|
«O‘rab olish» — yetakchining zaif joylarini bilib olish asosida mos ustunlikni jamlab, shu bilan raqobatchining turli tomonlaridan o‘tishga shartsharoit yaratish
|
bet | 8/8 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 345 Kb. | | #235286 |
Bog'liq Akhmedov Otaboy«O‘rab olish» — yetakchining zaif joylarini bilib olish asosida mos ustunlikni jamlab, shu bilan raqobatchining turli tomonlaridan o‘tishga shartsharoit yaratish. «Manfaatli maydonlarga kuchlarni to‘plash»—faoliyat hajmi katta bo‘lmagan firma o‘zining xabardor-ligini yaxshiroq ro‘yobga chiqarishi yoki asosiy raqobatchilar bilan to‘qnashuvdan saqlanib qolishi mumkin. - «O‘rinni saqlash» — raqobatchilarning e’tiborini olmagan bozor faoliyatida doimiylikni saklash.
- «Aylanib chiqish» — raqobatchilar bilan to‘g‘ri to‘qnashuvdan saqlanish. Shu bilan birga firma raqobatga chidamagan tovarlarni ishlab chiqarib servis xizmatlarini yaxshilamay, raqobatchilar nuqtai nazaridan jozibasiz bo‘lgan sotish kanallari va rag‘batlantirishdan foydalanish va boshqalar.
- Marketingning funksional strategiyasiga birinchi navbatda maqsadli bozor strategiyasi, segmentatsiya va mavqelashtirish kiradi. Maqsadli bozor — bu aniq bozor, unda firma marketing imkoniyatlarini to‘laroq ro‘yobga chiqarish uchun o‘zining faoliyatini tashkil etadi.
- Maqsadli bozorlarni aniqlash jarayoni amaliy marketingda eng mas’uliyatli payt hisoblanadi. Bu yerda uchta yondashish aniqlangan: ommaviy, differensiallashgan va konsentrlashgan.
- Ommaviy marketing hamma iste’molchilarning umumiy ehtiyojlarini afzal ko‘rgan holda butun bozor ahvolidan xabardorlikni uyushtiradi va bu borada kuchini ommaviy talabli bo‘lgan tovarlar sotish hajmini ko‘paytirishga qaratadi.
- Bu yerda potensial iste’molchilarning ahamiyatli sonini jalb qilishga qaratilgan marketing strategiyalari ishlab chiqiladi. Chuqur marketing izlanishlarini olib borish zarurati yo‘qolgani sababli marketingga bo‘lgan xarajatlar ham nisbatan kam bo‘ladi.
- Differensiallashgan marketing ayrim segmentlarda, ayrim vaqtda har xil talablar va tavsiflarga ega bo‘lgan ularning majmuilarida qo‘llaniladi. Bu yerda iste’molchilarning talablarini to‘laroq qondirish, bozordagi o‘rinni kelajakda mustahkamlash maqsadida korxona tomonidan turli iste’molchilar guruhining ehtiyojlarini chuqurroq o‘rganishga to‘g‘ri keladi.
- Ayniqsa tovar assortimentini kengaytirish, reklama faoliyati, rag‘batlantirish va sotish yo‘nalishlarida chuqur marketing izlanishlarini olib borish. Bularning hammasi marketingga sarflangan xarajatlarni ko‘paytiradi.
- Konsentrlashgan marketing alohida iste’molchilar guruhlarining (segmentlarining) o‘ziga xos talablarini hisobga oladi, ularga maksimal ravishda moslashadi, yangi iste’molchilarni jalb qilish maqsadida bozorga kirib borishini davom etadi.
- Hozirgi industrial jamiyatda iste’molchilar «o‘rtacha» xaridorga mo‘ljallangan tovarlar bilan qoniqib qolmaydi, shuning uchun firmalar ommaviy va differensiallashgan marketing usullaridan tobora ko‘proq konsentrlashgan marketing texnikasiga o‘tmoqdalar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«O‘rab olish» — yetakchining zaif joylarini bilib olish asosida mos ustunlikni jamlab, shu bilan raqobatchining turli tomonlaridan o‘tishga shartsharoit yaratish
|