Manzura Asqarovaning "Tarix darsligi asosida o’zlikni anglash"




Download 11,34 Mb.
bet3/4
Sana14.05.2024
Hajmi11,34 Mb.
#231608
1   2   3   4
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma

Hikoya qismi:
Amir Temur bobomiz bir jang safaridan g’alaba bilan qaytganlarida, 1 bog’ barpo etishni amr qilibdilar. Shuning uchun mamlakatdagi eng dono, eng ziyrak, farosatli olimlarni to’plab kengash o’tkazibdilar. Ya’ni barcha olimlarni huzurlariga chorlabdilar. Negaki, qayer bog’ uchun munosib ekanligini faqat zakovatli olimlargina biladi-da. Kesh issiq o’lka bo’lgani uchun, bog’ni to’g’ri kelgan yerga barpo etib bo’lmas ekan. Issiqdan daraxtlar qurib mevalar sarg’ayib ketarkan. Sohibqiron Amir Temur bobomiz yo’g’on ovozda: “Xo’sh, qayerda bog’ barpo etsak yaxshi bo’lur deya olimlarga yuzlanibdi. Shunda olimlardan biri: Sohibqironim qayerdaki suv serob bo’lsa, o’sha yerda bog’ barpo etsak maqsadga muvofiq bo’lur debdi. Sohibqiron bosh irg’abdi.
Ikkinchi olim esa , Kesh quruq, issiq makon bo’lsa, suv kam, yaxshisi, mevalarni turli hashoratlar tegmaydigan joyga ekish kerak debdi. Sohibqiron yana bosh irg’abdi.
Uchinchi olim esa bog’ni baland joyga barpo etish kerak debdi. Shunday qilib barcha olimlar o’zlarining fikrlarini birin - ketin ayta boshlashibdi. Amir Temur bobomiz barcha olimlarning fikrlarini diqqat bilan tinglabdi. U o’zining Tuzuklarida aytganidek, aqlli podshoh barcha olim-u fuzalolarning fikrlarini tinglaydi-yu lekin baribir qalbiga quloq soladi.. U bog’ni qayerda barpo etishni o’ylay turib, navkarboshiga 7 ta qo’yni so’ydirishni buyuribdi. Navkarboshi qo’ylarni so’ydirib bo’lgach, sohibqiron huzuriga kiribdi. Shunda sohibqiron Amir Temur bobomiz navkarboshiga bu qo’y go’shtlarini mo’ljallangan yerlardagi daraxtlarga osib qo’yishni buyuribdi. Bu osilgan go’shtlar xom holicha 7 kechayu 7 kunduz daraxtlarda osiqligicha turibdi. 6 ta joylardagi osilgan go’shtlar aynib hasharotlar tegib, quruqshab, ranglari buzilib ketibdi.Ammo bittasi yaxshi saqlanibdi. Sohibqiron ana shu yerga bog’ barpo etishni buyuribdi. Mashvaratdagi olim-u fuzalolar Sohibqironning aql - zakovatiga qoyil qolib tassannolar aytishibdi.

Darsga yakun yasashdan oldin bolalarga uy topshiriqlari beriladi.


Guruhlar natijalari e’lon qilinadi. Va o’quvchilarga sovg’alar beriladi.

Download 11,34 Mb.
1   2   3   4




Download 11,34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Manzura Asqarovaning "Tarix darsligi asosida o’zlikni anglash"

Download 11,34 Mb.