Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida aqshda ilk bor qoʻllanildi




Download 34.86 Kb.
bet3/6
Sana19.12.2022
Hajmi34.86 Kb.
#35832
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jumaboyev Samandar Biznessga kirish
2.1 reja, 27-mavzu, Maydoniy transistor, Allabergenova Shodiyona Maqsudbayevna, TVSQILABRASMLARI, 3-маруза, 7-sinf informatika 23.02.23, Juraqulova Ham.ishi Mikrobiologiya dastur 2022 — копия, 1681872548, ялигланиш медиаторлари 3, Reja Quldorlik jamiyati tashkil topishi. Quldorlik jamiyatining, BMI savpllari, Sonli usullar DARSLIK 2022, Boshqarish
b)Marketingda boshqaruv tizm.
Xo‘jalik faoliyatini yangi sharoitda yuritish, firma,kompaniyalarning tovarlarni va xizmatlami muqobil ishlab chiqarishn ta’minlovchi, ishonchli strategiyasini ishlab chiqarish uchun bozomi mukammal bilish va bozor jarayonida ishni ko‘zini bilib ishtirok etishni bilish kerak boMadi.Bulaiga erishishga marketing yordam beradi.Tizim sifatida marketing obyektiv iqtisodiy qonunlar majmuiga va o'zaro bog'langan, bir-birini taqozo qiladigan qoidalarga bo'ysunuvchi murakkab xo'jalik yuritish amaliyotini chuqur,har tomonlama o'rganishni ko'zda tutadi.Hoziigi zamon biznesining muhim funksiyasi bo'lgani holda u bir vaqtning o'zida firma, kompaniyalar faoliyatini aktivlashtirishga qaratilgan ishbilarmonlik operatsiyalarining o'ziga xos falsafasi hamdir.Bugungi kunda marketing ilmiy, moliyaviy, ishlab chiqarish va mehnat resurslarini tarkibiy va bozordagi o'zgarishlarga, tadbirkorlik faoliyatining shart-sharoitlarining u yoki bu bozorlarda o'zgarishiga hamda ishlab chiqarishning samaradorligini ta’minlovchi sharoitlaming o'zgarishiga tezkorlik bilan e’tibomi qaratuvchi, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarga aniq, mantiqan bog'lovchi faoliyat majmui hisoblanadi.
Raqobatchilami tizimli va muntazam o‘rganib borish uchun ular to'g'risida ma’lumotnoma tizimini yaratib, unga barcha qiziqtirgan ma’lumotlami kiritib borish mumkin. Raqobat yana mahsulotlarga pul to‘lash shakllari, buyurtmani tezkorli bilan bajarish, ish yuzasidan uzoq vaqt munosabatda bo'lgan firmalar murojaat qilganlarida ulaiga hech narsada rad qilmaslik, tovarlarning markasi tarkibi,
doimiy mijozlarga chegirmalar berish bo'yicha ham olib borilishi mumkin. Bozorlami tadqiq va tahlil qilish asosida tovar va xizmatlaming raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan aniq dastur ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi lozim. Shu yo‘l bilan firma, kompaniyalaming nufuzi oshirilib, mijozlami o'ziga qaratish imkoniyati kuchaytiriladi.Har qanday bozorda u yoki bu tovar, xizmatlarga bo'lgan talab va taklif o'zgarib turadi. Ochiq, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli raqobat hukm suradigan bozorlarda tovarlarning davriy yetishmovchilik yoki ortib ketish hollari ro'y berib turadi. Bu holat mayatnikning tebranishiga o'xshab turadigan jarayonni eslatadi. Bunday holatning ro'y berishi talab darajasining o'zgarib turishi bilan izohlanadi, chunki har xil mahsulotlaming ishlab chiqarish tezligi va amplitudasining har xilligidan kelib chiqadi.
