|
Og‘ir muhitlarda boyitish
|
bet | 10/17 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 67,71 Kb. | | #147731 |
Bog'liq Ma`ruza №2 Mavzu Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja 1Og‘ir muhitlarda boyitish
Og‘ir muhitlarda boyitish mineral zarrachalarning zichligaga qarab ajralishiga asoslangan. Agar boyitilayotgan mahsulotni zichligi ajraladigan minerallar zichligining orasidaga muhitga (suyuqlikka) solinsa, zichliga muhitning zichligidan kichik minerallar suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi, zichligi muhitning zichligidan katta minerallar pastga cho‘kadi.
Og‘ir muhit sifatida organik suyuqliklar, tuzlarning eritmalari va suspenziyalar ishlatiladi.
Organik og‘ir suyuqliklar (trixloretan, zichliga 1460 kg/m3, dibrometan, zichliga 2810 kg/m3, va tuzlarning eritmalari zaxarliligi, narxining balandligi, boyitish mahsulotlari bilan ko‘p miqdorda yo‘qolishi va regeneratsiyasiga sarf-xarajatning yuqoriligi tufayli sanoat maqsadlari uchun deyarli qo‘llanilmaydi. Ular asosan laboratoriya tajribalari uchun ishlatiladi. Amalda og‘ir suspenziyalarda boyitish keng qo‘llaniladi.
Suspenziya yuqori zichlikdagi mayin zarrachalarning suv bilan mexanik aralashmasidir. Suvdagi muallaq zarrachalar og‘irlashtirgich yoki suspenzoid deyiladi.
Og‘irlashtirgich sifatida pirit, pirrotin, barit, magnetit, galenit kabi minerallar yoki temirning kremniy bilan kotishmasi ferrosilitsiy ishlatiladi. Ularning orasidagi ko‘proq ishlatiladigani ferosilitsiy, magnetit va galenitdir. Suspenziya 0,15 mm yiriklikda yanchiladi.
5200 kg/m3 zichlikka ega magnetitdan 2600 kg/m3 gacha zichlikka ega bo‘lgan suspenziya tayyorlash mumkin. Agar suspenziya tayyorlash uchun yanchilgan ferrosilitsiy (zichliga 6900 kg/m3) ishlatiladigan bo‘lsa, suspenziyaning zichliga 3200 kg/m3 ga etishi mumkin; agar granulalangan ferrosilitsiy ishlatilsa, suspenziyaning zichliga 3800 kg/m3).
Suspenziyaning eng asosiy xossalari uning zichliga, qovushqoqliga va barqarorligidir.
Suspenziyaning zichliga (kg/m3) unda mineral zarracha aralashmalarining ajralish imkoniyatlarini belgilaydi va quyidagi formuladan hisoblanadi:
∆ = ∆ + (δ - ∆) s / δ
bu erda: A - suyuq fazaning zichligi, kg/m3
δ - og‘irlashtirgichning zichliga, kg/m3
s - 1 m3 suspenziyadagi oairlashtirgachning miqdori, kg.
Suv uchun: Bundan
Ls = 1000 + (δ - 1000) s/ δ
s = δ (As - 1000) / (δ - 1000)
Rudani ogar suyuqliklarda samarali boyitish uchun suspenziyanish kovushkrkligi kichik bo‘lishi keraq Shuning uchun suspenziyada katta miqdorda shlamlarning yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik keraq shuning uchun dumaloq shakldagi zarrachali og‘irlashtirgichning og‘irlik ulushi 80 % ni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan xolda, xajmiy ulushi 25 % dan oshmaslish keraq
Suspenziyaning barkarorligi ogarlashtirgich konsentratsiyasining turli balandlikdagi qatlamlarda doimiylik darajasi bil ai xarakterlanadi.
Mayin zarrachali suspenziyalar yukrri kovutsщoklikka ega bo‘lsa xam barkarordir.
Boyitish amaliyotida suspenziyani barkarorlashtirish uchun turli usullar qo‘llaniladi: yuqoriga kutariluvchi suyuqlik oqimini hosil qilish, mexanik aralashtirish, gorizontal aralashtirish tezligini oshirish, suspenziyaga loy kushish va h.q
Suspenziyada mayin shlam va loyning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, suspenziya shuncha barqaror bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda uning qovushqoqligi ham ortadi, bu esa mayda zarrachali mahsulotning ajralishini keskin yomonlashtiradi.
Og‘ir suspenziyalarda 3-300 mm yiriklikdagi rudani boyitish mumkin. Agar boyituvchi apparat sifatida gidrotsiklon ishlatilsa, rudaning yirikligini 0,5 mm gacha pasaytirish mumkin.
Rudani oair suspenziyada boyitishning eng tipik sxemasi quyidagi sxema hisoblanadi. Maydalangan ruda mayin tuyulgan zarracha va shlamlarni ajratib olish uchun elakka tushadi. Og‘ir suspenziyada boyitish uchun zlak usti mahsuloti tushadi va suspenziyada bu mahsulot yengil va og‘ir fraksiyalarga ajraladi. Keyin ikkala fraksiya ham ruda bo‘laklaridan ogarlashtirgichni yuvib tushirish uchun elaklarga beriladi. Yuvib tushirilgan og‘irlashtirgichning xossalari qayta tiklanib (regeneratsiya), yana suspenziya tayyorlashga jo‘natiladi.
Og‘irlashtirgichning xossalariga qarab, qayta tiklashning turli usullari qo‘llaniladi. Masalan, ferrosilitsiy yoki magnetitni qayta tiklash uchun magnit separatsiyasi, galenitni qayta tiklash uchun esa flotatsiya usuli muvaffaqiyatli qo‘llanilmokda.
Og‘ir suyuqliklarda boyitish uchun suspenzion separatorlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: elevatorli bo‘shatiluvchi ichki spiralli barabanli separator; og‘ir fraksiyani tashqi aerolift orqali bo‘shatuvchi ichki aralashtirgachli konusli separator.
Ichki spiralli barabanli suspenzion separatorlar o‘lchami 4-150 mm bo‘lgan rangli va qora metalli rudalarni va nometal foydali qazilmalarni boyitish uchun ishlatiladi.
|
| |