|
Ma’ruza-2 Kompyuter dasturlarini yaratishda kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollarni bilish axamiyati
|
bet | 9/12 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 3,14 Mb. | | #106408 |
Bog'liq 3-маърузаTarmoq topologiyalari Tarmoqda kompyuterlarning ulanish va joylashish tartibi tarmoq topologiyasi deb ataladi. Topologiyani ishchi stansiyalar, serverlar va boshqa tarmoq qurilmalari tasvirlangan tarmoq haritasi bilan o’xshatish mumkin. Topologiya tanlovi tarmoqning umumiy imkoniyatlari, qo’llaniluvchi tarmoq qurilmalari, protokolllar, shuningdek kelgusida tarmoqni kengaytirish imkoniga ta’sir o’tkazadi. Fizik topologiya — tarmoqning fizik elementlari qay tarzda ulanishining tasviridir. Mantiqiy topologiya tarmoq ichidagi ma’lumotlarning o’tish yo’lini belgilaydi. Bazaviy tarmoq topologiyalari - umumiy shina;
- yulduz;
- halqa;
- yacheykali;
- aralash.
Umumiy shina (bus) Bu holda barcha kompyuterlar ma’lumotlar shinasi deb nomlangan bir kabelga ulanadi. Paket tarmoqning bu qismiga ulangan barcha kompyuterlar tomonidan qabul qilinadi. Tarmoq tezligi ko’p jihatdan umumiy shinaga ulangan kompyuterlar soni bilan belgilanadi. Bundan tashqari, bunday topologiya, bir necha kompyuterlar tarmoqqa bir vaqtda ma’lumot uzatishga harakat qilgan vaqtda, turli kolliziyalar vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni ortgan sari kolliziya paydo bo’lish ehtimolligi ortadi.
Umumiy shina (bus) topologiyasi
“Umumiy shina” topologiyasini qo’llashning avzalliklari: - “Umumiy shina” topologiyasini qo’llashning avzalliklari:
- kabel tejaladi;
- oson kengaytiriladi;
- sodda va kafolatli.
- Asosiy kamchiliklari:
- kabelning ishdan chiqishi tarmoq ishini to’xtatadi;
- ma’lumotlarning ko’pligi o’tkazish qobiliyatini pasaytiradi;
- tarmoqda kompyuterlar soni ortishi kolliziya paydo bo’lish ehtimolligini oshiradi.
- har bir kompyuter tarmoq bo’ylab uzatiluvchi ma’lumotlarni olishi mumkin.
Yulduz (star) Yulduzsimon topologiyadan foydalanilganda tarmoqning barcha kompyuterlaridan chiquvchi kabellar markaziy kommutator yoki konsentratorga ulanadi. Biror kompyuterdan boshqasiga jo’natilgan barcha paketlar shu qurilma orqali yetib boradi. Bunda ham passiv, ham aktiv konsentratordan foydalanish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’ruza-2 Kompyuter dasturlarini yaratishda kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollarni bilish axamiyati
|