|
Ma`ruza №2 Mavzu: Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja: 1
|
bet | 12/17 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 67,71 Kb. | | #147731 |
Bog'liq Ma`ruza №2 Mavzu Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja 1Shlyuzlarda boyitish
Sochma kon oltinli rudalarini, volfram, qalay va kamyob metallar rudalarini boyitishda shlyuz deb ataluvchi moslamadan foydalaniladi.
Shlyuz - to‘g‘ri burchak shakldagi qiya tarnovchadan iborat bo‘lib, uning tubiga trafaret yoki juni usiq mato (kigiz, movut, g‘adir-budir rezina va x..q) to‘shaladi.
Trafaret sifatida yog‘och g‘o‘lalar, to‘rtburchak yoki dumaloq g‘o‘lalardan ko‘ndalang kesilgan yog‘ochlar ishlatilib, ma’lum oraliqda ko‘ndalang qatorlar bo‘ylab o‘rnatiladi. Shuningdek metall trafaretlar xam ishlatiladi. Ular suvning uyurma (girdob) oqimini hosil qiladi, g‘adir-budir materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyuzning tubi bo‘ylab harakatlanayotgan zarrachalarning qarshiligini oshiradi va quyi qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi.
Trafaret va qoplamalar shlyuzlar ishining sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Trafaretlarning balandligi suv oqimi chukurligidan katta bo‘lmasligi kerak o‘z navbatida u boyitilayotgan mahsulot yirikligiga qarab tanlanadi. Odatda oqim chuqurligi boyitilayotgan mahsulot eng katta zarrachasi o‘lchamidan 2-3 marta katta bo‘lishi keraq
Bo‘tana shlyuz bo‘ylab harakatlanganda zarrachalar aralashmasining zichligi va yirikligiga qarab ajralishi sodir bo‘ladi.
I - muallaq holdagi zarrachalar qatlami;
II - birlamchi konsentratsiyalash qatlami;
III - oxirgi konsentratsiyalash qatlami;
Avval shlyuz tubiga og‘ir minerallar cho‘kadi; ular trafaretlar orasida yig‘iladi va g‘adir-budir yuzada ushlab qolinadi.
Vaqt o‘tishi bilan trafaretlar orasi va junli qoplama uyalari (ko‘zlari) da og‘ir mineral zarrachalari yig‘iladi. Yig‘ilib-yig‘ilib oxiri to‘liq to‘ladi va shlyuzga mahsulot berish to‘xtatiladi. Cho‘kkan mahsulot shlix deyiladi. SHlix ajratib olinadi.
Cho‘kmani ajratib olish operatsiyasi spolosk deyiladi. Avval yuqori qatlamda qolgan yengil zarrachalarni ajratib olish uchun shlyuzga suv beriladi. Keyin suv berish to‘xtatiladi va trafaretni ajratib olishga kirishiladi, bunda to‘plangan mahsulot suv bilan yaxshilab yuvib tushiriladi. Bu mahsulot yog‘och yoki metal eshkaklar yordamida shlyuz tubi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarib beriladi (puch tog‘ jinslarini ajratish uchun). Yirik bo‘laklar qo‘l bilan olib tashlab, chiqindilar maydonga jo‘natiladi. SHlyuz tubida qolgan xomaki konsentrat alohida idishga yuvib tushiriladi va shlyuz yaqinida joylashgan apparatlarga tozalash (dovodka) uchun yuboriladi.
Junli matoni yuvish maxsus bakda yuvish orqali amalga oshiriladi. Shlyuzlarda cho‘kmani ajratib olish ancha qiyin, ko‘p mehnat sarflanadigan operatsiya hisoblanib, hozirgi ishlab chiqarilayotgan zamonaviy shlyuzlar avtomatlashtirilgan.
Shlyuzlar 20 mm dan yirikroq mahsulotni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan chuqur to‘ldiriladigan va 20 mm dan maydaroq mahsulotni qayta ishlash uchun sayoz to‘ldiriladigan shlyuzlarga bo‘linadi.
Mayin zarrachali mahsulotni boyitish uchun ishlatiladigan shlyuzlarga mahsulot (pulpa) yuqori qatlam bilan beriladi.
|
| |