu takliflar asosida tadbirkorlarga ularni amalga oshirish, kredit, er va bino ajratish, infratuzilmaga ulash kabi barcha masalalarda ko‘maklashiladi. Iqtisodiyot va sanoat vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi har bir tumanning salohiyatidan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishi zarurligi qayd etildi. Ushbu takliflar asosida tadbirkorlarga ularni amalga oshirish, kredit, er va bino ajratish, infratuzilmaga ulash kabi barcha masalalarda ko‘maklashiladi. Videoselektorda sanoat sohasidagi kichik biznes sub’ektlari va yirik korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini keng yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Masalan, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmoqlari o‘rganilganda tadbirkorlik sub’ektlari va yirik sanoat korxonalari o‘rtasida kooperatsiya deyarli yo‘qligi, oqibatda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va butlovchi qismlar import qilinayotgani ma’lum bo‘lgan. Achinarlisi, ayrim sanoat korxonalari kichik ishlab chiqaruvchilar u yoqda tursin, xaridorlar talabi bilan ishlashni ham bilmaydi.
|
| |