|
Gravitatsion usulda boyitish
|
bet | 9/17 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 67,71 Kb. | | #147731 |
Bog'liq Ma`ruza №2 Mavzu Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja 1Gravitatsion usulda boyitish
Gravitatsion usulda boyitish foydali qazilmalarni boyitishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri.
Bu usul o‘zining soddaligi, yuqori samaradorligi, arzonligi tufayli boshqa usullarga nisbatan ko‘prok ishlatiladi.
Gravitatsion usulning mohiyati mineral zarrachalarning og‘irlik kuchi yoki muhitning qarshilik kuchi ta’sirida tushish tezligidagi farqqa asoslangan.
Mineral zarrachalarning ajralishini amalga oshiruvchi muhit, sifatida suv, havo, og‘ir suspenziyalar va og‘ir suyuqliklar ishlatilishi mumkin.
Barcha gravitatsion jarayonlarni bir-biridan tubdan farq qiluvchi kategoriyaga bo‘lish mumkin: gidrostatik va gidrodinamiq
Gidrostatik jarayon turli zichlikka ega mineral zarrachalarni birlashtirgich qo‘shib og‘irlashtirilgan suv, tuzlar eritmasi va og‘ir suyuqliklarda qalqib chiqishi va cho‘kishiga asoslangan.
Gidrodinamik jarayon esa turli zichlikka ega mineral zarrachalarning yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi yordamida ajralishiga asoslangan. Gravitatsion usulda boyitishga quyidagilar kiradi:
1. Otsadka mashinalarida boyitish.
2. Konsentratsin stolda boyitish.
3. Vintli va konusli separatorlarda boyitish.
4. Shlyuzlarda boyitish.
5. Og‘ir muhitli apparatlarda boyitish.
Otsadka
Otsadka deb mineral zarrachalarning vertikal suv oqimidagi harakatlanish tezligidagi farqqa qarab boyitish usuliga aytiladi.
Otsadkada qo‘llaniladigan apparatlar otsadka mashinalari deyiladi. Otsadkaning mohiyati shundan iboratki, ajratilishi lozim bo‘lgan mahsulot otsadka mashinasining panjarasiga beriladi va bu panjara orqali goh ko‘tarilib, goh pasayuvchi suv oqimi harakatlanadi. Bunday suv oqimlarining muntazam harakati tufayli mahsulot turli zichlikdagi qatlamlarga ajraladi. Pastki qatlamda katta zichlikka ega, yuqori qatlamlarda esa kichik zichlikka ega mahsulot yig‘iladi. Otsadka mashinalarining porshenli, diafragmali, porshensiz, va harakatlanuvchi panjarali turlari mavjud.
Porshenli otsadka mashinasi kameradan iborat bo‘lib, u tagiga yetmaydigan to‘siq orqali 2 ta bo‘limga bo‘lingan: otsadka va porshenli bo‘limlar. Otsadka bo‘limida panjara o‘rnatilgan bo‘lib, uning ustida mineral zarrachalar ajratiladi. Porshenli bo‘limda porshen bo‘lib, unga ekssentrik val qaytarma-ilgarilama harakat beradi.
Mashina ishlash vaqtida kamera suv bilan to‘ldiriladi. Boyituvchi mahsulot panjara ustiga beriladi. Porshen yordamida otsadka bo‘linishda panjara ustidagi mahsulotga muntazam ta’sir qiluvchi goh ko‘tarilib, goh pasayuvchi suv oqimi hosil qilinadi.
Yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi ta’sirida mineral zarrachalar aralashmasi (og‘ir va yengil minerallar) ko‘tariladi va g‘ovaklanadi.
Yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimining tezligi porshen pastga harakatlanishi bilan asta-sekin ortgani uchun avval aralashmadan yengil minerallarning mayda zarrachalari ko‘tarila boshlaydi. Yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimining tezligi ortishi bilan "Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash"dan yengil minerallarning yirik zarrachalari, shuningdeq og‘ir minerallarning mayda va keyin yirik zarrachalari ko‘tariladi.
Yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimining tezligi kamayganda og‘ir minerallarning yirik zarrachalari avval muallaq xolda joylashib, keyin sekin pastga tushadi, bu paytda yengil minerallar muallaq holda bo‘ladi (yirikroqlari) yoki maydaroqlari yuqoriga ko‘tarilishini davom ettiradi. SHunday qilib, yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi ta’siri vaqtida xar xil o‘lcham va zichlikka ega bo‘lgan zarrachalar panjara ustida xar xil balandlikka ko‘tariladi; og‘ir va yirik zarrachalarning bir qismi panjara ustida qoladi.
