|
Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi
|
bet | 7/17 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 67,71 Kb. | | #147731 |
Bog'liq Ma`ruza №2 Mavzu Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja 1Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi
Tog‘ jinslari o‘zining qattiqligiga qarab 4 ta guruxga bo‘linadi: yumshoq, o‘rtacha, qattiq va o‘ta qattiq. Yumshoq rudalarga Prodotyakanov M.M. shkalasiga ko‘ra 5 dan 10 gacha qattiqlik koeffitsientiga ega tog‘ jinslari; o‘rtacha qattiqlikka ega tog‘ jinslarga 10 dan 15 gacha koeffitsientga, qattiq tog‘ jinslariga - 15 dan 16 gacha koeffitsienta ega va o‘ta qattiq jinslarga 18 dan 20 gacha qattiqlik koeffitsientiga ega jinslari kiradi.
Foydali qazilmalarning qattiqligi, shuningdeq Moosning qattiqlik shkalasi bo‘yicha (tirnash usuli) ham aniqlanishi mumkin. Unga ko‘ra, qattiq tog‘ jinslariga (masalan, kvars, korund va x.k) Moos bo‘yicha qattiqligi 6-10; o‘rtacha (ko‘mir, oxak) 2-5; yumshoq (talq gips) 1-2 Moos bo‘yicha qattiqlikka ega rudalar kiradi.
Maydalash darajasi, maydalash bosqichlari va maydalash usullari
Maydalash deb ruda bo‘laklari o‘lchamini tashqi kuch ta’sirida kichraytirishga aytiladi. Maydalash jarayoni maydalash darajasi bilan xarakterlanadi. Maydalash darajasi deb, maydalash natijasida ruda bo‘laklarining o‘lchami necha marta kichrayishini ko‘rsatuvchi kattalikka aytiladi.
i = Dmax/dmax
bu yerda: Dmax - dastlabki ruda tarkibidagi eng katta bo‘lakning o‘lchami, mm;
dmax - maydalangan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘lakning o‘lchami, mm.
Boyitish fabrikalarida rudalarni maydalash odatda bir necha bosqichda amalga oshiriladi, chunki bitta maydalagichda kerakli maydalash darajasiga erishish mumkin emas. SHuning uchun maydalash bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Masalan, rangli va qora metallar rudalarining ko‘pchiligi uchun 3 bosqichda maydalash ishlatiladi.
1 - bosqich. Yirik maydalash - 1500 - 1000 mm dan 300 mm gacha.
2- bosqich. O‘rtacha maydalash - 300 mm dan 75 mm gacha.
3- bosqich. Mayda maydalash - 75 mm dan 10-15 mm gacha.
Umumiy maydalash darajasi alohida bosqichlarda olingan maydalash darajalarining ko‘paytmasiga teng.
i(ym) = i(yir) * i(o‘rta) * i(mayda)
Masalan, yirik maydalash uchun i(yir) = 1500/300 = 5;
o‘rtacha maydalash uchun i(o‘rta) = 300/75 = 4;
mayda maydalash uchun i(mayda) = 75/15 = 5.
umumiy maydalash darajasi i(ym) = 5*4*5=100
Har qaysi maydalash bosqichidan oldin dastlabki rudaning tarkibidan elash orqali o‘lchami shu bosqichdagi maydalangan mahsulot o‘lchamiga teng mayda sinf ajratib olinadi. Mayda mahsulotni ajratib olish hisobiga maydalagachga beriladigan yuk qisqaradi, uning ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, elektr energaya sarfi kamayadi, shushshgdeq rudaning uta yanchilishining oldi olinadi.
Yumshoq rudalar ikki bosqichda, o‘rtacha qattiqlikdagi rudalar 3 bosqichda, qattiq rudalar esa 4 bosqichda maydalanadi. Ruda qancha qattiq va mustahkam bo‘lsa, ichki tortilish kuchlarini yengish uchun shuncha ko‘p kuch talab qilinadi.
Maydalashda mineral zarracha yuzasining ochilishi ruda bo‘laklarining tashqi kuch ta’sirida parchalanishi natijasida sodir bo‘ladi. Ruda bo‘laklarini parchalash uchun alohida kristallar orasidagi va kristallar ichidagi tortishish kuchini yengish keraq Bu rudaning mustahkamligini belgilaydi. Bundan tashqari rudaning mustahkamligi uning tuzilishidagi ichki nuqsonlar (darz, begona narsalar) ga ham bog‘liq.
Rudaning xossasi (mustahkamliq mo‘rtliq qovushqoqlik va boshqalar)ga qarab parchalanishning quyidagi usullari ishlatilishi mumkin.
Ezilish - ikkita maydalovchi yuza orasida ruda bo‘laklarining siqilishi natijasida parchalanish.
Yorilish - ruda bo‘laklarini maydalovchi jismning uchlari (tig‘lari) orasida uzilib bo‘linishi.
Zarba - ruda bo‘laklarini qisqa ta’sir etuvchi dinamik yuk ta’sirida parchalanishi.
Ishqalanish - ruda bo‘laklarini bir-biriga qarama-qarshi harakatlanuvchi maydalovchi yuza orasida parchalanishi.
|
| |