• MANTIQIY AMALLAR VA IFODALAR
  • Mantiqiy o’zgaruvchilar va mantiqiy ifodalar 01 Mantiqiy funksiyalar va ularning rostlik jadvali 02 Mantiqiy sxemalar




    Download 2,84 Mb.
    bet3/8
    Sana24.01.2024
    Hajmi2,84 Mb.
    #144703
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Logic operations

    Mantiqiy amallar, mantiqiy operatsiyalar — berilgan hadlari va natijasi mulohaza (fikr) dan iborat amallar. Berilgan hadlar soniga qarab Mantiqiy amallar bir oʻrinli, ikki oʻrinli va h.k. deb yuritiladi. Bir oʻrinli Mantiqiy amallar soni toʻrtta: berilgan fikrdan qatʼi nazar natijasi doim chin (aynan haqiqat) amal, natijasi doim yolgʻon (aynan yolgʻon) amal, natijasi berilgan fikr bilan mos tushadigan amal va, nihoyat, berilgan fikr chin boʻlsa, natijasi yolgʻon, berilgan fikr yolgʻon boʻlsa, natijasi chin boʻladigan amal. Soʻnggi mantiqiy amal bir oʻrinli Mantiqiy amallardan eng muhimi boʻlib, u inkor amal deyiladi. A fikrning inkori ~hA kabi belgilanib, "A emas" deb oʻqiladi. Mas, 1 Oy sayyora — "Oy sayyora emas", (] 2*2=4) — ikki karra ikki toʻrt emas.

    MANTIQIY AMALLAR VA IFODALAR

    MANTIQIY AMALLAR VA IFODALAR


    Mulohazalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bir holatni ifo­dalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YОKI” kabi bog‘lovchilar, “EMAS” shaklidagi ko‘makchilar yordamida tuziladi.
    Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali konyunksiya (lot. conjunctio – bog‘layman) – mantiqiy ko‘paytirish amali deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytirishni ifodalaydigan quyidagi jadvalga rostlik jadvali deyiladi:
    Quyidagi sodda mulohazalar berilgan bo‘lsin: A = “Mantiq algebrasining asoschisi Jorj Bul hisoblanadi”; B = “Klod Shennonning tadqiqotlari mantiq algebrasini hisoblash texnikasida qo‘llash imkonini bergan”.
    Mantiqiy ko‘paytmaning natijasi. Mantiq algebrasining asoschisi Jorj Bul hisoblanadi va Klod Shennonning tadqiqotlari mantiq algebrasini hisoblash texnikasida qo‘llash imkonini bergan. Natijaviy mulohazaning qiymati: rost.

    Download 2,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mantiqiy o’zgaruvchilar va mantiqiy ifodalar 01 Mantiqiy funksiyalar va ularning rostlik jadvali 02 Mantiqiy sxemalar

    Download 2,84 Mb.