Firma, kompaniya faoliyatida eng yuqori samaradorlikka erishishning kaliti bo‘lib, raqobatbardoshlik ustuvorligiga erishish va uni ushlab qolish hisoblanadi. Firma, kompaniya raqobatbardoshlik ustuvorligiga o‘z mahsulotlarini tabaqalashtirib, eng yuqori iste’mol qiymatini yaratish yoki xarajatlami keskin kamaytirish evaziga erishish mumkin.Raqobat kurashi ko‘pchilik jiddiy,o'zgarishlami ro‘yobga chiqaruvchi omil hisoblanadi. Raqobat kurashisiz firmalaming ko‘rsatkichlari past darajada qolib ketishi mumkin: tovarlar, xizmatlarni qoniqarli darajada yetkazib berishlari mumkin, lekin takomillikka erisha olmaydilar.Raqobat kurashi is’temolchilar uchun ham juda foydalidir,chunki kompaniyalar yaxshi ishlashga harakat qilishlari lozim, aks holda o‘zlarining xaridorlarini yo'qotib qo'yishlari mumkin.Mijozlar uchun muvaffaqiyatli kurash olib borish uchun va raqobatchilik sohasida asoslangan qarorlami qabul qilish uchun axborot bazasini yaratish lozim bo‘ladi hamda unga raqobatchilarga tegishli, ayniqsa, ulaming raqobat vaziyatiga oid axborotlami kiritib borish zarur bo‘ladi.Bunda eng muhimi raqobatbardoshlikni boshqarishda kerak bo‘ladigan axborotlami kiritib borish katta ahamiyatga ega. Yangi bozorga kirib borish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan kompaniyaning marketing bo'yicha menejeri xorijiy faoliyat uchun qiziqarli bo‘lgan mamlakatlar va regionlarni to‘g‘ri tanlashda analitik qobiliyatlarini namoyon etishi talab etiladi.Bu qaror iqtisodiy, ijtimoiymadaniy, siyosiy-huquqiy omillarni hamda bozoming hajmi, o'sish sur’atlarini, raqobat darajasini va unda faoliyat ko'rsatish xarajatlari, foydaning kelajagi, bozorga kirib borishning osonligini tahlil qilish asosida qabul qilinadi.Yangi bozorga kirib borishdan oldin mamlakat va regionni quyidagi iqtisodiy omillar bo'yicha jozibadorlik darajasini baholash lozim bo‘ladi: tovarlami sotish bo'yicha bozor hajmi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad, mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi,infratuzilmalaming holati, valutalami ayriboshlash kursining muqobilligi va ulami konvertatsiya qilish imkoniyatlari.Keltirilgan omillaiga qo‘yilgan baholar 60 foizdan ortiqijobiy baholansalar bunday mamlakat va regionlarga kirib borish qiziqarli bo'ladi, aks holda mamlakat va regionga kirib borish xavfli bo‘ladi. Agar bozor yetarli katta bo‘lmasa, bunday bozorga kirib borish bozor va marketing xarajatlarini oqlamasligi mumkin. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadning pastligi, u yoki bu mamlakatga qaysi turdagi tovarlami olib borish maqsadga muvofiqligini hal qilishni talab etadi.
Marketingda siyosat firma, kompaniyaning bitta yoki bir nechta yo'nalishda olib boradigan faoliyat tamoyili sifatida hamda marketing kompleksining har qanday komponentiga nisbatan uzoq muddatli maqsadi ko'rinishida bo'lishi mumkin.Amalda tovar,xizmatlar, baho, tarif, sotish, assortiment, innovatsion va boshqa turdagi siyosatlar mavjud.Tovarlar, xizmatlar siyosati firma, kompaniyaning marketing strategiyasini va faoliyat rejasini ishlab chiqarishning asosi bo'lib, kompaniyaning kelajagiga jiddiy ta’sir ko'rsatadi.Tovar va xizmatlar siyosatini shakllantirishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratish lozim bo'ladi:
• maqsadli bozorlarga xizmat ko'rsatish uchun taklif
etiladigan tovarlar, xizmatlaming egallashi mumkin bo'lgan
o'rnini aniqlash (maxsus tovarlar, xizmatlar, tovar va
xizmatlaming assortiment guruhlari);
• taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlaming strategik
maqsadlarini belgilash;
• markali strategiyani tanlash;
• yangi tovarlar va xizmatlar uchun strategiyani ishlab
chiqish va amalga oshirish.
Tovarlar va xizmatlar strategiyasi firmaning maqsadlari varivojlanish konsepsiyasini hisobga olishi kerak. Bozomi rivojlantirish, foyda olish, yuqori sifatli tovarlar, xizmatlarishlab chiqaruvchi degan nufuzga sazovor bo‘listiini ta’minlashi zarur. Biznes-strategiyaning zaruriy elementi bo‘lgani holda hatto yaxshi ishlab chiqilgan tovarlar va xizmatlar strategiyasi, agar u tovarlami taqsimlash va muvaffaqiyat sari yo'naltirish strategiyasi bilan bog‘langan bo'lmasa, absolyut muvaffaqiyatni ta’minlay olmasligi mumkin. Yangi tovarlar, xizmatlaming muvaffaqiyati ulami bozor ehtiyojlariga, firmaning kuchli funksional imkoniyatlariga, ishlab chiqarishning texnologik ustuvorligiga, yuqori darajadagi sifatni ta’minlab ‘ turishga, yangi texnik jihatdan takomilroq bo‘lgan dastgohlardan
foydalanish, maqbul bo'lgan raqobat muhiti va boshqa omillarga mos kelishi bilan ta’minlanadi.
Iste’molchi ehtiyojidan kelib chiqib tovar, xizmatlaming o‘mini belgilash, bir tomondan mavjud tovarlar, xizmatlar uchun, ikkinchi tomondan yangi tovarlar, xizmatlar uchun ham amalga oshirish kerak bo‘ladi.Tovar xizmatlar strategiyasini ishlab chiqarishning eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib taklif etilayotgan tovarlar,
xizmatlami strategik tahlil etish hisoblanadi. Bunday tahlil firma kompaniyalarga yangi tovarlar, xizmatlar, ulaming turlariga tegishli strategiyalami ishlab chiqish hamda raqobatbardosh bo‘lmagan tovarlar, xizmatlami ishlab chiqarishdan olib tashlash to‘g‘risidagi qarorlami qabul qilish imkonini beradi.
Tovarlar, xizmatlami strategik tahlil qilish, cheklangan miqdordagi me’yorlardan foydalangan holda firmaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash imkonini beradi. Strategik tahlilni yakunlab, tovar, xizmatlaming yangi strategiyasini ishlab chiqishga o‘tish mumkin. Bu strategiya o‘z ichiga mavjud va modifikatsiyalangan tovar, xizmatlarga tegishli harakatlami oladi.Tovarlar, xizmatlar strategiyasini ishlab chiqishning birinchi bosqichi bo‘lib taklif etilayotgan tovarlar,xizmatlarga tegishli ustuvor yo‘nalishlami tahlil qilish hisoblanadi. Firma uchun tovarlar, xizmatlaming har xil ahamiyatga ega bo‘lishidan kelib chiqib, har bir tovar, xizmat
yoki tovarlar, xizmatlar guruhi uchun strategik muhimlikni belgilash kerak bo'ladi. Ustuvorlikni belgilash yangi tovarlar, xizmatlami yaratish, bozorlarga olib kirishda resurslarga tegishli buyurtmalami joylashtirishda kerak bo‘ladi.
Tovarlar, xizmatlar strategiyasini ishlab chiqishning ikkinchi bosqichi bo‘lib, assortiment siyosatini aniqlash hisoblanadi, bu bosqich tovarlar, xizmatlar portfelini shakllantirish bilan yakunlanadi.Ishlab chiqarilayotgan tovarlar, xizmatlarga tegishli o‘zgarishlar ularga nisbatan yuzaga keladigan vaziyatga qarab amalga oshiriladi.
Transport bozorini tartibga solishning muhim mexanizmi bo‘lib, yuk, yo‘lovchilar, taksomotor tashish tarif siyosati hisoblanadi. Bu siyosat transport vositalarini yangilash va modemizatsiya qilishni ta’minlash zaruriyatini hisobga olib
amalga oshirilishi kerak.Avtomobil transportida tariflarni shakllantirishning uchta
asosiy tizimini ko'rsatish mumkin. Birinchi tizim transport vositalari ayrim turlarini rivojlantirishga yordam beradigan tariflarni ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Ikkinchi usul tashiladigan yuklaming qiymatidan kelib chiqib belgilanadigan tarif.Bu usul yuklarni to‘lash qobiliyati deb nom olgan.Uchunchi usul, bu tashishga ketadigan sarf-xarajatni qoplash va transport vositalarini xarid qilish ’ uchun qo‘shimcha mablag‘lami olishni ta’minlaydigan tarif. Barcha yuqorida keltirilgan tariflaming kombinatsiyasidan, ya’ni ulaming ulushini o‘zgartirish yo‘li bilan keyingi tarif shakllantiriladi.
Marketing dasturi tovarlar, xizmatlar bozorlari talablarini, firma imkoniyatlarini, tovarlarni bozor talablariga moslashtirishni hisobga olib kompaniyaning kelajakda
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.Marketing dasturini ishlab chiqishda bir nechta asosiy va ikkinchi darajali masalalar shakllantirilib, ular asosida «maqsadlar daraxti» quriladi.Asosiy maqsad va bir yo‘la ishbilarmonlik faolligining sharti marketing faoliyatining ham maqsadi bo'lib foyda olish bo'lgan. Shuning uchun maqsadlar bir-biriga bog'langan, real, bir-biriga zid bo'lmasligi va topa olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.«Maqsadlar daraxti» asosida kompaniya faoliyatining ustuvor yo'nalishlari aniqlanadi.
Maqsadlar ikki xil bo'lib, ular miqdoriy va sifatli maqsadlariga bo'linadi.Miqdoriy maqsadlar ishlab chiqarish, xizmatlarhajmini,bozor ulushini, foydani va hokazo ko'rsatkichlami qanchafoizga oshirishmo'ljallanganligini aks ettiradi.Sifat maqsadlari firmaning asosiy sifatli ko'rsatkichlarini oshirishga qaratilib, yangi tarkibiy bo'limlami, masalan, marketing xizmatini tashkil qilish, yangi bozorlar yoki segmentlami o'zlashtirishni, tovarlar, xizmatlarga mijozlarning ijobiy munosabatlarini shakllantirishni ko'zda tutadi.
Marketing dasturlari yana quyidagi belgilari bilan farqlanadi: tuziladigan muddatiga ko‘ra (uzoq muddatli-5 yildan ko‘p, o‘rta muddatli 2—5 yil, qisqa muddatli 1—2 yil), qamrab oladigan masalalar doirasiga ko'ra (odatiy, kompaniyaning islilab chiqarish, sotish faoliyatiga tegishli barcha masalalami yechishga qaratilgan, maqsadli, maxsus masalalami yechishga qaratilgan, masalan, bozoming yangi segmentini o‘zlashtirish va hokazo), ko‘p mehnat talab qiladigan, tezkorlik bilan ishlab chiqariladigan va qo‘yilgan,yechiladigan masalalaming mazmuni bo‘yicha (oddiy va murakkab), boshqaruv darajasi bo‘yicha (markazlashtirilgan,nomarkazlashtirilgan va aralash). Markazlashtirilgan dasturlar
markaziy boshqaruv apparati tomonidan ishlab chiqiladi.Nomarkazlashgan dasturlar kompaniyaning quyi bosqichlarida, uning tarkibiga kiruvchi kichik korxonalar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilib kompaniya rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqib, tasdiqlanadi. Bu holatda dasturga kiritilgan eng muhim ko‘rsatkichlar nazorat qilinadi.
Bozordagi vaziyat keskin o‘zgarganda yoki biror xavf paydo bo’lganida reja o‘zgartirilishi mumkin.Aralash (qarshi) dasturlar kompaniya rahbarlari tomonidan uning imkoniyatlari va maqsadlarini hamda ularga erishish chora-tadbirlarini ko‘zda tutadi. Ishlab chiqilgan dastur kompaniya rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Obyektga nisbatan tuzilganligiga qarab marketing dasturlari firma, kompaniya, ularning sexlari, bo‘linmalariga tegishli bo‘lishi mumkin.
