• «Sog‘iladigan sigir» deb odatda nisbatan yetuk, rivojlanishi barqarorlashgan va qisqaruvchi tarmoqda yetakchi o‘rinni egallaydigan tovar va tovar guruhlariga aytiladi.
  • Маркетинг тизими элементлари




    Download 345 Kb.
    bet4/8
    Sana15.05.2024
    Hajmi345 Kb.
    #235286
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Akhmedov Otaboy

    To‘rtta kvadratdan har biri ham investitsiyalar, ham marketing strategiyalari nuqtai nazaridan alohida yondashuvlarni talab etadigan bir-biridan farq qiluvchi har xil vaziyatlarni tasvirlaydi. Bu yerda quyidagi strategiyalar amal qilishi mumkin:

    • «Yulduz» — rivojlanayotgan tarmoqda yetakchilik qilayotgan tovar yoki tovarlar guruhining shartli belgilanishi. «Yulduz»lardan tushgan foyda juda muhimdir. Lekin shu bilan birga keyingi o‘sish uchun katta hajmdagi moliyaviy resurslar zarur bo‘ladi. Demak, firma strategiyasining asosiy maqsadi — yetakchilykni saqlash va mustahkamlash.
    • Buning uchun mahsulotni takomillashtirish, narxni pasaytirish, reklama tadbirlarini kuchaytirish, keng taqsimot kabilar maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Biroq tarmoq rivojlanishining sekinlashishi bilan «yulduz» «sog‘iladigan sigar»ga aylanadi.
    • «Sog‘iladigan sigir» deb odatda nisbatan yetuk, rivojlanishi barqarorlashgan va qisqaruvchi tarmoqda yetakchi o‘rinni egallaydigan tovar va tovar guruhlariga aytiladi.
    • Sotish barqaror holatda ekanligi va asosiy xarajatlar davridan o‘tilgan bo‘lsa, tabiiyki, sotishdan kelgan foyda hali ham uning bozordagi ulushini saqlab turish uchun zarur bo‘lganidan ortiq bo‘ladi va boshqa assortiment guruhlari yoki alohida tovarlarni rivojlantirish va saqlab turish uchun ishlatiladi.
    • Бундай шароитларда фирма максимал фойда олишга интилади, эришиш воситалари эса одатда сотиш каналларини таъминлаб туриш, «эслатувчи реклама», нархдан чегирмалар, такрорий харидларни рағбатлантириш ҳисобланади.
    • «Qiyin bola» (boshqacha nomi — «so‘roq belgisi») — bu tez rivojlanuvchi tarmoqda ishlab chiqaruvchilarning kuchli raqobati va iste’molchilarning uncha ko‘p bo‘lmagan ko‘magi sharoitlarida tovar yoki tovar guruhlari. Bozor ulushi katta emas.
    • Firmaning vazifasi investitsiyalash manbalarini topish va tanlangan yo‘nalish doirasida rivojlanishni ta’minlashdan iborat. Strategiyaning yangi sotish kanallarini topish, tovarni siljitishga xarajatlarning kengayishi, narxni pasaytirish kabi variantlari samarali, bozordan chiqib ketish varianti ham bo‘lishi mumkin.
    • «It» — bu qisqarayotgan bozorda juda kichik ulushdagi tovar yoki tovarlar guruhi. «It» sifatida ko‘pincha iste’molchilar tomonidan tan olinmagan tovarlar, yoki raqobatchilar tovaridan ancha orqada bo‘lgan tovarlar, yoki ko‘p xarajat talab etuvchi va o‘sish imkoniyatlari kam bo‘lgan tovarlar namoyon bo‘ladi.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 345 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Маркетинг тизими элементлари

    Download 345 Kb.