Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida aqshda ilk bor qoʻllanildi




Download 34.86 Kb.
bet2/6
Sana19.12.2022
Hajmi34.86 Kb.
#35832
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jumaboyev Samandar Biznessga kirish
2.1 reja, 27-mavzu, Maydoniy transistor, Allabergenova Shodiyona Maqsudbayevna, TVSQILABRASMLARI, 3-маруза, 7-sinf informatika 23.02.23, Juraqulova Ham.ishi Mikrobiologiya dastur 2022 — копия, 1681872548, ялигланиш медиаторлари 3, Reja Quldorlik jamiyati tashkil topishi. Quldorlik jamiyatining, BMI savpllari, Sonli usullar DARSLIK 2022, Boshqarish
a)Marketing maqsadi.
Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta'rifini ko'p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta'rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo'lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya'ni «Marketing» shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi».
Marketingga olimlar turlicha ta'rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday degan: «Marketing - bu bozorni o'rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta'rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarini erkin raqobatli ayirboshlashni ta'minlash yo'li orqali qondirishga yo'naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing - bu bir vaqtning o'zida biznes falsafasi va faoliyat jarayondir». Ushbu ta 'riflardan shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozomi o'rganish, u orqali iste'molchilarga ta'sir etishdan iboratdir. Talab bilan taklifni o'zaro ta'siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o'zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o'zaro ta'siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste'moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik — kishini biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir. Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab - bu xarid quvvatiga ega bo'lgan ehtiyoj.
Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur:
• talabni o'rganish;
• bozor tarkibini aniqlash;
• tovarni o'rganish;
• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni o'rgatadi:
• bozorni o'rganishni;
• uni taqsimlashni;
• tovarini joylashtirishni;
Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab chiqish va ularni to’g’rilash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing razvedkasi ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar, xaridlar bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar va xaridorlar etkazib berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi firmalardan ham olish mumkin.
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti bilan amalga oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha qilib aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy nazorat siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida marketing qarorlarida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak:
Marketing axborot tizimi (MAT) korxonaning marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni to’plash, jamlash va ishlov berishning usullari, uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig’indisi, deb ta'riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy qismidir.
MATning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, u axborotning ichki va tashqi manbalaridan foydalanib bozor bilan aloqalarning rivojlanishini ta'minlaydi. Ma'lumki, marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi,shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham kerakdir. Ko’pgina marketologlarning ta'kidlashicha, axborot bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib yarmigachasini tashkil qiladi. Iqtisodiy amaliyotda qo’llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflanishi mumkin.
Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo’lgan harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta'sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va saqlashni o’z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o’ylab yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste'molchilar guruhiga mo’ljallangan bo’lishini ta'minlaydi. Ya'ni, har qanday tovar aniq iste'mol manziliga ega bo’lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda mavjud bo’lmagan "o’rtacha" deb ataluvchi iste'molchiga mo’ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday vaziyatlar yuz berishidan mustasno.
Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydalanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste'molchidan sanoat korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta'minlaydi. Bu esa o’z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko’rsatish sohasiga o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil qilish to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to’liq hal qilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas. Marketingni qo’llashdan oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki marketing - murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining etarli darajada yuqori bo’lgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta'minlash uchun tovar assortimentini tez o’zgartirish, uni ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darajada jiqozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur.
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari lozim.Qo’yilgan maqsadlarga erishishda firma dastlab o’zining resurs potentsialining bozor imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak, ya'ni ishlab chiqarish, texnologiyalar darajasi, moliya, sotish kabi hal qiluvchi sohalarda o’zining kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olishi kerak.Oxirgi paytlarda marketing yordamida echiladigan masalalarning murakkablashuvi sharoitida uning baynalmilallashuvi bilan bog’liq bo’lgan global marketing haqida tobora ko’proq gapira boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar uchun xosdir. Ular tomondan bozor alohida segmentlar kabi emas, ko’proq ehtiyojlarning gomogenizatsiyasi jarayoni va iste'molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda ishtiyoqmandligiga ko’ra yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni ta'kidlash joizki, global marketing asosida innovatsion tovarni ehtiyojlarni qondirishning standartlashgan va iste'molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon bo’lgan usuliga aylantirish g’oyasi yotadi.
Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o’z chegaralaridan tashqarida faoliyat ko’rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda savdoning liberallashuvi, investitsion to’siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo bo’lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini o’zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo’nalishlari va tendentsiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish kontseptsiyasi sifatida qabul qilish, funktsiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo’yicha funktsiyalararo guruhlarning yaratilishini talab qiladi.
