• Kesh xotira
  • Maruza ka ki




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana06.11.2023
    Hajmi0.69 Mb.
    #94785
      1   2   3   4
    Bog'liq
    6-amaliyot
    Mustaqil ishlar mavzulari(2), 0, kredit foiz stavkasi, Axborot xavfsizligini ta’minlashning g’oyaviy-nazariy asoslari, Шодмонкулова Нигора, sinf burchagi11, ona tili majburiy, test tikuvchi, 3-modul-27-dars-ayollar-koylagini-tikish-, 400910860082287092902079001 18.06.2022 18:11:38, f113b3aa360da2a147f943172ae90253 CorelDRAW X4 Кўлланма 3, f113b3aa360da2a147f943172ae90253 CorelDRAW X4 Кўлланма 2, Yakuniy davlat imtihoni bayonomasi, yakuniy, qurilish-korxonalarida-sifat-menejmenti-tizimini-joriy-qilish-davr-talabi


    6-ma’ruza. Kesh xotira. Xotira modullarini yig‘ish va ularning turlari 
    Kesh xotira 
     Xotira modullarini yig‘ish va ularning turlari 
     Tezkor va doimiy xotira qurilmalari 
    Kesh xotira 
    Protsessorlar har doim xotiraga nisbatan tez ishlagan. Protsessorlar ham, xotira 
    ham parallel ravishda takomillashtirilib kelinmoqda. Konveyerli va superskalyar 
    arxitekturali, unumdorligi juda katta bo‘lgan protsessorlar ishlab chiqarilmoqda. Xotira 
    qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar esa birinchi galda, uning hajmini oshirishga harakat 
    qilmoqdalar, tezkorligini emas. Shuning uchun ham protsessorlar va xotiralarning 
    ishlash tezliklari orasidagi farq yana ham kattalashmoqda. Tezliklarning bunday 
    farqlari tufayli, protsessor xotiraga unga kerakli so‘zni o‘qib olish uchun murojaat 
    qilganida, bir nechta mashina sikllarini bekor o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelayapti. 
    Xotira protsessorga nisbatan qanchalik sekin ishlasa, shunchalik ko‘proq sikllar 
    davomida protsessor uni kutib turishi kerak bo‘layapti. 
    Bu muammoni hal qilishning bir nechta yo‘llari mavjud ekan. Shulardan biri, 
    uncha katta bo‘lmagan hajmga ega, ammo nisbatan ancha tez ishlaydigan, protsessor 
    bilan asosiy xotira orasida joylashgan xotiradan foydalanish ekan (2.6-rasm). Bunday 
    xotira kesh-xotira deb ataladi («cacher» - fransuz tilida «yashirish» degan so‘zni 
    anglatadi). Kesh-xotirada dastur tomonidan ko‘p ishlatiladigan so‘zlar yoki asosiy 
    xotiraning ma’lum bir qismi saqlanadi. Asosiy xotiraning bu qismi, o‘sha paytda 
    ishlayotgan dastur tomonidan ko‘proq foydalanilishi mumkin bo‘lgan qismi bo‘ladi. 
    Bu lokallik tamoili deb ataladi (rus tilida – принцип локальности). 
    Buyruqlar va ma’lumotlarni qanday saqlanishiga qarab kesh-xotiraning ikki xili 
    mavjud. Buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda saqlanadigan kesh-xotira 
    birlashtirilgan kesh-xotira deb ataladi (rus tilida - объединенная кэш-память). 
    Buyruqlar alohida, ma’lumotlar alohida saqlanadigan kesh-xotira esa alohida ajratilgan 
    kesh-xotira deb ataladi (rus tilida - разделенная кэш-память). Hozirgi kompyuterlarda 
    ko‘proq alohida ajratilgan kesh-xotiradan foydalanilmoqda. 


    2.6-rasm. Kesh-xotira joylashgan o‘rni 
    Kesh-xotirani qo‘llashning – bir, ikki va uch sathli variantlari mavjud. 2.7-
    rasmda uch sathli kesh-xotiraga ega bo‘lgan tizim keltirilgan. Birinchi sath kesh-
    xotirasi (L1) markaziy protsessor ichida joylashgan bo‘lib, u buyruqlar uchun (L1-I) 
    va ma’lumotlar uchun (L1-D) mo‘ljallangan odatda 16 dan 64 Kbayt gacha xajmga ega 
    bo‘lgan alohida ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir. Protsessor yonida u bilan bitta 
    blokda joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 Mbayt gacha 
    xajmga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan, buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda 
    saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat bo‘ladi. Uchinchi sath kesh-xotirasi 
    protsessor joylashgan plataga o‘rnatilgan bo‘lib, u bir necha megabayt xajmga ega 
    bo‘lgan statik tezkor xotira qurilmasidan (TXQ) iborat bo‘ladi (rus tilida – 
    статическое оперативное запоминающее устройство - ОЗУ). 
    Statik TXQ dinamik TXQ dan ancha tez ishlaydi. Qoida bo‘yicha birinchi sath 
    kesh-xotirasidagi barcha ma’lumotlar, ikkinchi sath kesh-xotirasida, ikkinchi sath 
    kesh-xotirasining barcha ma’lumotlari esa, uchinchi sath kesh-xotirasida ham yozilgan 
    bo‘ladi. Kesh-xotiraning bir necha xillari mavjud: to‘g‘ridan-to‘g‘ri akslantiriluvchi 
    kesh-xotira (rus tilida – кэш-память прямого отображения) va assotsativ kesh-xotira. 

    Download 0.69 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish