Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasining xisoblash uslublari
Narx bilan istehmolchilar urtasida juda chambarchas alokadorlik mavjudki, uni iktisodiy tamoyillar: talab konuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentatsiyasi bilan izoxlash mumikn. Talab konuni istehmolchilar odatda kimmat narxlarga karaganda arzon narxlarda kuprok tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo xar kanday tovar xam «narx-mikdor» alokadorligiga tugri kelavermaydi. Ayrim maxsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yukorirok narxlar kuprok tovar oboroti xajmini tahminlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga muljalalngan – bular kimmatbaxo avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, muyna va boshkalar.
Ikki narx segmenti yakkol kuzga tashlanadi: «narx» xaridori va «sifat» xaridori bor. Kupincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortikcha pul sarflaydilar. Yukorirok narxlar guyo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniksa noxush okibatlarga olib kelishi mumkin bulgan maxsulotlar xaridida kup kuzatiladi.
Narx ravonligi istehmolchilarning xarid kilinadigan tovarlar mikdori nuktai nazaridan narx uzgarishlariga uta sezuvchanligini belgilaydi. Amalda talab ravonligini uch kurinishi, yahni ravon talab, noravon talab xamda yakka (unitar) talabga bulish mumkin.
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi uzgarishlarga uta sezuvchan buladi.
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi uzgarishlarga yetarli darajada sezgirlik kursatmaydi. Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar kup bulgan, ularning bir maxsulot urnini ikkinchisining maxsuloti bosa oladigan joylarda kuzga tashlanadi. Kupgina kishlok xujaligi maxsulotlariga talab yakka ravonligi aks ettiradi. SHunday kilib, narxlardagi uzgarishlar talab va taklifga muvofik kutarilib-pasayib turadi, maxsulot ishlab chikaruvchilar xoxishi bilan narx belgilanmaydi.
Azaldan talab darajasi narxlarning eng yukori chegarasini kursatadi, yahni bu chegaradan yukorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bulmaydi. Ammo istehmolchilar maxsulotni xayolidagi yagona kathiy narxda izlaydi. Marketologning vazifasi xam bozor belgilaydigan chegaralar doirasida makbul narxlarni topish xisoblanadi. Kupgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tadkik etish va tekshirish, urinbosar tovarlar narxi darajasini rakiblar narxni urganish yuli bilan statistik taxlil kilish usuli, grafik ekspert baxolovchi usullaridan foydalanib, talab uzgarishini ulchashni utkazishga intiladi. Mahlumki, xarajatlar ishlab chikarish xajmining kupayishi yoki kamayishi bilan
boglik xolda uzgarish-uzgarmasligia karab doimiy, sharli-doimiy, uzgaruvchan turlarga bulinadi. Doimiy xarajatlar chikarilgan maxsulot xajmiga karab uzgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga kurilma va asbob-uskunalar amortizatsiyasi, mulk soligi (daromad soligi), kushimcha xarajatlar va boshka chikim turlari kiradi.
Uzgaruvchan xarajatlar ishlab chikarish xajmiga boglik xolda uzgarib boradi, unga xom-ashyo, materiallar, ish xaki va boshkalar kiradi. SHartli-doimiy xarajatlar boshkarish bilan boglik ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga ketadigan chikimlar va boshkalar kiradi. Tulik xarajatlar jami doimiy va uzgaruvchan xarajatlar yigindisidan tashkil topadi. SHuningdek, ishlab chikarishning chegaralangan (marjinalg’) xarajatlar xam xisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chikarish xajmi kupaygan (kamaygan) xollarda bir maxsulot birligiga tulik xarajatlarning kupayishi (kamayishi)ni ifoda etadi. SHunday kilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, mikdori narx uchun minimal darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlarlardan pastrok narx xech kanday foyda bermaydi.
Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi kurib chikiladigan, zarar kurmasligini tahminlaydigan taxlil usulidan foydalanadi. Bunday taxlil narxlarni belgilashda foydali vosita xisoblanadi. Ammo tor ishlab chikarish ixtisoslashuvi sharoitida, uzgaruvchan xarajatlarni oson xisoblash mumkin bulgan paytlarda uni kullash yaxshi natija beradi. Zarar kurmaslikni taxlil etishda asosiy ehtibor maxsulot sotish xajmi nuktasiga, tulik daromad tulik xarajatlarga teng bulgan, yahni na foyda na zarar bulmagan nuktaga karatiladi.
Marketologlar bir kator xar xil narxlarni tadkik etadilar, sungra xar bir narx uchun zaruriy xajmlar kiyoslanadi.
Rakobat narx siyosatida muxim barometr bulib xizmat kiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maksadlari va uslublariga boglik bulgan turt bozor tipini ajratish mumkin: sof rakobat, monopolistik rakobat, oligopolistik rakobat sof monopoliya .
Asosan narxni uzgartirish yuli bilan talabga tahsir kursatish rakobatning narx bilan boglik usullarini yaratadi. Narx bilan boglik bulmagan rakobat usullarida firmalar uz maxsulotining uziga xos xislatlariga zur beradi, maxsulot sotish, tovarlar xarkati, reklama, maxsulotni joylash, servis kabi marketing kismlariga katta ehtibor beradi.
|