• O.Q.Xo‘jayev
  • Ma’mun universiteti” ntm “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi o‘qituvchichilari Sh. Xusainov va S. Madirimovalarning ““Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya




    Download 49,5 Kb.
    Sana05.01.2024
    Hajmi49,5 Kb.
    #130543
    Bog'liq
    Taqriz tashqii Xojayev TAQRIZ


    Ma’mun universiteti” NTM “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi o‘qituvchichilari Sh.Xusainov va S.Madirimovalarning ““Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari ” fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari va ularni bajarish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanmasiga


    T A Q R I Z
    Hozirgi kunda axborot texnologiyalariga katta e`tibor qaratilayotgan bir davrda har bir soha vakillari axborot texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.
    Mazkur uslubiy qo‘llanma “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari va ularni bajarish bo‘yichadir. Talabalar topshiriqlarni bajarish davomida zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Uslubiy qo‘llanmada mualliflar tomonidan talabalarga iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari fani doirasidagi yangi bilimlarni egallashning o‘ziga xos usulidan foydalanishga harakat qilingan. Uslubiy qo‘llanma muqobillar orasidan maqbul variantni tanlash maqsadida test savollari, talabalarning fikrlash qobiliyatini oshirish maqsadida Venn diagrammasi, T-sxema shakllar, talabalarning asosiy axborot texnologiyalar haqida tushunchalarning mohiyatini anglab yetishi maqsadida mavzuga doir savollar, turli xil mavzu doirasidagi amaliy mashqlar, shu bilan bir qatorda mavzuga doir atamalar lug‘ati, aqlni charxlash maqsadidagi juda ko‘plab topshiriqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.
    Talabalar ushbu qo‘llanmadan foydalanish uchun quyidagilarni o‘rganishi shart:

    • Axborotlar va ustida amallar.

    • Kompyuter yaratilish tarixi va uning turlari.

    • Kiritish chiqarish qurilmalar zamonaviy texnik qurilmalar haqida o‘qishi.

    • Operatsion tizimlar turlari va ularning farqlari avfzallik kamchiliklari.

    • Microsoft office dasturiy paketni o‘rganishi.

    • Ma’lumotlar bazalari katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashni.

    • Bulutli texnologiyalar bilan ishlashni o‘rganish.

    • Googlening bulutli texnologiyalari xizmati

    • Axborot xavfsizligi qonun qoidalari qo‘llanilishini o‘rganish

    • Alogirtmlar va dasturlash asoslari va dasturlash tillari haqida o‘qib o‘rganishlari kerak.

    Taqriz qilinayotgan uslubiy qo‘llanmani nashr etish nafaqat bakalavriatning “Iqtisodiyot” va “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan barcha oliy ta’lim muassasalari uchun, balki o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalaridagi talabalar uchun foydali bo‘lardi degan fikrdaman. Shularni hisobga olib mualliflar Sh.Xusainov, S.Madirimovalarning tomonidan tayyorlangan uslubiy qo‘llanmani nashrga tavsiya etaman.


    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


    TATU Urganch filiali
    “Axborot texnologiyalari”
    kafedrasi mudiri, PhD O.Q.Xo‘jayev
    Download 49,5 Kb.




    Download 49,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’mun universiteti” ntm “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi o‘qituvchichilari Sh. Xusainov va S. Madirimovalarning ““Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya

    Download 49,5 Kb.