Kompaniyaning umumiy bozor strategiyasi marketing strategiyasining global yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiradi (tadbirkorlik faoliyatini diversifikatsiya yoki segmentatsiya qilish), marketing faoliyatini kengaytirish sur’atlarini oshirish, yangi yoki an’anaviy tovarlar, xizmatlar bilan eski yoki yangi bozorlarda ishlash, har bir tovar, xizmatlar ulushi bo'yicha strategiyalami ishlab chiqish, bozor talabiga nisbatan tovarlar, xizmatlar strategiyalari (rag‘batlantiruvchi, rivojlantiruvchi, qo‘llab-quwatlovchi, qarshilik ko‘rsatuvchi va h.k.). tovarlami, xizmatlarni sotish siyosati o‘z ichiga firma, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi tarkibini oladi, kompaniya egallagan bozor segmentlarida tashkil etilgan sotuv tizimiga qo‘yiladigan talablar, sotish bilan shug‘ullanadigan xodimlaming soni va malaka darajasi, bozoming egallangan segmentlarida xizmat ko'rsatish tajribasi, vositachilar xizmatidan foydalanishning maqsadga muvofiqligini asoslash, foydalaniladigan vositachilaming soni va ularni ko'paytirish ehtiyoji, foydalanilayotgan turlari, ulami takomillashtirish zarurati, kompaniyaga nisbatan vositachilaming siyosati, sotuv tizimini yaratish bo‘yicha kompaniyaning imkoniyatlari, tovarlar, xizmatlarni sotishning samaradorlik darajasi, potensial iste’molchilaming soni, bitimlarning miqdori, tovarlami yetkazib berish va saqlashning o'ziga xos xususiyatlari, tovarlami yetkazib berish joylarining geografik jihatdan mujassamtashganligi yo‘ldatovarlaming iste’mol ko'rsatkichlarining saqlanganlik holati, tovarlami xarid qiluvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlaming hajmi, tovar oqimi harakatining tahlili, mijozlar bilan ishlash va h.k.
Marketing faoliyatini nazorat qilish kompaniyaning marketing imkoniyatlaridan foydalanishda yuzaga keladigan ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash maqsadidaamalga oshiriladi.Nazorat natijalariga ko'ra marketing dasturiga amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatiga ham o'zgartirishlar kiritiladi.Marketing faoliyatini nazorat qilish ikki yo'nalishda amalga oshiriladi: marketing faoliyati
natijalariga yo'naltirilgan (bir yilda 1—2 marotaba marketing tahlili orqali amalga oshiriladi), marketing faoliyati mazmunini tahlil qilishga yo'naltirilgan nazorat (bu nazorat turi boshqacha aytganda, marketingni taftish yoki marketingaudit deb ataladi).
Marketingni boshqarish bir qancha funksiyalarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Chunki bu funksiyalar qatoriga taxmin qilish, rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish, sozlash, nazorat qilish, firma xulqini tahliletish va baholash kiradi. Keltirilgan funksiyalarni bajarish quyidagi tarkibiy bo'laklarga nisbatan bajariladi: firmaning bozordagi o'rni; tovar assortimenti; narx-navoni belgilash; mahsulot va xizmatlar bozorlari, hududlar bo'yicha taqsimlash; yakka holda sotishni amalga oshirish; kommunikatsiyani tashkil etish (reklama, jamoatchilik bilan
aloqalarni o'rnatish va hokazolar).
Asosiy funksiyalarning mazmunini ко‘rib chiqadigan bo‘lsak,o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: marketingda taxmin etishga oid qanday vazifalar bajariladi? Bunday masalalaming turi juda ko‘p. Masalan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning hajmi
(turlari bo‘yicha), tannarx, daromad, bozor hajmi, sotuv hajmi hududlar miqyosida taxmin qilinishi mumkin Taxmin qilishga oid masalalami yechishda ekstrapolatsiya,
interpolatsiya, korrelatsion-regression analiz, kvadrat,chiziqli, egri chiziqli tenglamalar, natural logarifm tenglamalari, Chebishev polinomi, argumentlami guruhli hisobga olish usullari keng qo'llaniladi. Taxmin qilishga oid eng muhim masalalar sirasiga bozorlardagi talab va taklif darajasini aniqlash ham kiradi. Bunday taxminlami amalga oshirish ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini aniq rejalashtirish, sotuv hajmini daromad va foyda miqdorini oldindan baholash imkonini beradi.

Taxminlash bo‘yicha yechilgan masalalar keyinchalik mahsulotni ishlab chiqish, sarf-xarajatlar va asosiy texnikiqtisodiy ko‘rsatkichlami rejalashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Taxminlash va rejalashtirish funksiyalari bir-birlari bilan uzviy bog‘liqdir. Tashkil etish fimksiyasi ham muhim funksiyalardan hisoblanadi. Bu funksiya bo'yicha marketing dasturlarini ishlab chiqishni, ularni bajarilishini tashkil etish, bozorlarga kirib borish, raqobat kurashini olib borish, mahsulot va xizmatlaming sifatini, raqobatbardoshliligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish, amalga oshirishni tashkil etish kabi ishlar bajariladi.Muvofiqlashtirish funksiyasiga marketingga tegishli ishlar,tarkibiy bo‘limlar faoliyatining bir-biriga mutanosibligini ta’minlash maqsadida bajariladigan muvofiqlashtirish ishlari kiradi.Sozlash funksiyasiga rejadan tashqariga chiqib ketish hollari ro‘y bersa, sozlash orqali ular vaqt jihatidan mo‘ljaldagi tizimga kiritiladi.


