a) ko‘p fazali qisqa tutashuvlar;
b) bir
fazali yerga tutashuv;
v) bir faza o‘ramlari orasidagi tutashuv.
Rotor cho‘lg’amining shikastlanishiga asosan uning bir yoki ikki nuqtada yerga tutashuvi
kiradi.
Sinxron generatorlarning asosiy normal bo‘lmagan rejimlari:
a) simmetrik o‘ta yuklanish;
b) simmetrik bo‘lmagan o‘ta yuklanish;
v) tashqi qisqa tutashuv ;
g) kuchlanishning ortib ketishi;
d) asinxron rejim;
e) rotor cho‘lg’amining qo‘zgatish toki bilan o‘ta yuklanishi.
Ko‘p fazali qisqa tutashuvlar xavfli bo‘lganligi sababli ulardan himoya generatorni uzishga
ishlaydi. Yerga tutashuvdan himoya yerga tutashuv toki 5 A gacha bo‘lsa signalga, 5A yoki
undan katta bo‘lsa generatorni uzishga ishlashi kerak.
Generatorni uzishga ishlovchi himoyalar viklyuchatelni uzish bilan birgalikda qo‘zg’atish
tokini uzishga, yaoni maydon so‘ndiruvchi avtomatni uzishga ham ishlashi kerak.