• “AQLIY HUJUM ” INTERFAOL USULI
  • KUTILAYOTGAN NATIJA
  • Ma’lumot qism
  • Bir - birimizni fikrlarimizni tinglaymiz




    Download 11,34 Mb.
    bet2/4
    Sana14.05.2024
    Hajmi11,34 Mb.
    #231608
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Uslubiy qo\'llanma

    Bir - birimizni fikrlarimizni tinglaymiz;

  • Shoshmasdan to’g’ri va aniq javob beramiz;

  • Vaqtimizni tejaymiz;

  • Uy topshiriqlarini bajaramiz

    Tashkiliy daqiqada (qura tashlash yo’li bilan aniqlanadi) o’quvchilarni guruhlarga bo’lib, ularga rangli qog’ozdan tayyorlangan guruh nomi yozilgan stullarga o’tkaziladi.


    Amir Temur shaxsi haqida bolalarning boshlang’ich bilim ko’nikmalarini tekshirish uchun, kichik musobaqa o’tkaziladi. Bunda “AQLIY HUJUM ” INTERFAOL USULIdan foydalaniladi. O’quvchilar guruhlarining har biriga 3 tadan savol beriladi. Savollar o’rtacha qiyinlikda tuziladi. “AQLIY HUJUM ” ni o’tkazishdan maqsad o’quvchilar onggidagi boshlang’ich ma’lumotlar bazasini boshqa o’quvchilar bilan o’rtoqlashishga o’rgatish
    KUTILAYOTGAN NATIJA: Bolalarda mustaqil fikrlay olish va fikrini to’la, aniq bayon eta olishiga asta sekinlik bilan erishish. Bolaning nutqiy faoliyatini har bir darsda o’stirib borishga erishish. “AQLIY HUJUM ” INTERFAOL USULI bolalar o’rtasida bahs munozara ringgini ham shakllantirishga keng ko’lamda yordam beradi.(1-ilova)
    Bolalardagi ma’lumotlar bilan tanishgandan so’ng, guruhlar javoblariga ko’ra rag’bat va jarimalar beriladi.
    Bolalarning barchalariga savol tashlanadi. Savol shu mazmundakim, Amir Temur haqida yana nimalarni bilasiz? Televideniyeda, matbuotda, o’qish kitobingizda, turli joylarda eshitgan bilimlarini o’quvchilar aytishadi. Javob bergan o’quvchilar Rag’bat bilan taqdirlanadi.
    O’qituvchi tomonidan Amir Temur haqida ma’lumotlar beriladi. Bu ma’lumotlar faktlar asosida, o’quvchilar jamoasiga tushunarli tarzda bayon etiladi.
    Ma’lumot qism:
    Amir Temur bobomiz 1336- yilning 9- aprelida Shahrisabz (Kesh)ning Xo’jailg’or qishlog’ida tavallud topganlar. Amir Temurning otasi- Tarag’ay Bahodir Chig’atoy xonlari huzurida 100 boshi bo’lib xizmat qilgan. Onasi – Takina begim mashhur qonunshunos olim avlodidan bo’lgan. Amir Temur 7 yoshdan ta’lim olishni boshlagan. Uning birinchi ustozi Shayh Shamsiddin Kulol bo’lgan. Amir Temur 1370 - yilda markazlashgan yirik davlatga asos soladi.
    Amir Temur shaxsini ulug’lash va buyuk Sohibqironning haqqoniy tarixi bilan bolalarga hikoya tarzida mavzu mohiyatini tushuntirib berish.

    Download 11,34 Mb.
  • 1   2   3   4




    Download 11,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir - birimizni fikrlarimizni tinglaymiz

    Download 11,34 Mb.