Ma’mun-universiteti” ntm iqtisodiyot fanidan mustaqil ish 22 – 52 guruh talabasi allaberganov g`ayrat jumanazarovich




Download 255 Kb.
bet9/11
Sana23.05.2024
Hajmi255 Kb.
#250848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
02.O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining

1. Barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi hamda «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga so‘zsiz rioya qilishlari shartligi haqida qat’iy ogohlantirilsin. Belgilansinki, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan ob’ektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi hamda bunday ishlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta’minlasin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (Zokirov), Energetika vazirligi (Sultanov), Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Abdullaev), Markaziy banki (Nurmuratov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov) rahbarlariga qurilish uchun ruxsatnomalar berish, elektr ta’minoti tizimiga ulanish, ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kredit berish hamda to‘lovga qobiliyatsizlikni hal etish yo‘nalishlaridagi islohotlarning amaliyotga tatbiq etilishi etarli emasligi natijasida «Biznes yuritish» yillik hisoboti tegishli indikatorlari bo‘yicha mamlakatning reytingdagi o‘rni pastligicha qolayotganligi ko‘rsatib o‘tilsin. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazirlik va idoralarning har birida sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni joylardagi ijrochilarga etkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilsin. Mazkur ishchi guruhlar zimmasiga islohotlarning mazmun-mohiyatini joylardagi ijrochilarga etkazish va tushuntirish, qonun hujjatlarini noto‘g‘ri qo‘llash amaliyotini bartaraf etish, joylarda tadbirkorlarning fikrini muntazam ravishda o‘rganib borish, tegishli organ tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va ularga sohada amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash vazifalari yuklansin. Ishchi guruhlari amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har oy yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ma’lumot kiritib borsin.


Download 255 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 255 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’mun-universiteti” ntm iqtisodiyot fanidan mustaqil ish 22 – 52 guruh talabasi allaberganov g`ayrat jumanazarovich

Download 255 Kb.