|
Mantiqiy o’zgaruvchilar va mantiqiy ifodalar (davomi)
|
bet | 2/8 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 2,84 Mb. | | #144703 |
Bog'liq Logic operationsMantiqiy o’zgaruvchilar va mantiqiy ifodalar (davomi)
Protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini tushunish uchun avval insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini ko’rib chiqamiz.
Insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi haqida so’z yuritish mumkin bo’lgan darak gap. Mulohazalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi.
Mantiqiy o’zgaruvchilar va mantiqiy ifodalar (davomi) Mantiqiy o’zgaruvchilar va mantiqiy ifodalar (davomi)
Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YОKI” kabi bog‘lovchilar, “EMAS” shaklidagi ko‘makchilar yordamida tuziladi.
Mantiqiy o‘zgaruvchi deganda, istalgan mulohazani anglatuvchi, “rost” yoki “yolg‘on” mantiqiy qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar tushuniladi. Qulaylik uchun “rost” yoki “yolg‘on” mantiqiy qiymatlarni belgilash usullarini keltirib o‘tamiz:
Mulohazalarni, odatda, lotin alifbosining bosh harflari (A, B, C, .... X, Y, Z) bilan belgilash qabul qilingan. Masalan: A = “Toshkent – go‘zal shahar”, B = “WWW – butun dunyo o‘rgimchak to‘ri”. Bu misolda A va B mantiqiy o‘zgaruvchilar orqali berilgan mulohazalar rost bo‘lib, bu mulohazalarning qiymati 1 ga teng.
MANTIQIY AMALLAR VA IFODALAR MANTIQIY AMALLAR VA IFODALAR
Mantiqiy amallar mulohazalar mazmuni yoki hajmining о‘zgarishiga hamda yangi mulohazalarni shakllantirishga olib keladi. Mantiqiy ifodalar A, B, C, … lotin harflari yordamida belgilangan mulohazalarni konyunksiya, dizyunksiya, inversiya, implikatsiya va ekvivalensiya kabi mantiqiy bog‘lovchilar bilan ma’lum bir qoidaga ko‘ra birlashtirish natijasida hosil qilinadi. Mantiqiy ifodalar unda ishtirok etgan o‘zgaruvchilarning qiymatlariga bog‘liq ravishda rost (mantiqiy 1) yoki yolg‘on (mantiqiy 0) qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin,
Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan ba’zi amallar bilan tanishamiz.
Ikkita sodda mulohazaning “va” bog‘lovchisi orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan yangi mulohazaga sodda mulohazalar ko‘paytmasi dеyiladi.
|
| |