|
Ma’ruza-2 Kompyuter dasturlarini yaratishda kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollarni bilish axamiyati
|
bet | 1/12 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 3,14 Mb. | | #106408 |
Bog'liq 3-маъруза MA’RUZA-3 Tarmoq arxitekturalari. Tarmoqlarning elementlari, pog’onali arxitekturalari. Tarmoq topologiyalari. «Kompyuter tarmoqlari» fanidan Tarmoq va arxitektura tushunchasi Tarmoq arxitekturasi - bu kompyuter tarmog'ining tuzilish uslubi, dizayni. Bu tarmoqning fizikaviy tarkibiy qismlari va ularning funktsional tashkil etilishi hamda konfiguratsiyasi, uning ishlash tamoyillari va protseduralari, shuningdek foydalaniladigan aloqa protokollari uchun asosdir. Kompyuter tarmog'ining arxitekturasi - dasturiy ta'minotni, apparat ta’minoti, protokollarni va ma'lumotlarni uzatish vositalarini fizikaviy va mantiqiy bog’lanishi sifatida tavsiflanadi. Boshqacha qilib aytganda, arxitektura kompyuterlarni qanday tashkil etilganligi va kompyuterga vazifalar qanday taqsimlanganligini belgilab beradi. Lokal tarmoqning qurilish arxitekturasi bo’yicha teng huquqli va ierarxik (yoki maxsus serverga ega tarmoqlar) bo’linadi. Lokal tarmoqning qurilish arxitekturasi bo’yicha teng huquqli va ierarxik (yoki maxsus serverga ega tarmoqlar) bo’linadi. Teng huquqli tarmoqda xar bir kompyuter o’zining manziliga, nomiga va ish stantsiyasiga ega bo’lib, tarmoq uchun xar bir kompyuter teng xuquqli hisoblanadi. Barcha ish stantsiyalari ishchi guruhga biriktirilgan. Teng huquqli tarmoqda yagona nazorat markazi yo’q bo’lib, unda xar bir ishchi stantsiya bir vaqtning o’zida server va mijoz vazifasini bajarishi, ya’ni boshqa kompyuterdan kelgan savollariga javob berishi va tarmoqqa o’zining savollarini jo’natishi mumkin. Ierarxik tarmoqda server sifatida bir yoki bir nechta kompyuterlar tanlanadi. Odatda, server kompyuterlardan lokal tarmoq foydalanuvchilari foydalanmaydi, shuning uchun xam bu tarmoq ierarxik yoki maxsus serverga ega tarmoqlar deyiladi. Serverlar tarmoqni boshqaradi va tarmoqdagi boshqa kompyuterlarning ma’lumotlarini saqlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’ruza-2 Kompyuter dasturlarini yaratishda kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollarni bilish axamiyati
|