|
Manzura Asqarovaning "Tarix darsligi asosida o’zlikni anglash"
|
bet | 1/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 11,34 Mb. | | #231608 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanma
Namangan davlat universiteti
Magistratura mutaxassisligi
Lingvistika: o’zbek tili
yo’nalishi 2-kurs magistranti
Manzura Asqarovaning
“Tarix darsligi asosida o’zlikni anglash” mavzusida 3-4 sinflar uchun
O’QUV - USLUBIY QO’LLANMASI
Amir Temur - buyuk sarkarda
Darsning maqsadi: Bu dars asosan 3-4 sinf o’quvchilari uchun ishlab chiqilgan bo’lib, bunda kichkintoylarga buyuk bobomiz sohibqiron Amir Temur hayoti, harbiy yurishlari, jahon madaniyatiga qo’shgan hissasi va bugungi davrda sohibqironga bo’lgan e’htirom va hurmat masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.Dars davomida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va fikrini bayon etishga asta sekinlik bilan erishish. Shuningdek, sohibqiron Amir Temur haqida o’quvchilarga yanada chuqurroq tushunchalar berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Yosh avlodni vatanga sadoqat, mehr - muhabbat, ruhida tarbiyalash. Bunda buyuk ajdodlarning ibratli hayot yo’lini misol qilib olish.
Darsning shakli: Guruhlarda ishlash usulidan foydalaniladi.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar kerakli adabiyotlar, turli rangli qog’ozlar, Amir Temur va uning faoliyatiga doir rasmlar, rangli bo’rlar va boshqalar kerak bo’ladi.
Darsning tuzilishi:
Tashkiliy daqiqa;
Yangi mavzu bo’yicha guruhlarda ishlash;
Guruhlar ishining yakuni va natijalar e’lon qilinishi;
Darsga yakun yasash va uy topshiriqlari berish
Sinf doskasiga darsning oltin qoidalarini osib qo’yiladi. Va bolalarga bu haqida tushuncha berilib, ular bilan birgalikda “oltin qoida”larni baland ovozda takrorlanadi.
Darsning Oltin
Qoidalari
Sinf xonasida tinchlikni saqlaymiz;
|
| |