|
Ma`ruza №2 Mavzu: Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja: 1
|
bet | 4/17 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 67,71 Kb. | | #147731 |
Bog'liq Ma`ruza №2 Mavzu Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja 1g
|
%
|
"Plyus" bo‘yicha
|
"Minus bo‘yicha"
|
+ 100
|
3,7
|
10,71
|
3,7
|
100,00
|
-100+50
|
10,71
|
10,71
|
14,41
|
96,30
|
-50+25
|
10,45
|
10,45
|
24,86
|
85,59
|
-25+12
|
12,70
|
12,70
|
37,56
|
75,14
|
-12+6
|
18,48
|
18,48
|
56,04
|
62,44
|
-6+3
|
12,99
|
12,99
|
69,03
|
43,96
|
-3+1,5
|
10,01
|
10,01
|
79,04
|
30,97
|
-1,5+0,75
|
11,00
|
11,00
|
90,04
|
20,96
|
-0,75+0
|
9,96
|
9,96
|
100,00
|
9,96
|
Dastlabki ruda
|
100
|
100
|
|
|
Elash orqali tahlil natijalari grafik tarzda “plyus” bo‘yicha (elakda qolgan mahsulotning umumiy qoldig‘i) yoki “minus” bo‘yicha (elakdan o‘tgan mahsulotning umumiy qoldig‘i) yiriklikning umumiy xarakteristikasi ko‘rinishida ifodalanadi.
Ordinata o‘qiga sinflarning umumiy chiqishi foizlarda, absissa o‘qiga esa elak teshiklarining o‘lchami yoki zarrachaning diametri millimetrlarda qo‘yiladi.
"Plyus" bo‘yicha yiriklik umumiy xarakteristikasining botiq ko‘rinishi rudada mayda zarrachalarning ko‘pligidan, qabariq ko‘rinishi esa yirik zarrachalarning ustunligidan darak beradi. Oraliq sinflarning chiqishi egri chiziqni interpolyasiyalab topiladi.
Bunday egri chiziqlarni tuzishda chiziqda shkalani ishlatilishi sinflarning soni oz bo‘lganda va dastlabki mahsulotdagi zarrachalarning eng katta va eng kichik o‘lchamlari orasidagi farq uncha katta bo‘lmaganda qulay.
Agar mahsulotda mayda sinf ko‘p bo‘lsa, va bu sinflarning chiqishini bilish kerak bo‘lsa, rim logarifmli shkaladan foydalanish qulay. Yiriklikning bunday xarakteristikasini tuzish uchun yuqoridagideq ordinata o‘qiga mahsulotlarning umumiy chiqishi, absissa o‘qiga esa elak teshiklari o‘lchamining logarifmi qo‘yiladi.
Doimiy modul (bizning misolda u 2 ga teng) ga ega elaklar turkumi uchun egri chiziqni tuzish juda qulay. Absissa o‘qi modulning tanlangan masshtabga teng bo‘laklarga bo‘linadi (masalan, lg2 = 1 mm) eng mayda tur teshigining diametriga tegishli birinchi nuqta (masalan, lg0,75) absissa o‘qining 0 nuqtasidan ixtiyoriy masofaga joylashtiriladi. Keyingi turning teshigi 1,5 mm ga teng. Modulь 2 ga teng bo‘lgani uchun 0,75 x 2 = 1,5 yoki lg1,5 = lg0,75 + lg2. SHuningdeq absissa o‘qining lg1,5 ga tegishli nuqtasi lg0,75 nuqtadan 1 sm uzoqlikda bo‘lishi kerak va h.q
Egri chiziqni absissa o‘qining 0 gacha etkazish mumkin emas, chunki lg0 = - ∞.
Ayrim hollarda yiriklik xarakteristikasi logarifmik setkalarda beriladi. Absissa o‘qiga zarrachalar o‘lchamning logarifmi mikrometrlarda, ordinata o‘qiga esa xar qaysi sinf chiqishining logarifmi foizlarda qo‘yiladi. Logarifmli egri chiziqlardan foydalanib, istalgan sinf yirikligining chiqishini oddiy setkadagadek aniqlash mumkin.
Logarifmik egri chiziq ba’zi hollarda mahsulotdagi zarrachalarning yiriklik bo‘yicha taqsimlanish qonuniyatlarini o‘rganishga imkon beradi. Agar “minus” bo‘yicha umumiy yiriklik xarakteristikasi logarifmik setkada to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘lsa, uni ifodalovchi tenglamani logarifmik koordinatalarda to‘g‘ri chiziqli tenglama holida berilishi mumkin:
lg (100 - R) = A lgx + lg V
bu erda: R - x teshikli elakda qolgan umumiy qoldiq;
A - to‘g‘ri chiziq qiyalik burchagining tangensiga teng koeffitsient.
lgB- to‘g‘ri chiziqning ordinata o‘qi bilan kesishgan bo‘lagi. YUqoridagi tenglamani potensirlab 100 - R = V xA ni olamiz. Bu Goden-Andreev tenglamasi deyiladi. A-koeffitsienti mahsulot yirikligi umumiy xarakteristikasi egri chizig‘ining yo‘nalishi va buqilishi darajasini belgilaydi, ya’ni u mahsulotda mayda yoki yirik zarrachalarning ko‘pligi hakida fikr yuritishga imkon beradi.
Yiriklikning umumiy xarakteristikasi egri chizig‘i va taqsimlanishi mahsulotning granulometrik tarkibi xaqida etarli darajada to‘lik xarakteristika beradi.
|
| |