|
Flotatsion reagentlarning klassifikatsiyasi
|
bet | 15/17 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 67,71 Kb. | | #147731 |
Bog'liq Ma`ruza №2 Mavzu Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja 1Flotatsion reagentlarning klassifikatsiyasi
Flotatsion reagentlar 5 ta guruhga bo‘linadi.
To‘plovchilar (ular kollektorlar ham deyiladi).
Depressorlar.
Aktivatorlar (faollashtirgichlar).
Ko‘pik hosil qiluvchilar.
Muhitning regulyatorlari.
To‘plovchilar - K:S (K - mineral zarracha yuzasi; S - suv) chegarasida maxkamlanib, mineral zarrachalarning ho‘llanmaslik qobiliyatini oshiruvchi moddalar.
To‘plovchilar apolyar va geteropolyar to‘plovchilarga bo‘linadi. Apolyar to‘plovchilar uglevodorodlardan iborat bo‘lib, ular suvda deyarli erimaydi, ionlarga dissotsilanmaydi, minerallarning yuzasi bilan kimyoviy ta’sirlanmaydi. Ularning adsorbsiyasi fizikaviy.
Tabiiy gidrofob minerallardan oltingugurt, grafit, talk, molibdenit va x.k.larni flotatsiyasida ishlatiladi. Bunday to‘plovchilarga kerosin, neftь va turli xil neftь mahsulotlari kiradi.
Agar to‘plovchining molekulasida (OH, COOH, SOH, NH2, SH) kabi polyar gruppalar bo‘lsa, bunday to‘plovchilar geteropolyar to‘plovchilar deyiladi.
Sulfidli minerallarning flotatsiyasida to‘plovchi sifatida ksantogenatlar va aeroflotlardan foydalaniladi.
Ksantogenatlar ksantogen kislotaning tuzlari bo‘lib, uning umumiy formulasi:
R - O -C- C - Me
C
bu yerda: Me - odatda kaliy yoki natriy, R - uglevodorod radikali-gomologik qatordagi radikallardan biri. (CH3 -metil, C2H5 -etil, C3H7-propil, C4H9-butil va h.q)
Ksantogenatning nomi radikal va metalning nomidan hosil kilinadi. Aeroflotlar - tiofosfor kislotaning hosilalari. Ular qattiq va suyuq holda bo‘ladilar. Suyuqlaridan krezil aerofloti, qattiqlaridan sodali aeroflot keng tarqalgan.
Aminlar-silikatli minerallarning flotatsiyasida ishlatiladi. Birlamchi (RNH2), ikkilamchi (R2NH) va o‘lchamli (R3N) aminlar mavjud. Bu turdagi to‘plovchilarning ko‘p ishlatiladigani CHNH2 - lauril amin va uning xlorli tuzi C12H25NH4Cl - xlorli lauril ammoniy.
To‘plovchilar anionli va kationli to‘plovchilarga bulinadi. Agar gidrofoblovchi ion anion bo‘lsa, anionli to‘plovchi, kation bo‘lsa, kationli to‘plovchi deyiladi.
|
| |