• Genlarning o‘zaro ta’siri
  • Ma’ruza №10: allel genlarning o`zaro ta`sirida va natijasida belgilarning naslga o’tishi reja




    Download 37 Kb.
    bet1/5
    Sana10.09.2022
    Hajmi37 Kb.
    #25775
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    allel genlarning o`zaro ta`sirida va natijasida bel
    Ahrorov H Hattotlik sanati va arabcha yozuv turlari uquv uslubiy qullanma, pdf storage english-text-morning-routine, Neft tarkibini aniqlash usullari, Turk xoqonligi, Genetik materialning o’zgaruvchanligi, Kimyo oziq –ovqat sanoatida korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi., 2-TO\'PLAMLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR, Презентация Microsoft Office PowerPoint, Bioinformatika fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanishi, 01.Giperpolik tipdagi to‘lqin tenglamalarisi, Neft tarkibini aniqlash usullari, Tibbiyot genetikasining taqiqot usullari, Xusanova Shaxnoza Meyoz, 202-guruh 2-kursida tahsil olayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiruvchi talabalar

    Ma’ruza №10:

    ALLEL GENLARNING O`ZARO TA`SIRIDA VA NATIJASIDA BELGILARNING NASLGA O’TISHI

    Reja:
    1. Allel va noallel genlar va ularning o`zaro ta`sirida belgilarning irsiylanishi.
    2 . Genlarning-komplementar ta`siri
    Genlarning o‘zaro ta’siri.Ma’lumki, irsiyat faktorlarini «gen» deb atashni 1909 yilda V. Iogannsen taklif etgan. Barcha xromosomalarda genlar bo‘ladi. Gen haqidagi ta’limotni A. S. Serebrovskiy va Dubininlar yanada boyitdi. 1957 yilda Amerikalik genetik S. Benzer genning vazifasi va strukturasi to‘g‘risidagi yangi tushunchani yaratdi. Natijada genning muton, rekon, sistron deb ataluvchi qismlari borligini isbotladi.
    Muton - genning eng kichik qismi bo‘lib o‘zgarish xususiyatiga ega.
    Rekon - genlarning chalkashish xususiyatiga ega.
    Sistron - genlarning organizmda ma’lum belgilarni rivojlantiradigan qismi.
    Umuman gen irsiyat birligi sifatida organizmning belgi va xususiyatlarini ifodalaydi. Har bir gen o‘ziga xos tuzilishga ega. Ko‘pgina tajribalar shuni isbotladiki, genlar bilan belgilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar mavjud. Birinchidan bitta genning o‘zi bir qancha belgiga ta’sir ko‘rsatishi, ikkinchidan genlarning o‘zaro ta’siri va shu bilan birga bir qancha irsiy belgilarning bitta gen ta’sirida rivojlanishi aniqlandi. Uchinchidan bitta gen ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni ko‘p belgilar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bunday hodisani pleyotrop - ko‘p tomonlama ta’sir deb ataladi. Har xil juft xromosomadagi genlar organizmdagi biror bir belgining revojlanishiga bir xil ta’sir ko‘rsatadi, buni polimerlar, ya’ni poligenlar deyiladi.Bir gen boshqa genga u yoki bu xolda ta’sir etib uning kuchini o‘zgartiradi. Somatik hujayralarda genlarning to‘planishi belgilarning yuzaga chiqishini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin. Gen ta’sirining ruyobga chiqishi tashqi sharoitga bevosita bog‘liq. Turli omilga mansub genlar ba’zan belgilarning rivojlanishiga bir muncha mustaqil ta’sir etishi bilan birga ko‘pincha turli shaklda o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Natijada organizmda biron belgining rivojlanishi bir necha gen nazorati ostida bo‘ladi. Bu o‘tgan asr boshlarida tovuq toji shaklining nasldan naslga berilishida aniqlangan. Masalan: tovuq tojlari gulsimon, no‘xatsimon, yong‘oqsimon va oddiy bo‘ladi. Gulsimon va oddiy tojli tovuqlar o‘zaro chatishtirilsa, birinchi bo‘g‘in gulsimon toj dominant bo‘ladi. No‘xatsimon va oddiy tojli tovuqlar chatishsa F1 da no‘xatsimon toj dominant bo‘ladi. Har ikkala tajribada har ikkinchi bo‘g‘in F2 duragaylarda 3:1 nisbatda ajralish ro‘y beradi. Ya’ni 2 ta toj gulsimon yoki no‘xatsimon, bitta toji oddiy bo‘ladi.Gulsimon va no‘xatsimon tojlar oddiy bo‘lib 2 xil belgini tashkil etadi, ya’ni oddiy tojlar resissiv xususiyatiga ega. Agar gulsimon va no‘xatsimon tojli tovuqlar chatishtirilsa F1 da yong‘oqsimon toj hosil bo‘ladi. Ya’ni:

    Download 37 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza №10: allel genlarning o`zaro ta`sirida va natijasida belgilarning naslga o’tishi reja

    Download 37 Kb.