|
Ma’mun-universiteti” ntm iqtisodiyot fanidan mustaqil ish 22 – 52 guruh talabasi allaberganov g`ayrat jumanazarovich
|
bet | 8/11 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 255 Kb. | | #250848 |
Bog'liq 02.O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiningShu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga o‘nta yirik sanoat tarmog‘i, jumladan, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, avtosanoat korxonalari bilan kichik biznes o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kooperatsiya yarmarkalari o‘tkazish, mahsulot va xizmatlar o‘z egasini topishi uchun “Yagona elektron kooperatsiya birja portali”ni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda tadbirkorlik rivojiga to‘siq bo‘layotgan yana bir muammo – loyihalarni joylashtirish uchun er ajratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu tizim hanuzgacha ochiq-oshkora ishlamayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kooperatsiya yarmarkalari o‘tkazish, mahsulot va xizmatlar o‘z egasini topishi uchun “Yagona elektron kooperatsiya birja portali”ni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda tadbirkorlik rivojiga to‘siq bo‘layotgan yana bir muammo – loyihalarni joylashtirish uchun er ajratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu tizim hanuzgacha ochiq-oshkora ishlamayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Misol uchun, 3 ming 500 gektar maydon “Er-elektron” axborot tizimiga taqdim etilgan bo‘lsa-da, shundan 1 ming 300 gektari yoki 37 foizi savdoga qo‘yilgan, xolos. SHu bois, mutasaddilarga er ajratish masalasini idoralar bilan kelishish, binoni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tubdan soddalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Banklarning tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatishini yaxshilash va ajratilayotgan kreditlar samaradorligini oshirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikrivojlanishini rag’batlantirish va qo’llab – quvvatlash tizimi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni engillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bekor qilindi. Ko‘rilgan choralar natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik sub’ektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bunday ijobiy o‘zgarishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham keng e’tirof etilmoqda. Jumladan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e’lon qilingan «Biznes yuritish — 2020» hisobotida O‘zbekiston 69-o‘rinni egallab, islohotlar miqyosi va samaradorligi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. SHu bilan birga, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvlar joylardagi ijrochilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan to‘liq xabardor emasligini, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi sezilarli darajada ortda qolayotganligini, ayrim litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda ortiqcha byurokratik to‘siqlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikka keng erkinlik berish borasida boshlangan islohotlarni davom ettirish hamda qabul qilingan qonun hujjatlarining joylarda to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida:
|
| |