• Mavzuning dolzarbligi.
  • Kurs ishining maqsadi
  • Kiris h ilg‘or tеxnologiyalarning bosh maqsadi – tashlandiq va foydasiz narsalardan foydali narsalarni ishlab chiqarish usullarini




    Download 52.77 Kb.
    bet1/3
    Sana18.11.2022
    Hajmi52.77 Kb.
    #30828
      1   2   3
    Bog'liq
    Neft tarkibini aniqlash usullari
    Ahrorov H Hattotlik sanati va arabcha yozuv turlari uquv uslubiy qullanma, pdf storage english-text-morning-routine, Neft tarkibini aniqlash usullari, Turk xoqonligi, Genetik materialning o’zgaruvchanligi, allel genlarning o`zaro ta`sirida va natijasida bel, Kimyo oziq –ovqat sanoatida korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi., 2-TO\'PLAMLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR, Презентация Microsoft Office PowerPoint, Bioinformatika fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanishi, 01.Giperpolik tipdagi to‘lqin tenglamalarisi, Tibbiyot genetikasining taqiqot usullari, Xusanova Shaxnoza Meyoz, 202-guruh 2-kursida tahsil olayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiruvchi talabalar


    K I R I S H
    Ilg‘or tеxnologiyalarning bosh maqsadi –
    tashlandiq va foydasiz narsalardan foydali
    narsalarni ishlab chiqarish usullarini
    izlab topishdir.
    D.I.Меndeleyev.
    Mavzuning dolzarbligi. Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o‘simlik va hayvon moylari hamda yog‘lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog‘larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi.
    O‘zbekiston neftgaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmoqg‘i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi.
    Hozirgi zamon jahon neftni qayta ishlash sanoati yoqilg‘ilar sifatiga, chiqindi gazlarning midqoriga bo‘lgan talabning ortishi bilan xarakterlanadi. Yonganida atmosferaga qo‘rg‘oshinning zaharli birikmalari chiqaradigan etilirlangan benzin ishlab chiqarish tabora kamayib bormoqda.
    O‘zbeekistonda ham dunyoning boshqa davlatlari kabi qo‘rg‘oshin birikmalarisiz benzin ishlab chiqarish va ekologik toza benzinga to‘liq o‘tish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi sog‘ligini saqlash borasidagi eng muhim yo‘nalshlardan biri hisoblanadi1.
    Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda benzinning oktan sonini oshirishda aromatik aminlar, oksigenatlar- alifatik spirtlar, oddiy efirlar (metil-uchlamchi butil efiri) metallosenlardan foydalanilmoqda. Aromatik aminlar va metallosenlarning qimmatligi va xom ashyo bazasining mavjud emasligi ulardan katta miqdorda foydalanishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham arzon sanoat xom ashyolari asosida yangi, ekologik toza oktan sonini oshiruvchi qo‘shimchalar yaratish va ishlab chiqarish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
    Kurs ishining maqsadi: Mazkur mavzuni tanlashimdan asosiy maqsad Respublikamizdagi neft va gaz kondensatlariga asoslangan kimyo sanoati korxonalari, hamda ulardan samarali foydalanishni o‘rganish maqsad qilib olingan. Ma’lumki, yonilg‘i energetik resurslar va ulardan samarali foydalanish hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirga kelib, dunyo mamlakatlarining energiyaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun yer-dagi organik yonilg‘ilar zahirasi taxminan 150 yilga, jumladan, neft 35-40 yilga, gaz 50 yilga, ko‘mir esa 425 yilga etishi aniqlangan.
    Ko‘mir zahiralari neft va gaz zahiralaridan ikki marta ko‘p. Olimlarning fikriga ko‘ra, energiya manbalarining asosini tashkil qiluvchi neft va gazni tejab-tergab ishlatish uchun ulardan olinadigan sintetik mahsulotlar, turli xil xom ashyolarni ko‘mirni qayta ishlash hisobiga almashtirish lozim. Qazib olish jarayonlarida texnologik jarayonlarni talab darajasida takomillashmaganligi natijasida, ko‘mirning 45 foizi, neftning esa 60 foizi yer bagrida qolib ketmoqda. Neft konlaridan neftni to‘la qazib olish kabi muhim vazifani hal etish uchun qatlamlararo bosimni oshirish, issiq suyuqliklar va elektr zaryadlari yordamida neftning qovushqoqlik xossasini kamaytirish usullarini qo‘llash lozim. Energetik muammolarni hal etishning muhim yo‘nalishlaridan biri — gaz bilan birga olinadigan, ammo gaz quvurlarida tashish imkonini bermaydigan gaz kondensatlaridan foydalanishdir. Ulardan foydalanishning eng maqbul yo‘li ularni dizel yonilg‘isigacha qayta ishlashdir. Kondensatlardan olingan dizel yonilg‘ilarining toksiklik darajasi ancha kam bo‘ladi. Bunday yonilg‘ilarga ishlagan avtotransportlar sundirg‘ichlaridan chiqadigan gazlar tarkibida konserogen moddalar odatdagi dizel yonilg‘isidagiga nisbatan 30 foiz kam bo‘ladi.

    Download 52.77 Kb.
      1   2   3




    Download 52.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiris h ilg‘or tеxnologiyalarning bosh maqsadi – tashlandiq va foydasiz narsalardan foydali narsalarni ishlab chiqarish usullarini

    Download 52.77 Kb.