|
Ma’ruza-2 Kompyuter dasturlarini yaratishda kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollarni bilish axamiyati
|
bet | 2/12 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 3,14 Mb. | | #106408 |
Bog'liq 3-маъруза Ierarxik tarmoqda server sifatida bir yoki bir nechta kompyuterlar tanlanadi. Odatda, server kompyuterlardan lokal tarmoq foydalanuvchilari foydalanmaydi, shuning uchun xam bu tarmoq ierarxik yoki maxsus serverga ega tarmoqlar deyiladi. Serverlar tarmoqni boshqaradi va tarmoqdagi boshqa kompyuterlarning ma’lumotlarini saqlaydi. Lokal tarmoq serverlarining funksiyalari. Server barcha foydalanuvchilar kompyuterlarining ishlashini tartibga soladigan lokal tarmoqdagi apparat va dasturiy kompleks hisoblanadi. Server lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlarni boshqaradi va bir qator servis ishlarini xam amalga oshiradi. Ma’lumotni qayta ishlash jarayonida mijoz ma’lum amallarni bajarish uchun serverga murojaat qilishi mumkin: faylni o’qish, ma’lumotlar bazasida ma’lumot izlash, faylni chop etish va h.k. Server mijozdan kelgan so’rovni bajaradi va so’rov natijalari mijozga uzatiladi. Server tarmoqdagi umumiy ma’lumotlarni saqlash va ushbu ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat qilishni va ma’lumotlarni mijozga yuborishni ta’minlaydi. Aloqa operator tarmog’i va korporativ tarmoq. Aloqa operator tarmog’i – bu aloqa xizmatini taklif qiluvchi va uning mijozlari xoxlagan jismoniy shaxs yoki xohlagan tashkilotlar bo’lib, ular tijorat shartnoma asosida telekommunikatsiya xizmat ko’rsatuvchilarga aytiladi. An’anaviy xizmat – telefon , tashkilotlarga aloqa kanali ijarasi va bu kanallar orqali o’zining shaxsiy tarmog’ini qurishi, internetga ulanishi, virtual shaxsiy xizmatlarni tashkil etishi, veb - xosting xizmati, elektron pochta, IP-telefon, audio/video signallarni tarqatish va boshqalarga aytiladi. Bunday tarmoqda foydalanuvchilar soni korporativ tarmoqqa nisbatan ko’p bo’ladi. Operator to’g’ridan- to’g’ri tarmoqni to’liq ishlashiga javobgar hisoblanadi. Koorporativ tarmoq - asosan ma’lum korxonaning o’zi va uning xodimlariga xizmat ko’rsatib, o’z tarmog’iga egalik qiladi. Korporativ tarmoq har – xil o’lchovlik bo’lib katta korxona tarmog’ida o’z lokal tarmog’i va global tarmoq bilan ulangan bo’lishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’ruza-2 Kompyuter dasturlarini yaratishda kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollarni bilish axamiyati
|