1.8-rasm. Shlyuz konfiguratsiyasi
Shunisi e’tiborga loyiqki, shlyuz dastlab ulanishda terminal sifatida ishtirok
etishi mumkin va keyin N.245 signalizatsiya yordamida konferensiyani boshqarish
moslamasi sifatida ishlashni davom ettiradi.
Agar N.323 terminali bir xil IP tarmog‘ida joylashgan boshqa N.323 terminali
bilan aloqa qilsa, shlyuz bu ulanishda qatnashmaydi.
Shlyuz IP-telefoniya tarmog‘ining darvozaboni bilan birgalikda multimedia
aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun universal platformani tashkil etadi. 1.9-
rasmda IP-telefoniya shlyuzining asosiy apparat va dasturiy platformasida amaliy
dasturiy ta’minotda amalga oshiriladigan ba’zi xizmatlar ko‘rsatilgan.