Nazoratga oid ishlar deyarli barcha funksiyalarga mansu bo'lib, bu funksiya mo'ljaldagi ishlami o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.Odatda reja ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va kamchiliklar ro'y berganda ulami tezkorlik bilan
bartaraf etish tizimi deyarli barcha firma, kompaniyalarda mavjuddir. Nazorat ishlari maxsus bo'limlar va kompyuterlashgan tizim yordamida amalga oshiriladi.Nazorat tizimining samarali ishlashi firma faoliyatining samarasiga bevosita ta’sir ko'rsatadi.
Hozirgi paytda firma, kompaniyalar tomonidan firmalarning xulqini tahlil etish va baholashga katta ahamiyat berilmoqda. Bu funksiya doirasida xaridorlarning iste’mol bozoridagi xulqi va firmalarning bozordagi taktikasi hamda strategiyasi tahlil qilinadi.Xaridorlarning xulqini tahlil qilishda quyidagi savollarga javob qidiriladi: tovarlarni xarid qilish bo'yicha qabul qilinadigan qarorlarga kim ko'proq
ta’sir ko'rsatadi? Tovarlar qanday xarid qilinadi? Ulaming tovarlarni tanlashdagi mezonlari qanday? Tovarlar qayerdan xarid qilinadi? Tovarlarni qachon xarid qilishadi? Tovarlarni xarid qilish murakkab jarayon hisoblanadi. Xaridor xulqini
tahlil qilish, unga ta’sir ko'rsatish yo'l-yo'riqlarini ko'rsatib beradi. Xaridorlarning xulqini tahlil qilish maxsus ishlangan reja asosida amalga oshiriladi.Marketingni boshqarish yuqori bosqichdagi menejerlar tomonidan firmaning tegishli bo'limlari yordamida amalga oshiriladi. Marketingni boshqarish jarayonida ko'plab har xil
qarorlami qabul qilishga to'g'ri keladi. Ammo qarorlami qabul qilish jarayoni hamma vaqt ham oson va aniq kechmaydi. Bu jarayon ko'pincha tasodifiy voqea, hodisalarga bog'liq bo'lgani uchun qarorlami ko'pincha yaxshi tayyorlangan, tajribali,marketingni boshqarish texnologiyasidan yetarli foydalana oladigan shaxslar qabul qiladilar.
Reklamaga tegishli funksiyani bajarish mijozlami korxona va uning mahsuloti bilan tanishtiradi. Rejalashtirish fimksiyasi kerakli miqdordagi tovarlarni kerakli vaqtda, kerakli miqdorda va maqbul narxda bo‘lishini kafolatlaydi.Mahsulotga xizmat ko'rsatish funksiyasining asosiy maqsadi (va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash) tovarlar ishlashini kuzatib borish va tovarlarni ko'plab ishlab chiqarishdan iborat. Tovarlarni taqsimlash bo'yicha bajariladigan fimksiyaning vazifasi mijoz tovami qayerda sotib olishni xohlasa,o‘sha yerga yetkazib berish, mijozlarga ko'rsatiladigan xizmatlarga ketadigan xarajatlami minimumga yetkazish va nihoyat marketingni boshqarish funksiyasi hisob-kitob, nazorat va sotuv jarayonini,sur’atlarini, foyda miqdorini, budjetgamuvofiq yaratiladigan zaxiralami tahlil qiladi, nosozliklami bartaraf etadi. Funksiyalarni bunday taqsimlash natijasida marketing bo'limi mudiri bevosita marketingni boshqarishga javob beradi. Funksional tashkiliy tuzilmaga ega bo'lgan marketing bo'limi katta bo'lmagan turdagi mahsulotlami ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun eng maqbuli hisoblanadi, bunda har bir funksional rahbar barcha ishlab chiqariladigan mahsulotlar bo'yicha funksional lozim bo'lgan xarajatlar va sifatni ta’minlagan holda o'z funksiyasini bajaradi.


Download 34.86 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 34.86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida aqshda ilk bor qoʻllanildi

Download 34.86 Kb.