ishlab
chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan protsessorga mos
mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi keltirilgan buyruqlar
to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti tomonidan bajarilishi va
bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Uchinchi sath -
operatsion tizim sathi. Ushbu sath
gibrid sath hisoblanadi.
Operatsion tizim sathining
bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik
buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham,
mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi
va ishlatilishi mumkin.
3.6-rasm. Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar trakti.
To‘rtinchi sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil
assembler tillaridan iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa
amaliy dasturchilar uchun
modjallangan yuqori sath tillari -
C, C++, Java kabi tillardan tashkil topgan bo‘ladi.
Kompyuter tuzilishini ko‘p sathli ko‘rinishda ifodalanishi va sathlarga oid
muhokamalarni shu erda to‘xtatib, kompyuter arxitekturasini o‘rganishda muhim
hisoblangan ba’zi bir xulosalarni keltirib o‘tamiz.
Shunday qilib, hozirgi
kompyuterlar bir-nechta sathlarning iyerarxik tuzilishi shaklida loyihalanadi va
ishlab chiqariladi. Har bir sath turli xil ob’yektlarning va amallarning ma’lum bir
abstraksiyasini, ya’ni ma’lum darajadagi ko‘rinishini ifoda etadi.
Kompyuterlar
tuzilishini bunday o‘rganish bilan biz, murakkab bo‘lgan jihatlarni tushunish uchun,
nisbatan soddaroq ko‘rinishda ifodalash va tushunish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va
tavsiflar xillarining to‘plami
arxitektura deb ataladi.
Arxitektura - kompyuterni
qanday dasturlanishi, ishlanishi va ishlatilishi kabi jihatlariga bog‘liq
tushuncha
hisoblanadi. Masalan, biron-bir dasturni yozish va ishlatish uchun zarur bo‘ladigan
xotiraning hajmi haqidagi ma’lumot - bu arxitekturaning bir qismidir.
Ushbu
xotiraning qanday ishlab chiqilganligi, ya’ni unda qo‘llanilgan texnologiya esa
arxitekturaning bir qismi hisoblanmaydi.
Kompyuterning
yoki kompyuter tizimining dasturiy elementlarini loyihalash
usullarini o‘rganish bilan biz,
kompyuter arxitekturasini o ‘rganamiz. Amaliyotda
kompyuter arxitekturasi va kompyuterni tashkil qilish degan iboralar sinonim
iboralar sifatida qo‘llaniladi.