Porshen yuqoriga harakatlanganda pastga harakatlanuvchi suv oqimi hosil bo‘lib, bunda og‘ir minerallarning yirik zarrachalari eng katta tezlik bilan panjaraga yo‘naladi, yengil minerallarning mayda zarrachalari eng kichik tezlik bilan panjara tomon harakatlanadi.
Bu paytda panjara ustidagi mineral zarrachalar qatlami zichlashadi. G‘ovaklanish va zichlanishssikllarining qayta - qayta takrorlanishi natijasida mineral zarrachalarning birlamchi qatlami ikkilamchi qatlamiga bo‘linadi: yuqori qatlamda minerallarning nisbatan yengil zarrachalari, pastgi qatlamda esa nisbatan og‘irlari joylashadi.
Otsadka muntazam g‘ovaklanib va zichlashib turuvchi mahsulot qatlamida siqilib tushish sharoitida amalga oshiriladi. Bunda otsadka mashinasining panjarasida hamma vaqt o‘rindiq deb ataluvchi qatlam bo‘ladi. Bu o‘rindiq tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Agar o‘rindiq boyitilayotgan mahsulotning yirik va og‘ir zarrachalaridan tashkil topgan buo‘lsa - tabiiy o‘rindiq, boshqa mahsulot zarrachalardan tuzilgan bo‘lsa, sun’iy o‘rindiq deyiladi. Sun’iy o‘rindiq sifatida dala shpati, magnetit, metal-zoldirlar ishlatilishi mumkin.
Mineral zarrachalar ham g‘ovaklangan holatida bo‘lganda va pastga harakatlanuvchi suv oqimi ta’sir eta boshlaganda og‘ir minerallarning mayda zarrachalari pastga harakatlanuvchi suv oqimining suruvchi ta’siri natijasida yirik og‘ir zarrachalar kanallari orasidan o‘tib ketadi. Agar mayda zarrachalarning bir qismi panjara teshiklari orasidan otsadka mashinasining kamerasiga o‘tib ketadi, qolganlari esa yirik og‘ir zarrachalar qatlami ostida panjara bo‘ylab harakatlanadi.
Xuddi shunga o‘xshab, yengil minerallarning mayda zarrachalari yirik yengil zarrachalar orasidan o‘tib, yiriklaridan pastda bo‘lib qoladi. Birozdan keyin mineral zarrachalar qatlami zichlashishi yengil minerallar mayda zarrachalari og‘ir minerallarning zarrachalari orasidagi kanallardan o‘tib ketishga ulgurmaydi va keyingi yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi bilan yuqoriga ko‘tariladi.
Zarrachalarning yirikligi va zichligiga qarab bunday qayta taqsimlanishiga mahsulotning segregatsiyasi sabab bo‘ladi va u mineral zarrachalar qatlamining muntazam takrorlanuvchi tebranishlari natijasida hosil bo‘ladi.
Segregatsiya - mahsulotni o‘lchami va zichligiga qarab tabiiy ravishda qayta taqsimlanishi. Masalan: ruda qiya tarnovcha bo‘ylab pastga harakatlanganda mayda zarrachalar pastga tushib oladi va tarnov osti bo‘ylab harakatlanadi, yirik zarrachalar esa ularning ustida harakatlanadi.
Agar yashikka po‘lat sharlarni va yog‘och sharlarni solib silkitsaq birozdan so‘ng ularning qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi: pastda mayda og‘ir sharlar (po‘lat), uning ustida yirik po‘lat sharlar, uning ustida mayda yog‘och sharlar va eng ustida yirik yog‘och sharlar joylashadi. Xuddi shunga o‘xshash xodisa otsadkada ham kuzatiladi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin otsadka mashinasi panjarasida mahsulot qatlami hosil bo‘lib, unda mineral zarrachalar balandligi bo‘yicha quyidagi tartibda joylashadi: panjaraning ustida panjaradan o‘tib ketmagan mayda og‘ir zarrachalar, keyin yirik og‘ir zarrachalar, uning ustida mayda yengil zarrachalar va eng yuqorida-yirik yengil zarrachalar joylashadi.
Maydaog‘ir zarrachalar mashina kamerasiga panjara orqali bo‘shatiladi. Yirikroqlari panjara bo‘ylab harakatlanib, panjara oxiridagi tuynukdan ajratib olinadi. Yengil zarrachalar quyulma bilan chiqib ketadi.
Otsadka mashinalarida o‘lchami-0,25 dan 50 mm gacha bo‘lgan rudani boyitish mumkin. Otsadka usulida boyitish samaradorligini oshirish uchun ruda elab turli sinflarga ajratib olinadi va xar bir sinf alohida-alohida boyitiladi.
|
| |