• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzunig dolzarbligi.
  • Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni kirish




    Download 75.24 Kb.
    bet1/20
    Sana24.03.2024
    Hajmi75.24 Kb.
    #175743
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni k-fayllar.org


    Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni kirish

    MARKETING, UNING VAZIFASI, QOIDALARI VA BOZOR TIZIMIDAGI O‘RNI
    Kirish
    1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati


    2. Marketingni maqsad va vazifalari


    3. Marketing turlari


    4. Marketing 4P va 5P




    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish
    Mavzunig dolzarbligi. Zamonaviy odamni hayot faoliyati tovar va izmatlarni iste'mol qilinishiga asoslangan. Ularni yaratilishi, ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi va iste'mol qilinishi odamlar ehtiyojlarini qondirilishini dinamik rivojlanishini ta'minlaydi. Davlat iqtisodida xizmatlar sohasi va tovar ishlab chiqarish sohasi organik o'zaro bir-birini to'ldiruvchi tarmoqlar hisoblanadi. Bozor munosabatlariga o’tish sababli korxona va tashkilotlar oldida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar ko’p jihatdan korxona rahbar xodimlarining bozor qonunlari va uni o’rganish usullari bilan yetarlicha tanish emasligi tufayli paydo bo’lmoqda. To’la xo’jalik hisobi va o’z-o’zini moliyalashtirish tamoyillariga o’tishda korxona va tashkilotlar ilgari hech bo’lmagan hodisaga duch keldilar: ular ishlab chiqaradigan mahsulotga talab yo’q, korxona mutaxassislari esa uni qanday qilib ichki va jahon bozorlariga chiqarishni bilmaydilar. Shunday qilib, O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari bormoqda va shu yo’lda ko’p qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu muammolarning yechimi ko’p jihatdan marketingdan qanchalik ijodiy va maqsadli foydalanishimizga bog’liqdir. Chunki, marketing bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning jahon tajribasi xazinasi hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 7-fevral kungi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi . Avvalo, ushbu ustuvor yo’nalishlar va ulardagi amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungi kunning hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta‘kidlash lozim. Shu jumladan milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish, xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish zarurdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o'sishga erishishdek dolzarb vazifa qo'yilgan. Bu esa o'z navbatida, iqtisodiyotda erishgan yutuqlarning asosi – bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviy o'zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi bilan baholanmoqda. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishga e‘tibor kuchaya bormoqda. Mavzuning dolzarbligi xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish zarurligidan kelib chiqadi. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

    Download 75.24 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 75.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni kirish

    Download 75.24 Kb.