Ma’ruza:
ISDN tarmoqlarini qurish arxitekturasi va texnologiyalari
.
Reja:
1. Multimedia IP-tarmoqlariga uzatishning asosiy tamoyillari.
2. Multimedia va IP-tarmog’i tushunchasi, maqsadi va asosiy talablari.
3. Y.2001 tavsiyanomasi
.
1.1.
Multimedia haqida umumiy tushunchalar
Multimedia – bu kompyuter yoki boshqa raqamli ma’lumotlar bilan ishlovchi
boshqa texnik vositalar orqali taqdim etiladigan matn, tasvir, ovoz va videodan
iborat murakkab ko‘rinishdagi ma’lumot xisoblanadi. Ma’lumotni yorqin tasvir va
animatsiya, videotasvir va matn, o‘ziga jalb qiluvchi ovoz ko‘rinishida qa’bul qilish
natijasida axborotni ong va tasavvurda keng xis qilishingiz mumkin. Agar bu
jarayonga interaktivlik tadbiq qilinsa, u holda ta’sir doirasi yanada ortadi.
Multimedia deb - matn, tasvir, ovoz, animatsiya va videoning bir butun
ko‘rinishiga aytiladi. Agar foydalanuvchi multimedia ilovani tomosha qilish bilan
birgalikda uni boshqara olsa, u holda bunday ilovalar interaktiv multimedia ilovalari
deyiladi. Agar ilovada strukturasida navigatsiya mavjud bo‘lsa, u holda bunday
multimediali ilova Gipermedia deb ataladi.
Multimedia ta’rifiga ko‘ra oddiy tuyulsa xam, u bilan ishlash jarayoni
murakkab xisoblanadi. Multimediani bilish bilan bir katorda multimedianing texnik
va dasturiy vositalarini xam bilish lozim. Multimediali axborotlardan birgalikda
ilovalarini yaratuvchilar mutaxassislarni multimedia yaratuvchilar deb ataladi.
Multimedia ilovalari kompyuter, TV ekranida, PDA (personal digital
assistant) shaxsiy raqamli yordamchi, yoki mobil telefon orqali ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari multimedia ilovalari tijorat yo‘lida, yoki biror manzilga yetkazilishi
maqsadida CD yoki DVD tashuvchilarda yoki ma’lumotni tortib olish uchun
Internet tarmog‘iga joylashtirilishi mumkin.
1.1-rasm. Multimedia vositalari
Multimedia ilovalari interaktiv bo‘lishi shart emas. Bunday ilovalar chiziqli
bo‘lib, boshlanishidan ohirigacha foydalanuvchi ta’sirisiz amalga oshadi. Agar
foydalanuvchi navigatsiya boshqaruvi orqali multimedia ilovasining borish
jarayoniga ta’sirini ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, u holda bunday multimediali ilova
chiziqli bo‘lmagan deb ataladi va bunday interaktiv ko‘rinishdagi multimedia ilova
ma’lumot olishda keng imkoniyat yaratadi. Foydalanuvchi multimedia ilovani qay
darajada foydalana olishi, ilovani boshqara olishi imkoniyatiga qarab ilova
strukturasi va ssenariysi, ilova dizayni va dasturlashga katta e’tibor qaratiladi va
ulkan mahorat talab qilinadi. Noto‘g‘ri interfeys yaratilgan multimedia ilovaning
muvaffaqiyatsiz chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari kontent noto‘g‘ri yaratilishi
natijasida multimedia ilovada kerakli ma’lumotlarni topa olmasligingiz mumkin.
|