Maruza: Axborot tizimlar va kompyuterlar, axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash




Download 76.75 Kb.
bet1/5
Sana31.07.2023
Hajmi76.75 Kb.
#77736
  1   2   3   4   5
Bog'liq
CHIZISH REJIMI RASTR, 4-para ekspert tizIm, 1700935368

Maruza: Axborot tizimlar va kompyuterlar, axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash.

Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun mo’ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar (masalan, kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta’minoti va zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi.

Ko’pincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat ko’rsatadi va mustaqil hisoblanadi, ya’ni o’zining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta’minotiga ega bo’ladi. Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma’lumotlar bazasi tamoyili bo’yicha qurilgan bo’lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi.

Texnik vositalar yordamida faqat axborot operatsiyalarini avtomatlashtirishga erishiladi. Bevosita qarorlar qabul qilish funktsiyalarini va boshqa boshqaruv operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi. SHuning uchun boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona rahbariyatiga turli ma’lumotnomalar va hisobot shakllarini berishga yo’naltirilgan bo’ladi.

Demak, boshqaruv tizimlari bir vaqtning o’zida axborot-ma’lumot tizimlarining vazifalarini ham bajaradi. Bu tizimlarda so’rovlar odatda doimiy va reglamentli xarakterga ega bo’ladi. Axborot tizimi bu so’rovlarni amalga oshira borib, nazorat qilinadigan jarayonlarning holati to’g’risidagi axborotga muntazam ravishda (har kuni, har haftada va hokazo) ishlov berish natijasida ma’lumot shakllarining muayyan ro’yxatini beradi, shuningdek boshqa turdagi so’rovlarga ham xizmat ko’rsatadi.

Axborot-hisoblash tizimlarida saqlanayotgan axborotdan turli hisoblash operatsiyalari bilan bog’liq vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi. Bunday vazifalarga statistik hisobot va tahlil, ob-havo va konlarni prognozlash, tashhislash (kasalliklarga tashhis qo’yish, uskuna va priborlarning nosozliklari sabablarini aniqlash) kabilar kiradi.


Download 76.75 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 76.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maruza: Axborot tizimlar va kompyuterlar, axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash

Download 76.75 Kb.