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu kontseptsiya bilan bog’liq. Ba'zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o’yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin.Bundan buyon iste'molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon bo’ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Konsyumerizm, qisqacha qilib aytganda, iste'molchilarning o’z huquqlarini himoya qilishi yo’lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda iste'molchilarning harakati iqtisodiy evolyutsiyaning mahsuli sifatida, ishlab chiqaruvchilar iqtisodiyotidan iste'molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan xaridorlar bozoriga o’tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm marketing kontseptsiyasiga ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tadbiq etilishini talab qiladi.Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste'mol va marketingning atrof-muhitga ta'siridan tashvishlanishni ifodalovchi environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik muammolarga e'tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili sifatida qaralmoqda. "Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik jihatdan toza bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko’maklashadi.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini qondirishga mo’ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish – sotish , savdo faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Ishlab chiqarish va umuman xo’jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning xo’jalik jabxalarini o’z ichiga oladi. Bu bozor uchun bo’lgan raqobat kurashnining o’zaga xos xususiyatlarini aniqlashga olib keladi. Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullari qo’llab , xaridorlar talabi ehtiyoji, didi va ta’bi to’g’risida axborotlar topib, korxona va tashkilotlar, marketing konsepsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy , tashkiliy texnik va ijtimoiy yo’nalishlarni tashkil qiladi. Ular talabni mumkin bo’lgan rivojlanish istiqbolini aniqlaydilar, uni maqsadli yo’nalishini shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar va ko’rilgan tadbirlar samaradorligini albatta nazorat qiladilar. Xarid masalaga marketingli yondashishdagi har tomonlama tahlilning o’ziga xosligi, bozodagi yuz beradigan jarayonlarni xisobga olishgina emas balki ishlab chiqarish korxonalari, tovarlarni yetkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari, tovarlarni yetkazib beruvchi vositachilari ulgurchi va chakana savdo korxonalari va ular bilan bog’liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo’g’inlari tizimidagi operativ va uzoq vaqtga mo’ljallangan aniq maqsadlarini o’zgarishini tahlil qilishdir. Marketing xo’jalikning ma’lum bir tarmog’iga masalan ishlab chiqarishga yoki savdoga ta’luqli deb o’ylash notug’ri bo’lur edi. U bozorga xizmat ko’rsatuvchi barcha xo’jalik sub’ektlarini o’z ichiga oladi va ulardan birgalikda va yaxlit foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning so’nggi natijasi uchun umumiy strategik yo’nalishi mavjud bo’lgan holdagina uning vosita va usullari samarali natija beradi.
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to’liq javob berish bilan birga, ishlab chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi. Nima uchun bunday qol sodir bo’ladi? Gap shundaki, marketingli yondashuvda qiymat qonuni va tovar ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy qonunlari qat’iy amal qiladi. Ana shu asosida faqat bozordagina tovar-pul almashuvini ta’minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy boyliklar pul ekvivalentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror chiqarish tugallangan va to’liq bo’lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri tsikli boshlanishi o’z-o’zidan mumkin emas. Eng kam xom-ashyo, materiallari, mehnat va moliya resurslari sarfi bilan talabni ko’proq, to’laroq qondirishga imkon beradigan marketing strategiyasining ma’nosi ham ana shunda.
Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va maqsadlarini jamiyat maqsadalari va manfaatlari bilan birlashtiriladi, iqtisodiyot taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta’minlaydi.
Respublikamiz o’zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini faqat bozor mexanizmi orqaligina amalga oishrish mumkin.
Bunga bizni keyingi vaqtdagi tovar pul munosabatlari va bozor iqtisodiyotining rivoji ham ishontirmoqda. Boshqaruvning iqtisodiy usullari amal qilgan sharoitda milliy iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lmish korxona va birlashmalarning huquq va ma’suliyatlari kengayadi, ularning tovar ishlab chiqaruvchilar sifatida roli oshadi.
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki talabga ta’sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta’sir qanday bo’lishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini – bozorda mavjud bo’lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o’z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan , u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib , talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi.
Marketing tizimida sotish siyosati – bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha bo’lgan harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va saqlashni o’z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o’ylab yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste’molchilar guruhiga mo’ljallangan bo’lishini ta’minlaydi. Ya’ni har qanday tovar aniq iste’mol manziliga ega bo’lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tova assortimentining, amalga mavjud bo’lmagan “o’rtacha” deb ataluvchi iste’molchiga mo’ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday vaziyatlar yuz berishidan mustasno.
Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydlanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste’molsidan sanoat korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta’minlaydi. Bu esa o’z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga. Sotish shartlariga , xizmat ko’rsatish sohasiga o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil qilish to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to’liq halqilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas. Marketingni qo’llashdan oldin avvalombor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki marketing – murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining yetarli darajada yuqori bo’lgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobilyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash uchun tovar assortimentini tez o’zgartirish , uni ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bunda tashqari marketingli faoliyatyuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darjada jihozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur.


Download 34.86 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 34.86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida aqshda ilk bor qoʻllanildi

Download 34.86 Kb.